Imperator Meydzi
Imperator Meydzi | |
---|---|
明治天皇 | |
Imperator | |
Mansab davri 1867-yil 13-fevral – 1912-yil 30-iyul | |
Vazir | Ityo Hirobumi |
Oʻtmishdoshi | Imperator Kyomey |
Vorisi | Imperator Taisyo |
Toj kiydirish marosimi | 1968-yil 12-sentyabr |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Mutsuhito (yaponcha: 睦仁 ) 3-noyabr 1852-yil Kioto Gyoen milliy bogʻi, Kioto, Yamasiro provinsiyasi, Yaponiya |
Vafoti |
29-iyul 1912-yil (59 yoshda) Meidzi saroyi , Tokio, Tokio prefekturasi, Yaponiya imperiyasi |
Oʻlim sababi | uremiya kasalligi |
Millati | yapon |
Turmush oʻrtogʻi | Imperatoritsa Syoken |
Bolalari |
|
Onasi | Nakayama Yosiko |
Otasi | Imperator Kyomey |
Dafn etilgan joyi | Fusimi Momoyama no Misasagi (yaponcha: 伏見桃山陵 ), Kioto, Kioto prefekturasi, Yaponiya |
Imzosi |
Imperator Meydzi (yaponcha: 明治天皇 Meydzi-tennyo , 1852-yil 3-noyabr – 1912-yil 30-iyul), yana shuningdek Buyuk Meydzi (yaponcha: 明治大帝 Meydzi-taytey ) yoki Muqaddas imperator Meydzi (yaponcha: 明治聖帝 Meydzi-seytey ) kabi nomlari bilan mashhur boʻlib, anʼanaviy vorislik tartibiga koʻra Yaponiyaning 122-imperatori boʻlgan. 1867-yil 3-fevraldan to vafotiga qadar Yaponiya imperiyasining birinchi monarxi, „Meydzi erasi“ davrida mamlakatni boshqargan. Meydzi Yaponiyani yakka, feodal davlatdan sanoatlashgan jahonning kuchli davlatiga aylanishiga sabab boʻlgan „Meydzi islohotlari“ ning asoschisidir.
1852-yil imperator Meydzi tugʻilgan paytida, Yaponiya yakkalanib qolgan Tokugava syogunligi hukmronligidagi 270 ta markazlashtirilmagan domenlardan iborat, sanoati feodal davrlarda qolib ketgan mamlakat boʻlgan[1]. Meydzi vafotigacha Yaponiya keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy inqilobni boshdan kechirgan va jahon sahnasida buyuk davlatlardan biri sifatida maydonga chiqqa. New York Times 1912-yilda imperatorning dafn marosimida bu oʻzgarishlarni qisqacha xuddi shunday bayon qiladi: „Uning vafotigacha amalga oshirilgan ishlar haqiqatda hayratnarli edi. Yaponiya oldingi eskilikdan yangi Yaponiyaga aylangan“[2].
Zamonaviy davrdan boshlab, Yaponiya imperatori vafot etganida, unga vafotidan keyin ism berila boshlangan. Bunday nom imperator hukmronlik qilgan davrning muvofiqi boʻlib, imperatorning tirikligida taxtga qoʻshgan hissasini anlatadi. Shuning uchun hayoti davomida omma oldida shunchaki „imperator“ sifatida tanilgan, ammo oʻlimidan keyin tarixda „imperator Meydzi“ nomi bilan tilga olinadi. Imperator bu unvonni hukmronligining deyarli butun davrini qamrab olgan „Meydzi davri“ ga nisbatan olgan. Uning asl ismi (imzosidan tashqari hech qanday rasmiy hujjat yoki rasmiy kontekstda ishlatilmaydi) Mutsuhito (yaponcha: 睦仁 ) boʻlgan.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tokugava syogunligi XVII asr boshlarida oʻzini namoyon qila boshlagan[3]. Yaponiya syogun hukmronligi ostida boʻlgan. Taxminan 180 daimyo nomi bilan tanilgan lordlar syogun hukmronligi ostida avtonom hududlarni boshqargan va syogun vaqti-vaqti bilan daimyolarni sovgʻa olish uchun chaqirib turgan, lekin ularga soliq solmagan. Syogun daimyolarni boshqa yoʻllar bilan ham boshqargan; faqat syogungina daimyolarning nikohini maʼqullay olgan va daimyoni oʻz mulkidan mahrum qilishi mumkin boʻlgan[4].
1605-yilga kelib oʻz lavozimidan rasman nafaqaga chiqqan Tokugava Ieyasu birinchi Tokugava syoguni boʻlgan. Nafaqaga chiqqandan soʻng, Tokugava Ieyasu va uning oʻgʻli, syogun Tokugava Hidetada, 1605-yilda zodagonlar uchun xulq-atvor kodeksini ishlab chiqqanlar. Kodeksga koʻra, imperator oʻz vaqtini ilm va sanʼatga bagʻishlashi kerak edi[5]. Syogunlik hukmronligi ostidagi imperatorlar Konfutsiy klassikalarini oʻrganish, sheʼriyat va xattotlikka vaqt ajratish orqali ushbu qonunga qattiq rioya qilganligi tarixiy manbalarda oʻz aksini topgan[6]. Imperatorlarga faqat yapon va xitoy tarixi, geografiyasi asoslari oʻrgatilgan[6]. Syogun esa oʻz ishlari uchun imperatorning roziligini yoki maslahatini soʻrashi shart boʻlmagan[7].
Imperatorlar deyarli hech qachon oʻzlarining saroy majmuasini yoki Kiotodagi gosoni tark etishmagan, faqat imperator nafaqaga chiqqandan keyin yoki saroy yonib ketgan taqdirda maʼbadga boshpana olish uchun borishi mumkin boʻlgan[8]. Bir nechta imperatorlar nafaqaga chiqish uchun yetarlicha uzoq yashay olganlar; Meydzining beshta salaflaridan faqat uning katta bobosi va bobosigina 40 yoshdan oshiq yashagan[7]. Imperator oilasida chaqaloqlar oʻlimi juda yuqori boʻlgan; imperatorning barcha beshta aka-uka va opa-singillari goʻdakligida vafot etgan va uning 15 farzandidan faqat beshtasi voyaga yetgan[7].
XVII asrning boshlarida boshqaruvni qoʻlga kiritganidan koʻp oʻtmay, syogunlik amaldorlari (umumiy ravishda bakufu nomi bilan tanilgan) Yaponiya bilan deyarli barcha Gʻarb savdolarini toʻxtataganlar va 1635-yildagi Sakoku farmoniga koʻra nasroniy missionerlarining orollarga kirishini taqiqlaganlar. Xitoy bilan boʻlayotgan katta savdoga qoʻshimcha ravishda, faqat gollandiyaliklar Nagasaki tomonida Dedzima orolidagi postini saqlab, Yaponiya bilan savdo qilishni davom ettirganlar[9]. Biroq, XIX asrning boshlariga kelib, Yaponiya atrofidagi suvlarda Yevropa va Amerika kemalari tobora ortib borgan[10].
Qarindoshlik nikohlari yapon yuqori tabaqasining ilk tarixi davrida qirollik qonini himoya qilish usuli sifatida keng tarqalgan; ammo, bu kutilmagan oqibatlarga olib kelgan. Oʻsha paytda Meydzi ham oʻziga nomaʼlum boʻlgan qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh sababli irsiy kasalliklarga duchor boʻlgan. Unda mandibulyar prognatizm va umurtqa pogʻonasi deformatsiyasi kabi genetik nuqsonlar boʻlib, bu nuqsonlar uning bolalarida ham kuzatilgan[11].
Tugʻma kasalliklardan tashqari, Meydzi, shuningdek, toʻyib ovqatlanmaslik, xususan, tiamin (vitamin B¹) yetishmasligidan kelib chiqqan beriberi bilan kasallangan. Imperator oilasi diniy sabablarga koʻra oʻrtacha odamlarnikiga qaraganda kambagʻallar kabi ovqatlangan.
Kanizaklaridan oʻn besh nafar farzandi boʻlgan. Ulardan oʻn nafari bevaqt vafot etgan. Shahzoda Yosihito (keyinchalik imperator Taisyo) voyaga yetgan yagona erkak voris boʻlgan, lekin uning tanasi va aqli zaif, meningit, qandli diabet, miya trombozi va ruhiy kasalliklardan aziyat chekkan. Imperator Meydzi nafaqat nevaralarini, balki Koreyaning soʻnggi valiahd shahzodasi, koreyalik Gojongning oʻgʻli Yi Unni ham yaxshi koʻrishi, bu uning bolajonligidan dalolat beradi[12].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahzoda Mutsuhito 1852-yil 3-noyabrda gosoning shimoliy chekkasida, ona tomondan bobosining mulkidagi kichkina uyda tugʻilgan. Oʻsha paytda bola tugʻish madaniy jihatdan ifloslanish manbai deb hisoblangan, shuning uchun imperator valiahd shahzoda saroyda tugʻilmagan. Buning oʻrniga, imperator oilasi aʼzolari homilador ayolning otasining uyi yaqinida, koʻpincha vaqtinchalik tuzilmada tugʻilishlari odatiy hol boʻlgan. Shahzoda Mutsuhitoning onasi Nakayama Yosiko (yaponcha: 権の典侍), imperator Komeyning kanizagi va uning katta maslahatchi vazifasini bajaruvchi Nakayama Tadayasuning qizi boʻlgan[13]. Yosh shahzodaga Sachi-no-miya yoki shahzoda Sachi unvoni berildi[14].
Yosh shahzoda Yaponiyada katta oʻzgarishlar davrida tugʻilgan. Bu oʻzgarish 1853-yil iyul oyida kommandor Matthew Perry va uning Amerika dengiz floti eskadroni (yaponlar buni „Qora kemalar“ deb atashgan) Edo portiga (1868-yildan beri Tokio nomi bilan tanilgan) suzib kirgan paytlaridan boshlab keskin ifodalangan[15]. Perry Yaponiyani xalqaro savdoga ochish uchun harakat qildi va agar ular rozi boʻlmasa, yaponlarni jiddiy harbiy oqibatlar haqida ogohlantirdi[16]. Syogunlik 250 yil ichida birinchi marta Perryning kelishi bilan yuzaga kelgan inqiroz tufayli Imperator sudi bilan maslahatlashish uchun juda noodatiy qadam tashlaydi[17]. Imperator Kyomey amaldorlari amerikaliklar bilan savdo qilishga rozi boʻlishlari kerak, deb maslahat berishgan va Perry qaytib kelganidan keyin qanday choralar koʻrilishi haqida oldindan xabardor boʻlishlarini soʻrashgan[18]. Yaponiya hukumati oʻz armiyasining Amerika armiyasiga teng kela olmasligiga iqror boʻlishgan va shuning uchun bu savdoga ruxsat berilgan va "Teng boʻlmagan shartnomalar" deb nomlangan hujjatga rozi boʻlishgan[19]. „Teng boʻlmagan shartnomalar“ tarif vakolatidan va chet elliklarni oʻz sudlarida sud qilish huquqidan voz kechishni anglatardi[16]. Syogunlikning sud bilan maslahatlashishga tayyorgarligi uzoq vaqt davom etmay, 1858-yilda shartnoma toʻgʻrisidagi xat kelgan, oʻsha paytda vaqt qisqaligi sababli maslahatlashish mumkin boʻlmagan[20]. Imperator Komey shunchalik gʻazablanganki, hatto taxtdan voz kechish bilan ham tahdid qilgan[21].
Imperator bolaligining koʻp qismi keyingi maʼlumotlar orqali maʼlum boʻlgan. Uning tarjimai holi bayonchisi Donald Keene maʼlumotlarning koʻpchiligi imperator bolaligi voqealariga qarama-qarshi ekanligini taʼkidlaygan. Bir zamondosh Mutsuhitoni sogʻlom va kuchli, bir oz bezori va sumoda juda isteʼdodli deb taʼriflagan. Yana biri shahzoda nozik va tez-tez kasal boʻlganini taʼkidlagan. Baʼzi biograflar u birinchi marta oʻq ovozini eshitganida hushidan ketganini aytishsa, boshqalari bu maʼlumotni rad etishgan[22]. 1860-yil 16-avgustda Sachi-no-miya valiahd shahzodasi, taxt vorisi deb eʼlon qilingan. Oʻsha yilning 11-noyabrida valiahd shahzoda deb eʼlon qilingan va unga kattalarning Mutsuhito nomi berilgan[23]. Shahzoda yetti yoshida taʼlim olishni boshlagan[24]. Meydzi bu haqda befarq shogird ekanligini keltirib oʻtgan va yana bizga uning qancha sheʼrlar ham yozgani ham maʼlum[25].
Hukmronligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tartibsizlik va qoʻshilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]1860-yillarning boshlariga kelib, syogunlik bir qancha tahdidlar ostida qolgan. Xorijiy kuchlar vakillari Yaponiyada oʻz taʼsirini kuchaytirishga intiladilar. Koʻpgina daimyolar bakufuning tashqi ishlar bilan shugʻullanishidan tobora koʻp norozi boʻlganlar. Sisi yoki „oliy maqsadli kishilar“ deb nomlanuvchi koʻp sonli yosh samuraylar uchrashib, syogunlikga qarshi fikrlay boshlaganlar. Sisi imperator Komeyni hurmat qilgan va „ijtimoiy nuqsonlarni davolash uchun“ toʻgʻridan-toʻgʻri zoʻravonlik harakatlarini boshlab yuborgan. Dastlab ular barcha chet elliklarning oʻlimini yoki haydalishini xohlashgan boʻlsa-da, keyinchalik mamlakatni modernizatsiya qilishni yoqlay boshlashgan[26]. Bakufu turli guruhlarni tinchlantirish uchun sisi va daimyolar oʻrtasida „toʻsiq oʻrnatish“ uchun bir qancha choralar koʻrgan[27].
Kioto sisi uchun asosiy markaz vazifasini oʻtagan va imperator Komeyga taʼsir koʻrsatgan. 1863-yilda sisi imperatorni „Bosqinchilarni quvib chiqarish toʻgʻrisida buyruq“ chiqarishga koʻndirgan. Buyurtma syogunlikni qiyin ahvolga solib qoʻygan, chunki ular buyruqni bajarish niyatida boʻlishgan, ammo buni amalga oshirish kuchiga ega boʻlmaganlar. Chet elliklar yoki ularning kemalariga bir nechta hujumlar uyushtirilgan va xorijiy kuchlar esa bunga javob ham qaytargan. Bakufu kuchlari sisining koʻp qismini Kiotodan haydab chiqarishga muvaffaq boʻlishgan. 1864-yilda ularning shaharga qaytishga urinishi bartaraf etilgan. Shunga qaramay, butun Yaponiyada tartibsizliklar davom etgan[27].
Shahzodaning siyosiy notinchlikdan xabardor boʻlgani bizga nomaʼlum[28]. Bu davrda u avval otasidan, keyin saroy shoirlaridan „vaka“ sheʼriyatini oʻrgandi[29]. 1866-yilda shahzoda oʻzining klassik taʼlimini davom ettirayotgan paytda, Tokugava Yosinobu syogun, oʻz lavozimini egalladi. Tokugava Yosinobu islohotchi boʻlib, Yaponiyani Gʻarb uslubidagi davlatga aylantirmoqchi edi. Yosinobu oxirgi syogun edi va bir necha qarshiliklarga uchraydi. 1866-yil oʻrtalarida bakufu armiyasi janubiy Yaponiyadagi isyonchilarni jazolash uchun yoʻlga chiqdi. Armiya magʻlubiyatga uchradi[30].
Imperator Komei 36 yoshida qattiq kasal boʻlib, 1867-yil 30-yanvarda vafot etdi. Britaniya diplomati Ser Ernest Satow (talaffuzi: Ernest Satou) shunday deb yozgan edi: „[Imperator Komeining] siyosiy sahnadan gʻoyib boʻlib, uning oʻrniga oʻn besh yoki oʻn olti [aslida o‘n to‘rt] yoshli bolakayni qoldirishi eng maqbul fikr boʻlganini inkor etib boʻlmaydi“[31].
Kiotoda boʻlib oʻtgan qisqa marosimda valiahd shahzoda 1867-yil 3-fevralda rasman taxtga oʻtirdi[32]. Yangi imperator siyosat masalalarini oʻz ichiga olmaydigan oʻzining klassik taʼlimini davom ettirdi. Bu orada syogun Yosinobu hokimiyatni saqlab qolish uchun kurashadi. U bir necha bor imperatordan oʻz harakatlarini tasdiqlashni soʻraydi, oxir-oqibat imperator qabul qildi, ammo qarorlarda yosh imperatorning oʻzi ishtirok etgani haqida hech qanday maʼlumot uchramaydi. Sisi va boshqa isyonchilar yangi Yaponiya haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda davom etdilar va ular imperatorni hurmat qilishlariga qaramay, uning siyosiy jarayonda faol ishtirok etishini oʻylamaganlar[33].
Siyosiy kurash 1867-yil oxirida avjiga chiqdi. Kelishuvga koʻra, Yosinobu oʻz unvonini va bir qancha vakolatlarini saqlab qoladi, biroq qonun chiqaruvchi hokimiyat Britaniya modeliga asoslangan ikki palatali qonun chiqaruvchi organga beriladi. Shartnoma buzildi va 1867-yil 9-noyabrda Yosinobu imperatorga isteʼfoga chiqish toʻgʻrisida ariza berdi va oʻn kundan keyin rasman isteʼfoga chiqadi[34]. Keyingi oyda qoʻzgʻolonchilar imperator saroyini egallab, Kiotoga yurish qildi[35]. 1868-yil 4-yanvarda imperator sud oldida imperator hokimiyatining „tiklanishi“ toʻgʻrisidagi hujjatni[36] tantanali ravishda oʻqib eshittirdi va keyingi oyda xorijiy davlatlarga hujjatlar yuborildi[35]:
Yaponiya imperatori barcha xorijiy davlatlar suverenlariga va ularning fuqarolariga syogun Tokugava Yosinobuga oʻz iltimosiga binoan boshqaruv hokimiyatini qaytarishga ruxsat berilganligini eʼlon qiladi. Biz bundan buyon mamlakatning barcha ichki va tashqi ishlarida oliy hokimiyatni amalga oshiramiz. Shunday qilib, imperator unvoni shartnomalar tuzilgan Tycoon unvoni bilan almashtirilishi kerak. Tashqi aloqalarni yuritish uchun biz tomondan ofitserlar tayinlanmoqda. Shartnomaviy kuchlar vakillari ushbu eʼlonni tan olishlari maʼqul.
Mutsuhito[37]
1868-yil 23-oktabrda davr Keiyodan Meydziga yoki keyinchalik imperatorning vafotidan keyingi nomi uchun ishlatilgan „maʼrifiy boshqaruv“ ga oʻzgartirildi. Bu imperatorning oʻlimidan soʻng u hukmronlik qilgan davrdan keyin nom berish odatining boshlanishi edi.
Bosin urushi deb nomlanuvchi toʻqnashuvda Yosinobuning izdoshlari qisqa muddat qarshilik koʻrsatishdi va 1869-yil oxirida bakufu qoʻshinlari magʻlubiyatga uchradi[35].
Hokimiyatni birlashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bakufu hokimiyatdan agʻdarilganiga qaramay, isyonchilar tomonidan samarali markaziy hukumat oʻrnatilmagan. 1869-yil 23-mart kuni chet el elchilariga birinchi marta Kiotoga tashrif buyurish va imperatorga rasmiy qoʻngʻiroq qilish uchun ruxsat berildi[38]. 1868-yil 7-aprelda imperatorga yangi hukumatning tuzilishi toʻgʻrisida besh banddan iborat „Xartiya qasamyodi“ topshirildi. Bayonot hali yangi rejimga oʻzini bagʻishlamaganlarni oʻziga jalb qilish uchun ishlab chiqilgan. Keyin imperator rasman ilgari surgan bu hujjat feodalizmni bekor qiladi va Yaponiya uchun zamonaviy demokratik hukumatni eʼlon qildi. Xartiya qasamyodi keyinchalik imperator Hirohito tomonidan Insoniyat deklaratsiyasida Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya hukumatiga kiritilgan oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlash sifatida keltiriladi[39]. Bolaligidan beri birinchi marta u may oyining oʻrtalarida bakufu qoʻshinlarining qoldiq qismlarini taʼqib qilayotgan kuchlarga qoʻmondonlik qilish uchun Kiotodagi Imperator uchastkalarini tark etdi. Olomon bilan qoplangan yoʻllar tufayli sekin suratlarda, Kiotodan Osakaga uch kunlik yoʻlga chiqdi[40]. Osakada hech qanday mojaro boʻlmagan; yangi rahbarlar imperatorning oʻz xalqi va chet el elchilariga koʻproq koʻrinishini xohlashardi. Ikki hafta oʻtgach, imperator may oyining oxirida Osakadan (Kiotoga qaraganda ancha norasmiy muhitda) oʻz uyiga qaytdi[41]. Qaytganidan koʻp oʻtmay, imperator boʻsh vaqtini adabiy izlanishlar ishlarini saqlab qolgan holda, uning barcha davlat ishlariga raislik qilishni boshlashi eʼlon qilindi[42]. 1871-yildan boshlab imperator tadqiqotlari zamonaviy materiallarga asoslangan holda olib borila boshlandi[43].
1868-yil 19-sentabrda imperator Edo shahrining nomi „sharqiy poytaxt“ degan maʼnoni anglatuvchi Tokioga oʻzgartirilishini eʼlon qildi. U 15-oktyabr kuni Kiotoda rasman taxtga oʻtirdi (bu fuqarolik tartibsizliklari tufayli oʻtgan yilga qoldirilgan marosimlar tufayli). Toj kiyishdan biroz oldin imperator yangi davrni nengo Meydzi yoki „maʼrifatli boshqaruv“ deb nomlanishini eʼlon qildi. Ilgari nengo imperator hukmronligi davrida bir necha marta oʻzgartirilgan; bundan buyon, har bir hukmronlik faqat bitta nengo boʻlishi eʼlon qilindi[44].
Toj kiyishdan koʻp oʻtmay, imperator Tokioga yoʻl oldi. U poytaxtga noyabr oyining oxirida yetib keldi va taxtdagi uzoq qolishiga ilk qadam sifatida aholi oʻrtasida sake tarqattirdi. Tokio aholisi imperator tashrifini intiqlik bilan kutardi. Tokiodagi syogun saroyi va shahar aholisi syogunlikning tugatilishi bilan shahar tanazzulga yuz tutishidan qoʻrqishgan[45]. 1889-yilda poytaxtni Tokioga koʻchirish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilindi[46]. Imperator Tokiodaligida, birinchi marta Yaponiya dengiz floti kemasiga oʻtirdi va ertasi kuni Yaponiya dengiz floti qanday kuchayishini uchun koʻrsatmalar berdi[47]. Kiotoga qaytib kelganidan koʻp oʻtmay, imperator nomiga reskript berildi (lekin, ehtimol, sud amaldorlari tomonidan yozilgan). Bu uning davlat ishlarida ishtirok etish niyatidan dalolat beradi. Va haqiqatan ham u vazirlar mahkamasi yigʻilishlarida va boshqa son-sanoqsiz hukumat funksiyalarida, garchi kamdan-kam gapirsa ham, deyarli vafotigacha qatnashdi.[48]
Siyosiy islohot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muvaffaqiyatli inqilobchilar oʻzlarini Davlat Kengashiga, keyin esa hukumatni uchta asosiy vazir boshqaradigan tizimga aylantirdilar. Bu tuzilma 1885-yilda Gʻarb uslubidagi vazirlar mahkamasiga rahbarlik qiladigan bosh vazir mansabi joriy etilgunga qadar davom etadi[49]. Dastlab, hatto imperatorlik oʻrnining saqlab qolinishi ham aniq emas edi; inqilob rahbari Goto Sodziro keyinchalik baʼzi amaldorlar „ekstremistlar uzoqroqqa borishi va Mikadoni yoʻq qilishidan qoʻrqishganini“ aytib oʻtgan[50]. Yaponiyaning yangi rahbarlari daimyolar tomonidan boshqariladigan domenlarning „pechvork“ tizimini isloh qilishga intilishdi. 1869-yilda inqilobni qoʻllab-quvvatlagan bir necha daimyolar oʻzlarining yer mulklarini imperatorga berdilar va katta maoshlar evaziga qayta gubernator etib tayinlandilar. Keyingi yilga kelib, boshqa barcha daimyolar ham shunga ergashdilar.
1871-yilda Yaponiya 72 prefekturaga boʻlinganligi sababli, imperator domenlar butunlay bekor qilinganligini eʼlon qildi. Daimyolarga yillik maoshlari avvalgi daromadlarining oʻn foiziga teng boʻlgan (endi ular boshqaruv xarajatlarini chegirib tashlashlari shart emas edi), lekin yangi poytaxt Tokioga koʻchib oʻtishlari kerak edi. Daimyolarning aksariyati ushbu siyosatdan soʻng nafaqaga chiqqan[51].
Yangi maʼmuriyat samuraylarning koʻpgina imtiyozlarini, shu jumladan hukumatdan stipendiya olish huquqini ham asta-sekin bekor qildi. Biroq, daimyolardan farqli oʻlaroq, koʻplab samuraylar bu oʻzgarishdan moliyaviy zarar koʻrdilar. Boshqa sinflarga asoslangan tafovutlarning aksariyati bekor qilindi. Burakuminga nisbatan qonuniylashtirilgan kamsitish tugatildi. Biroq, bu sinflar hozirgi kungacha Yaponiyada kamsitilishdan aziyat chekmoqda[52].
1889-yilgi konstitutsiya haqiqiy hokimiyatga ega boʻlmagan yangi parlamentni yaratdi. Hokimiyat Tokugavadan qayta tiklashga rahbarlik qilgan daimyolar va boshqa samuraylar qoʻliga oʻtdi. Shunday qilib, Yaponiya harbiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarning eng qudratli kishilarini oʻz ichiga olgan Genryo oligarxiya tomonidan nazorat qilindi. Imperator oʻzidan oldingilariga qaraganda uzoq siyosiy umr koʻrdi, chunki u 1586-yilda taxtdan voz kechganidan keyin 50 yoshdan keyin taxtda qolgan birinchi yapon monarxi edi.
Yaponlar Meydzi islohoti bilan faxrlanadilar, chunki u va unga qoʻshilgan sanoatlashtirish Yaponiyaga Tinch okeanidagi yetakchi kuch va bir avlod ichida dunyoning asosiy oʻyinchisiga aylanish imkonini berdi. Shunga qaramay, imperator Meydzining qayta tiklashdagi roli, shuningdek, uning hukmronligi davrida ega boʻlgan shaxsiy hokimiyat va taʼsir miqdori munozarali boʻlib qolmoqda. U kundalik daftar qilmadi, deyarli xatlar ham yozmadi (otasidan farqli oʻlaroq) va oʻzidan „uch yoki toʻrttadan koʻp boʻlmagan“ fotosuratni qoldirdi. Imperator bilan uchrashgan yoki unga yaqin boʻlgan odamlarning hisoblari juda oz muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi yoki bir-biriga ziddir[53].
Ushbu davrning ishonchli manbalari yoʻqligi sababli, imperator Meidzi shaxsiyati va tiklanishdagi roli bilan bogʻliq sirlar tarixiy bahs mavzusi boʻlib qolmoqda[54]. James C. Baxter (talaffuzi: Jeyms S. Bakster) ning taʼkidlashicha, imperator Meidzi oligarxiyasi tomonidan oldindan kelishilgan narsalarga kamdan-kam aralashadigan haqiqiy kuchga ega boʻlmagan shaxs edi[55][56]. Aksincha, Herbert Bix (talaffuzi: Gerbert Biks) Meydzini kuchli avtokrat sifatida tasvirlaydi, genro oʻzining antidemokratik moyilliklarini qoʻllab-quvvatlashga harakat qilgan[57]. R. Starr (talaffuzi: R. Star) Meydzini oʻta individualist va ochiq-oydin shaxs sifatida tavsiflaydi: "u oʻz hukumatidagi biron bir guruhga qoʻgʻirchoq boʻlmagan va progressiv boʻlsa-da, „liberal“ yoki „demokratik“ emas edi"[58]. Tarixchilarning yana bir guruhi u hech qachon toʻliq diktator boʻlmagan deb taʼkidlashadi, lekin uning shaxsiy kuchi „mutlaq soʻzlarga yaqinroqmi“[59] yoki u Genryoning qarorlarini qabul qilishda shunchaki vositachi rol oʻynaganmi degan fikrda ham boʻlishadi[60].
U vaka shaklida quyidagi sheʼr yozgan:
- よもの海
- みなはらからと思ふ世に
- など波風のたちさわぐらむ[61]
- Yomo no umi
- mina harakara to
- omofu yo ni
- nado namikaze no
- tachi sawaguramu[61]
- Toʻrt yoʻnalish dengizlar -
- hamma bir qorindan tugʻilar:
- Xoʻsh, nega shamol va toʻlqinlar
- kelishmovchilikda koʻtarilar?[61]
Keyinchalik bu sheʼrni uning nabirasi imperator Syova 1941-yil sentyabr oyida Pearl Harbourga hujumdan (talaffuzi: Pyorl Harbor) oldin imperator konferensiyasida oʻqib berdi.
Illustrated London News 1905-yil 19-martda New York Tribune gazetasida imperator Meidzining muqovasi bilan maqola chop etdi. Tavsif matnida shunday deyilgan:
Yaponiyaning gʻolib imperatori — yangi dunyo davlatining sevimli hukmdori. 1852-yil 3-noyabrda tugʻilgan imperator 1867-yil 3-fevralda imperator oilasi faqat nomiga ega boʻlgan hokimiyatni avlodlar davomida egallab kelgan syogun sulolasini bostirish natijasida taxtga oʻtirdi. Mutsuhito zamonaviy monarxlarning amalda ekanligini isbotladi, chunki u qirq yildan kamroq vaqt ichida oʻz mamlakatini yarim vahshiylikdan birinchi darajali hokimiyat maqomiga olib chiqdi[62].
Keksalik chogʻlari va oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Umrining oxiriga yaqin bir necha anarxistlar, shu jumladan Susui Kotoku, hukmdorni oʻldirishga til biriktirganlikda ayblanib (1911) qatl etildi. Bu fitna davlatga xiyonat hodisasi (1910) nomi bilan tanilgan.
Qandli diabet, nefrit va gastroenterit bilan ogʻrigan imperator Meidzi uremiyadan vafot etdi. Rasmiy xabarda uning 1912-yil 30-iyul kuni soat 00:42 da vafot etgani aytilgan boʻlsa-da, haqiqiy oʻlim 29-iyul kuni soat 22:40 da boʻlgan[63][64].
1912-yilga kelib, Yaponiya siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy inqilobni boshdan kechirdi va dunyodagi buyuk davlatlardan biriga aylandi. The New York Times gazetasi 1912-yilda imperatorning dafn marosimida sodir boʻlgan bu oʻzgarishlarni shunday sarhisob qildi: „Uning vafotigacha amalga oshirilgan ishlar haqiqatda hayratnarli edi. Yaponiya oldingi eskilikdan yangi Yaponiyaga aylangan edi.“[2]
1912-yilda imperator vafotidan soʻng, Yaponiya Dieti uning Meydzi islohotidagi rolini nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Tokioning imperator Meydzi va imperator tashrif buyurishi maʼlum boʻlgan hududdagi iris bogʻi sinto ziyoratgohi Meydzi Dzingu binosi uchun joy sifatida tanlangan. Maʼbadda imperatorning qabri yoʻq, u Kioto janubidagi Fusimi-momoyamada joylashgan[65].
Oilasi va muammolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meydzi taxtga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay, imperatorning amaldorlari unga Ichidzyo Harukoni ehtimoliy kelin sifatida taqdim etishdi. Boʻlajak imperatoritsa imperator amaldorining qizi edi va kuyovdan uch yosh katta edi, u genpuku (erkaklik marosimi) tugaguniga qadar turmush qurishni kutishi kerak edi. Ular 1869-yil 11-yanvarda turmush qurishdi[66]. Oʻlimidan keyin imperatoritsa Syoken nomi bilan tanilgan, u bir necha yuz yil ichida kogo (soʻzma-soʻz imperatorning xotini, imperatorning turmush oʻrtogʻi deb tarjima qilingan) unvonini olgan birinchi imperatoritsa boʻldi. Garchi u jamoat oldida imperator bilan borga boʻluvchi rolini oʻynagan birinchi yapon imperatoritsasi boʻlsa-da, u farzand koʻrmadi. Biroq, Meydzining beshta rasmiy ayoldan oʻn besh farzandi bor edi. Uning besh nafar farzandi — Yanagivara Mitsunaruning qizi Naruko xonim (1855—1943) dan tugʻilgan shahzoda va graf Sono Motosachining toʻngʻich qizi Sachiko xonim (1867—1947) dan tugʻilgan toʻrtta malikagina voyaga yetgunga qadar yashagan. Meydzi kanizaklarga ega boʻlgan oxirgi imperator boʻlsa-da, bu holat 1924-yilgacha rasman bekor qilinmagan
Rafiqalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rasm | Maqom | Ism | Tavallud | Oʻlim | Ota | Farzand |
---|---|---|---|---|---|---|
Imperatoritsa | Ichidzo Masako (yaponcha: 一条勝子 ) keyinchalik Imperatoritsa Syoken (昭憲皇后) |
1849-yil 9-may | 1914-yil 9-aprel | Tadaka Ichidzyo | Yoʻq |
Rasm | Ism | Tavallud | Oʻlim | Ota | Farzand |
---|---|---|---|---|---|
— | Hamuro Mitsuko (yaponcha: 葉室光子 ) | 1853-yil 3-fevral | 1873-yil 22-sentyabr | Gon-Dainagon: Hamuro Nagamasa | • Birinchi shahzoda: Vakamitsuteru-hiko no Mikoto |
— | Hasimoto Natsuko (yaponcha: 橋本夏子 ) | 1856-yil 19-mart | 1873 | • Syonagon: Higasibodzo Natsunaga • Daynagon: Hasimoto Saneakira (otaliq) |
• Birinchi malika: Vakatakayori-hime no Mikoto |
Yanagivara Naruko (yaponcha: 柳原愛子 ) | 1859-yil 26-iyun | 1943-yil 16-oktyabr | Gon-Chunagon: Yanagihara Mitsunaru | • Ikkinchi malika: Ume-no-Miya Sigeko • Ikkinchi shahzoda: Take-no-Miya Yukihito • Uchinchi shahzoda: valiahd shahzoda Haru-no-Miya Yosihito (Imperator Taisyo) | |
— | Chigusa Kotoko (yaponcha: 千種任子 ) | 1855-yil | 1944-yil | Sakone gon no soso: Chigusa Arito | • Uchinchi malika: Sige-no-Miya Akiko • Toʻrtinchi malika: Masu-no-Miya Fumiko |
Sono Sachiko (yaponcha: 園祥子 ) | 1867-yil 23-dekabr | 1947-yil 7-iyul}} | Ukone no gon no chudzyo: Syono Motosachi | • Beshinchi malika: Hisa-no-Miya Sizuko • Toʻrtinchi shahzoda: Aki-no-Miya Michihito • Oltinchi malika: Tsune-no-miya Masako • Yettinchi malika: Kane-no-miya Fusako • Sakkizinchi malika: Fumi-no-miya Nobuko • Toʻrtinchi shahzoda: Mitsu-no-miya Teruhito • Toʻqqizinchi malika: Yasu-no-miya Tosiko • Oʻninchi malika: Sada-no-miya Tokiko |
Farzandlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻtarilayotgan Quyosh ordeni asoschisi va hukmdori, 1875-yil 10-aprel
- Xrizantema ordeni asoschisi va hukmdori, 1876-yil 27-dekabr
- Meydzi ordeni asoschisi va hukmdori, 1888-yil 4-yanvar
- Pauloniya gullari ordeni asoschisi va hukmdori, 1888-yil 4-yanvar
- Qimmatbaho toj ordeni asoschisi va hukmdori, 1888-yil 4-yanvar
- Oltin varvarak ordeni asoschisi va hukmdori, 1890-yil 12-fevral[67]
Xorijiy unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imperator quyidagi orden va mukofotlar bilan taqdirlangan[68]:
- Avstriya-Vengriya: Vengriya Qirolligining Muqaddas Stefan ordeni, 1881-yil 16-may
- Belgiya: Leopold ordeni, 1880-yil 20-noyabr
- Daniya: Fil ordeni, 1887-yil 18-may[69]
- Fransiya: Faxriy legion ordeni, 1883-yil 20-mart
- Germaniya imperiyasi : Qora burgut ordeni, 1879-yil 9-may;
- Bavariya: Muqaddas oʻlka ordeni, 1894-yil[70]
- Braunschweig (talaffuzi: Braunshvayg): Heinrich (talaffuzi: Genrix) Arslon ordeni, 1907-yil 18-iyun
- Ernestine gersogliklari (talaffuzi: Ernestin): Sachsen-Ernestine (talaffuzi: Saksen-Ernestin) uy ordeni, 1873-yil[71]
- Mecklenburg (talaffuzi: Meklenburg: Vendia (talaffuzi: Vendiya) tojining uy ordeni, 1885-yil 2-fevral
- Sachsen-Weimar-Eisenach (talaffuzi: Saksen Veymar Eyzenax): Oq lochin ordeni, 1882-yil 27-dekabr
- Württemberg (talaffuzi: Vyurtemberg): Toj ordeni, 1896-yil 23-dekabr
- Gretsiya Qirolligi: Haloskor ordeni, 1891-yil 13-may
- Hawaii qirolligi: Kamehameha I qirollik ordeni, 1881-yil 15-mart[72]
- Italiya qirolligi:
- Muqaddas chaqiriq oliy ordeni, 1879-yil 26-iyul[73]
- Muqaddas Maurice va Lazarus ordeni (talaffuzi: Maurisi va Lazarus), 1879-yil 26-iyul
- Italiya qirollik ordeni, 1879-yil 26-iyul
- Koreya imperiyasi: Oltin hukmdor ordeni, 1900-yil 5-sentyabr
- Chernogoriya knyazligi: Shahzoda Danilo I ordeni, 1885-yil 18-fevral
- Niderlandiya : Niderlandiya sheri ordeni, 1881-yil 26-iyul
- Usmoniylar imperiyasi: Ehtirom ordeni, 1890-yil 13-iyun
- Portugaliya imperiyasi: „Uch orden“ toʻplami, 1904-yil 16-aprel
- Sin imperiyasi: Qoʻsh ajdaho ordeni, 1898-yil 20-dekabr
- Rossiya imperiyasi: Avliyo Adrey ordeni, 1879-yil 5-sentyabr
- Ispaniya: Oltin Rune ordeni (talaffuzi: Ryun), 1883-yil 14-noyabr[74]
- Siam: Chakri qirollik uyining ordeni, 1887-yil' 22-dekabr'[75]
- Shvetsiya — Norvegiya: Seraphim (talaffuzi: Serafim) ordeni, 1881-yil 11-dekabr[76]
- Buyuk Britaniya: Garter ordeni, 1906-yil 15-may
Ajdodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]16. Shahzoda Kan'in-no-miya Sukehito (閑院宮典仁親王) (1733—1794) | ||||||||||||||||
8. Imperator Kyokaku (1771—1840) | ||||||||||||||||
17. Oe Ivasiro (大江磐代) (1744—1813) | ||||||||||||||||
4. Imperator Ninkyo (1800—1846) | ||||||||||||||||
18. Kansudzi Tsunehaya (勧修寺経逸) (1748—1805) | ||||||||||||||||
9. Kansudzi Tadako (勧修寺ただ子) (1780—1843) | ||||||||||||||||
2. Imperator Kyomey (1831—1867) | ||||||||||||||||
20. Yogimachi Kinaki (正親町公明) (1744—1813) | ||||||||||||||||
10. Yogimachi Sanemitsu (正親町実) (1777—1817) | ||||||||||||||||
21. Nabesima (1755—1793) | ||||||||||||||||
5. Yogimachi Naoko (正親町雅子) (1803—1856) | ||||||||||||||||
22. Yotsutsudzi Kinto (1728—1788) | ||||||||||||||||
11. Yotsutsudzi Chie | ||||||||||||||||
1. Imperator Meydzi | ||||||||||||||||
24. Nakayama Tadaosa (1756—1809) | ||||||||||||||||
12. Nakayama Tadayori (1778—1825) | ||||||||||||||||
25. Sandzo Narakimi (vaf. 1805) | ||||||||||||||||
6. Markiz Nakayama Tadayasu (1809—1888) | ||||||||||||||||
26. Ogimachisandzi Sanetomo (正親町三条実同) (1748—1785) | ||||||||||||||||
13. Yogimachisandzo Tsunako (vaf. 1858) | ||||||||||||||||
3. Nakayama Yosiko xonim (1836—1907) | ||||||||||||||||
28. Matsura Masanobu (松浦政信) (1735—1771) | ||||||||||||||||
14. Matsura Seizan, Hirado domenining 9-daimyosi (1760—1841) | ||||||||||||||||
29. Motai Tomoko | ||||||||||||||||
7. Matsura Aiko (中山愛子) (1818—1906) | ||||||||||||||||
15. Kamakuma | ||||||||||||||||
Xronologiya va galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Meydzi davri Yaponiyaning qadimgi feodal jamiyatida koʻplab keng koʻlamli oʻzgarishlarni boshlab berdi. Asosiy voqealar xronologiyasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
- 1852-yil 3-noyabr: imperator Meydzi (oʻsha paytda shahzoda Mutsuhito Sachi-no-miya nomi bilan tanilgan) imperator kanizagi Nakayama Yosiko va imperator Komei oilasida tugʻilgan.
- 1853-yil: komandor Matthew Perry boshchiligidagi kemalar floti 8-iyulda Yaponiyaga yetib keldi[77]. Syogun Tokugava Ieyosining oʻlimi; Tokugava Iesadaning syogun etib tayinlanishi.
- 1854—1855-yillar: syogunlik tomonidan AQSh bilan shartnomalar imzolandi.
- 1850—1860-yillar oxiri: „Sonnyo dzoi“ harakati toʻliq kuchga kirdi.
- 1858-yil: syogunlik Niderlandiya, Imperator Rossiyasi va Buyuk Britaniya bilan shartnomalar imzoladi. Syogun Tokugava Iesadaning oʻlimi; Tokugava Iemochining syogun etib tayinlanishi.
- 1860-yil mart: Tairo Ii Naosuke Sakuradamon hodisasida oʻldirildi.
- 1860-yil 11-noyabr: Sachi-no-miya rasmiy ravishda valiahd shahzoda deb eʼlon qilindi va unga Mutsuhito nomi berildi.
- 1862: Namamugi voqeasi.
- 1864—1865-yillar: Britaniya, Amerika, Fransiya va Gollandiya kemalari tomonidan Simonosekining bombardimon qilinishi; syogunlik va Chyosu oʻrtasida jang boʻladi.
- 1866 yil: syogun Tokugava Iemochining oʻlimi; Tokugava Yosinobuning syogun etib tayinlanishi.
- 1867-yil 31-yanvar: Imperator Komeining gemorragik chechakdan oʻlimi, Mutsuhitoning taxtga norasmiy oʻtirilishi.
- 1868-yil 4-yanvar: imperator boshqaruvining rasmiy tiklanishi; Tokugava syogunligining 265 yillik hukmronligining oxirgi yili.
- 1868-yil 12-sentyabr: Imperatorning rasmiy taxtga oʻtirishi.
- 1868-yil 23-oktyabr: davr nomi Meydzi deb oʻzgartirildi.
- 1868-yim 6-noyabr: Poytaxt Kioto prefekturasidan Edo shahriga koʻchirilib, Tokio deb oʻzgartirildi.
- 1872-yil 5-noyabr: Imperator Rossiyaning Buyuk gersogi Aleksey Aleksandrovichni qabul qildi.
- 1860-yillarning oxiri-1881-yil: Yaponiyada qoʻzgʻolon va suiqasd davri.
- 1869-yil 11-yanvar: imperatorning Ichidzyo Harukoga, turmush qurgach imperatoritsa Syokenga uylanishi.
- 1869-yil 4-sentyabr: Imperator Edinburgh (talaffuzi: Edinburg) gersogini qabul qildi.
- 1871-yil: Han tizimining bekor qilinishi eʼlon qilindi.
- 1873-yil: Edo qal’asi yongʻin natijasida vayron boʻldi; imperator Akasaka saroyiga koʻchib oʻtadi. Uning birinchi farzandlari tugʻiladi, lekin tugʻilish paytida vafot etadi.
- 1877-yil: Satsuma qoʻzgʻoloni.
- 1878-yil: Okubo Tosimichiga suiqasd.
- 1879-yil 31-avgust: Boʻlajak imperator Taisyo va imperatorning omon qolgan yagona oʻgʻli shahzoda Yosihito tugʻildi.
- 1881-yil: Xorijiy monarx, Hawaii qiroli Kalakauaning birinchi davlat tashrifini qabul qildi.
- 1889-yil: Meydzi Konstitutsiyasi eʼlon qilindi; Ito Hirobumi Yaponiyaning birinchi bosh vaziri boʻldi.
- 1894-yil: Xitoy-Yaponiya urushi; Yaponiya gʻalabasi Yaponiyani mintaqaviy kuchga aylantirdi.
- 1901-yil 29-aprel: imperator Taisyoning birinchi oʻgʻli, shahzoda Hirohito Michi-no-miya, boʻlajak imperator Syova tugʻilganda bobo boʻladi.
- 1904—1905-yil: rus-yapon urushi; Yaponiya gʻalabasi Yaponiyani buyuk davlat maqomini oladi.
- 1910-yil: Koreyaning Yaponiya imperiyasi tomonidan anneksiya qilinishi: Koreya Yaponiya hukmronligi ostida (1910—1945).
- 1912-yil 30-iyul: imperator vafot etdi (59 yoshda)[2].
-
Kobayasi Mango tomonidan chizilgan Tantanali Buyuk Armiya sharhi
-
Goseda Horyu tomonidan chizilgan Konstitutsiyani ishlab chiqish bo'yicha konferensiya
-
Gomi Seykichi tomonidan chizilgan Kumush koniga tashrif
-
Nakazava Hiromitsu tomonidan chizilgan Xrizantema bogʻi ziyofati
-
Vada Eysaku tomonidan chizilgan Konstitutsiyani eʼlon qilish marosimi
-
Minami Kunzo tomonidan chizilgan Imperator shtab-kvartirasida imperator
-
Bir yigʻilishda oʻn olti mamlakat rahbarlari orzu qilingan kelajak dunyoni nazarda tutadilar.
-
Meydzi memorial rasmlar galereyasi
Film tasvirlarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Imperator Meydzi Tosiro Mifune tomonidan 1980-yilda Yaponiyaning "Port Arthur jangi" (talaffuzi: Port Artur) (baʼzan 203 Kochi deb ataladi) urush dramasi filmida tasvirlangan.[78] Rejissyor Tosio Masuda filmda rus-yapon urushi paytida Port Artur qamalini tasvirlangan, shuningdek, Tatsuya Nakadai (general Nogi Maresuke rolida) va Tetsuro Tamba (general Kodama Gentaro rolida) rol oʻynagan.
Imperator Meydzi 2003-yilda Nakamura Sichinosuke II oʻynagan "Soʻnggi samuray" filmida ham paydo boʻladi. Filmda imperator oʻz maslahatchilarining qatʼiy nazorati ostida zaif, tajribasiz rahbar sifatida tasvirlangan boʻlib, ular uni Amerika Qoʻshma Shtatlarga ularni boyitish uchun maxsus savdo huquqlarini beradigan shartnomani imzolashni niyat qilganlar, shuningdek, Yaponiyada xorijiy hukmronlikni mustahkamlaydilar. Imperatorning qatʼiyati faqat film oxirida, kapitan Nathan Algren (talaffuzi: Natan Algren) (Tom Cruise (talaffuzi: Tom Kruz) oʻynagan) ning tashrifidan ilhomlanganida koʻrsatiladi. Isyonchi samuraylar bilan birga kurashgan shartnomani rad etish va maslahatchilarini ishdan boʻshatish uchun Yaponiyani modernizatsiya qilishini eʼlon qildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Keene 2002.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „The Funeral Ceremonies of Meiji Tenno“, reprinted from the Japan Advertiser Article 8—No Title], New York Times. 13 October 1912.
- ↑ Jansen 1995, s. vii.
- ↑ Gordon 2009, ss. 14–15.
- ↑ Keene 2002, s. 3.
- ↑ 6,0 6,1 Gordon 2009, ss. 3–4.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Gordon 2009, s. 2.
- ↑ Gordon 2009, ss. 4–5.
- ↑ Gordon 2009, s. 19.
- ↑ Gordon 2009, s. 47.
- ↑ 森岡, 清美. 『華族社会の「家」戦略』, 2002 — 399–400-bet. ISBN 978-4642037389.
- ↑ Herbert P. Bix, Hirohito and the making of modern Japan (New York 2016), page 35.
- ↑ Keene 2002, s. 10.
- ↑ Keene 2002, s. 14.
- ↑ Keene, Donald. Emperor of Japan : Meiji and his world, 1852-1912. Columbia University Press, 2005 — 18-bet. ISBN 0231123418. OCLC 1059567148.
- ↑ 16,0 16,1 Gordon 2009, ss. 50–51.
- ↑ Keene, Donald. Emperor of Japan : Meiji and his world, 1852-1912. Columbia University Press, 2005. ISBN 0231123418. OCLC 1059567148.
- ↑ Keene 2002, s. 18.
- ↑ Gordon, Andrew. A modern history of Japan : from Tokugawa times to the present. Oxford University Press, 2003 — 51–52-bet. ISBN 0195110609. OCLC 49704795.
- ↑ Keene, Donald. Emperor of Japan: Meiji and his world, 1852–1912 (inglizcha). New York; Chichester: Columbia University Press, 2005 — 18-bet. ISBN 9780231123419. OCLC 1059567148.
- ↑ Keene 2002, ss. 39–41.
- ↑ Keene 2002, s. xii.
- ↑ Keene 2002, ss. 51–52.
- ↑ Keene 2002, s. 46.
- ↑ Keene 2002, s. 48.
- ↑ Gordon 2009, ss. 53–55.
- ↑ 27,0 27,1 Gordon 2009, ss. 55–56.
- ↑ Keene 2002, s. 73.
- ↑ Keene 2002, s. 78.
- ↑ Gordon 2009, ss. 57–58.
- ↑ Keene 2002, ss. 94–96.
- ↑ Keene 2002, s. 98.
- ↑ Keene 2002, ss. 102–104.
- ↑ Takano, p. 256.
- ↑ 35,0 35,1 35,2 Gordon 2009, s. 59.
- ↑ Keene 2002, s. 121.
- ↑ Keene 2002, s. 117.
- ↑ Keene 2002, s. 133.
- ↑ Jansen 1995, s. 195.
- ↑ Keene 2002, s. 143.
- ↑ Keene 2002, ss. 145–146.
- ↑ Keene 2002, s. 147.
- ↑ Keene 2002, s. 171.
- ↑ Keene 2002, ss. 157–159.
- ↑ Keene 2002, ss. 160–163.
- ↑ Gordon 2009, s. 68.
- ↑ Keene 2002, ss. 163–165.
- ↑ Keene 2002, s. 168.
- ↑ Gordon 2009, s. 64.
- ↑ Jansen 1994, s. 342.
- ↑ Gordon 2009, s. 63.
- ↑ Gordon 2009, s. 65.
- ↑ Keene 2002, s. xi
- ↑ Keene 2002, s. xiii,332
- ↑ Baxter, James C.. The Meiji Unification Through the Lens of Ishikawa Prefecture, 1994 — 4-bet. ISBN 9780674564664.
- ↑ Takahashi, Hiroshi „Akihito and the Problem of Succession“, . The Emperors of Modern Japan Shillony: . BRILL, 2008 — 2, 139-bet. ISBN 9789004168220.
- ↑ Bix, Herbert P.. Hirohito and the making of modern Japan, 1st Perennial, New York: Perennial, 2001 — 29-bet. ISBN 978-0060931308.
- ↑ Starrs, R.. Politics and Religion in Modern Japan: Red Sun, White Lotus. Springer, 2011 — 71–73-bet. ISBN 9780230336681. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
- ↑ Miyoshi, Masao. Off Center: Power and Culture Relations Between Japan and the United States Front Cover. Harvard University Press, 1991 — 170-bet. ISBN 9780674631762. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
- ↑ Connors, Lesley. The Emperor's Adviser: Saionji Kinmochi and Pre-War Japanese Politics. Routledge, 2010 — 58-bet. ISBN 9781136900235. Qaraldi: 2018-yil 25-noyabr.
- ↑ 61,0 61,1 61,2 „Archived copy“. 2016-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2016-yil. "Historical Events Today: 1867 — Prince Mutsuhito, 14, becomes Emperor Meiji of Japan (1867—1912).
- ↑ The Illustrated London News. „"The victorious Emperor of Japan - beloved ruler of a new world power."“. New-York Tribune (1905-yil 19-mart).
- ↑ Takashi, Fujitani. Splendid monarchy: power and pageantry in modern Japan. University of California Press, 1998 — 145-bet. ISBN 978-0-520-21371-5.
- ↑ „広報 No.589 明治の終幕“ (yaponcha). Sannohe town hall. 2011-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2011-yil.
- ↑ Adika. „The Emperor and the general: a visit to Fushimi Momoyama“. The Japan Times Online (3-avgust 2013-yil). Qaraldi: 22-fevral 2019-yil.
- ↑ Keene 2002, ss. 105–107.
- ↑ M1 Chamberlain, Basil Hall. (1905) Things Japanese: Being Notes on Various Subjects Connected with Japan for the use of Travellers and Others, p. 114.
- ↑ 刑部芳則. 明治時代の勲章外交儀礼 (ja). 明治聖徳記念学会紀要, 2017 — 141-bet.
- ↑ Jørgen Pedersen. Riddere af Elefantordenen, 1559–2009 (datcha). Syddansk Universitetsforlag, 2009 — 303-bet. ISBN 978-87-7674-434-2.
- ↑ Hof- und Staats-Handbuch des Königreichs Bayern (1906), „Königliche-Orden“ p. 8
- ↑ Staatshandbücher für das Herzogtum Sachsen-Coburg und Gotha (1884), „Herzogliche Sachsen-Ernestinischer Hausorden“ p. 32
- ↑ Kalakaua to his sister, 15 March 1881, quoted in Greer, Richard A. (editor, 1967) „The Royal Tourist—Kalakauaʼs Letters Home from Tokio to London (Wayback Machine saytida 2019-10-19 sanasida arxivlangan)“, Hawaiian Journal of History, vol. 5, pp. 76-77
- ↑ Italia : Ministero dell'interno. Calendario generale del Regno d'Italia. Unione tipografico-editrice, 1900 — 54-bet.
- ↑ „Caballeros de la insigne orden del toisón de oro“, Guía Oficial de España (ispancha), 1887 — 147-bet.
- ↑ „พระราชสาสนไปญี่ปุ่น“ (PDF). Royal Thai Government Gazette (tay). 30-dekabr 1887-yil. 2019-05-08da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 8 May 2019.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Sveriges Statskalender (shvedcha), 1909, 613-bet, qaraldi: 6 January 2018
{{citation}}
: CS1 maint: unrecognized language () - ↑ Considered by German Japanologist Johannes Justus Rein and described by Francis L. Hawks and Commodore Matthew Perry in their 1856 work, Narrative of the Expedition of an American Squadron to the China Seas and Japan Performed in the Years 1852, 1853 and 1854 under the Command of Commodore M. C. Perry, United States Navy., as the „Opening“ of Japan.
- ↑ The Battle of Port Arthur (203 Koshi) in the Internet Movie Database
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gordon, Andrew (2009), A Modern History of Japan: From Tokugawa Times to the Present (2 --nashr), Oxford University Press, ISBN 978-0-19-533922-2
{{citation}}
: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud:|seperator=
(yordam) - Jansen, Marius (1994), Sakamoto Ryoma and the Meiji Restoration, Columbia University Press, ISBN 978-0-231-10173-8
- — (1995), The Emergence of Meiji Japan, Cambridge University Press, ISBN 978-0-521-48405-3
- Keene, Donald (2002), Emperor of Japan: Meiji and His World, 1852–1912, Columbia University Press ISBN 023112340X/ISBN 9780231123402; OCLC 46731178
- Wilson, George M. (1992), Patriots and Redeemers: Motives in the Meiji Restoration, University of Chicago Press ISBN 0226900916/ISBN 9780226900919; ISBN 0226900924/ISBN 9780226900926; OCLC 23869701
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Meidzi ziyoratgohi (Wayback Machine saytida 2015-03-31 sanasida arxivlangan)
- Imperator Meidzi