Kontent qismiga oʻtish

Tokugava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TokugavaYaponiyada syogunlar sulolasi (1603—1867). Tokugava Ieyasu tomonidan asos solingan. Davlatn" mustaxkamlash uchun T. hukmdorlari bir necha bor islohotlar oʻtkazishgan. Xususan, har bir tabaqaning majburiyati va huquqi qatʼiy belgilab berilgan; dehqonlar yerga biriktirib qoʻyilgan; savdosudxoʻrlik kapitali taraqqiyoti cheklangan, knyazlar ustidan qatʼiy siyosiy nazorat oʻrnatilgan. Mamlakatdagi tartiblarni oʻzgarishsiz saqlab qolish, shuningdek, tashqi xavfxatarning oldini olish maqsadida T. hukumati 17-asrning 30-yillarida Yaponiyani tashqi dunyodan ajratib qoʻygan. 18-asr oxirida T. davlati tanazzulga uchragan. 1853-yil AQSH harbiy kemalari mamlakatga bostirib kirgan. AQSH va Yevropa davlatlari T. hukumatining Yaponiyani tashqi dunyodan ajratib qoʻyish siyosatini bekor qilishga majbur qilib, 1854—58-yillarda u bilan tengsiz Ansey bitimlarini imzolashgan. 1867—68 yillardagi Meydzi isin inkilobi natijasida Tokugava hokimiyati barham topgan.