Avstriya-Vengriya imperiyasi
Avstriya-Vengriya imperiyasi nemischa: Österreich-Ungarn veng.: Ausztria-Magyarország Imperiya | |||||||||
| |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
Shiori lotincha: Viribus Unitis («Birlashgan harakat») hamda lotincha: Indivisibiliter ac Inseparabiliter («Boʻlinmas va ajralmas») | |||||||||
Madhiya nemischa: Gott erhalte, Gott beschütze («Боже, храни, Боже, защищай») | |||||||||
Avstriya-Vengriya 1908—1918-yillarda | |||||||||
Poytaxti | Vena, Budapesht | ||||||||
Til(lar)i | nemis, venger | ||||||||
Dini | katolik, provaslav, kalvinizm, yahudiylik, lyuteranlik va islom (1908-yildan keyin)[1] | ||||||||
Pul birligi | gulden, krona (1892-yildan) | ||||||||
Maydoni | 676 615 km² | ||||||||
Aholisi | 52 749 900 kishi | ||||||||
Boshqaruv shakli | qoʻshhokimlik | ||||||||
Sulola | Gabsburg-Lotaringlar | ||||||||
Avstriya Imperatori, Vengriya apostol qiroli, Bogemiya qiroli va b. | |||||||||
- 1848-1916 | Frants Iosif I | ||||||||
- 1916-1918 | Karl I | ||||||||
- | Fridrix fon Beyst | ||||||||
Avstriya-Vengriya imperiyasi – Avstriya va Vengriyaning hukmron sinflari oʻrtasidagi bitim asosida 1867-yilda Avstriya imperiyasini qayta tuzish natijasida tashkil topgan dualistik (birlashgan ikki davlatli) monarxiya. Bu monarxiya: Avstriya (Sis-leytaniya) va Vengriya qirolligi (Transleytaniya)dan tashkil topdi. Avstriya tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya, Bukovina va boshqa yerlar, Vengriya qirolligiga Slovakiya, Xorvatiya, Transilvaniya va boshqa yerlar kirdi. Oʻsha yili yangi konstitutsiya qabul qilindi. Avstriya-Vengriya imperiyasi hokimiyatini Avstriya imperatori boshqardi (u Ven-griya qiroli degan unvonga ham ega edi). Imperator hokimiyati rasman Avstriyada reyxstag, Vengriyada seym tomonidan cheklandi. Butun imperiya boʻyicha uch ministrlik: 1) tashqi ishlar; 2) harbiy va dengiz; 3) moliya ministrliklari tashkil etildi. Harbiy va dengiz hamda moliya ministrliklari imperiyaning har ikki qismida ham mavjud edi. Boshqa ministrliklar Avstriyada ham, Vengriyada ham mustaqil ish yuritgan. 1867-yil bitimiga binoan, Vengriya oʻz parlamentiga, ministrliklariga, siyosiy va ma’muriy muxtoriyatga ega boʻldi. Birinchi jahon urushida Avstriya-Vengriya imperiyasining magʻlubiyati va milliy ozodlik kurashlari natijasida 1918-yilning oxirida Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalanib ketdi. Avstriya-Vengriya imperiyasi oʻrnida Avstriya, Vengriya, Chexoslovakiya davlatlari tuzildi, hududning bir qismi esa Yugoslaviya, Ruminiya va Polsha tarkibiga kiritildi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „История государства Габсбургов: Австрийское дворянство 1806—1919 гг. Декрет императора Иосифа II от 1781 г. «Право веротерпимости» (nemischa: Toleranzpatent )“ (deadlink). 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-iyun.(Wayback Machine saytida 2020-09-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ "Avstriya-Vengriya imperiyasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Imperiya aholisi asosan buysundirilgan slavyanlar xalqi tashkil etgan