Gavayi orollari
Gavayi orollari, Sandvich orollari – Tinch okeandagi arxipelag. Orollar 3600 km ga choʻzilgan 24 ta vulqon orolidan iborat. Balandligi 4205 m. (Mauna-Kea uchgan vulqoni). Eng yirik orollari: Gavayi (yarim orol)Gavayi, Maui, Molokai, Oaxu va boshqa Harakatdagi vulqon vulkanlar koʻp. Iqlimi tropik dengiz iqlim. Eng issiq oy – avgustning oʻrtacha temperaturasi 21— 25 °C, fevralniki 18—2°C. Oʻrtacha yillik yogʻin 3500–4000 mm. Daryolari kalta. Tuprogʻi qizil, qizil-qoʻngʻir, togʻlarda togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproq. Nam tropik oʻrmonlar, quruq yon bagʻirlar esa savanna va butazorlar bilan qoplangan. 90% oʻsimligi endemiklar hisoblanadi. Turizm va dam olish zonasi; iqlim kurortlari mavjud. Shaharlari: Xilo va Gonolulu. Orollari: Gavayi, Oaxu, Maui, Kauai, Nixoa, Neker, Lesyanskiy oroli, Meduey orollari kiradi. Gardner qoyalari bor. Atollari: Perl-end-Xermes, Kure, Jonston mavjud. AQShdan 3700 km gʻarbda, AQShga tegishli hudud boʻladi. Okeaniyaning shimolida joylashgan. AQSh hukumati tomonidan tashkillashtirilgan hudud. Gavayi orollari AQSh tarkibiga kiradi, ammo uning hududi hisoblanmaydi, AQSh bilan korporatsiyasilashmagan hudud.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |