Kontent qismiga oʻtish

Hinduiylik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Hinduizmdan yoʻnaltirildi)


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Hinduiy dini, hinduizm – dunyoda keng tarqalgan dinlardan biri. Hinduiy diniga eʼtiqod qiluvchilar asosan Hindistonda (83% ga yaqini) yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankada, shuningdek, Janubiy Afrikada, sharqiy Osiyoda ham uchraydi. Hinduiylikka 780 mln. kishi eʼtiqod qiladi (2003). Milodning 1-ming yilligida shakllangan. Hinduiy dini Veda dini va brahmanizm rivojlanishi va unga keyinchalik xalq eʼtiqodi, urf-odatlari, marosimlari singib ketishi jarayonida paydo boʻlgan. Oʻrta asrlarda hukmron mafkuraga aylangan.

Hinduiylikning asosida jonning yangi shaklga kirishi (sansara) haqidagi taʼlimot yotadi. Unga koʻra, kishi oʻlgandan keyin joni (ruhi) yangi oʻsimlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib oladi va qayta tugʻiladi. Yangi ruhning qay darajada boʻlishi karma qonuniga, yaʼni kishining hayot davridagi xulq-atvori, xatti-harakatiga bogʻliq. Hinduiylikning asosiy maqsadi – insonni mana shu qayta tugʻilish zanjiridan, azob-uqubatidan halos qilish, yaʼni mokshaga erishish. Hinduiylikdagi turli diniy-falsafiy taʼlimotlar mokshaga erishishning yoʻllari va vositalarini ishlab chiqdilar. Xususan, vedanta Hinduiylikka falsafiy asos boʻlib xizmat qildi. Hinduiylikka eʼtiqod qiluvchilar qaysi kastaga mansubligiga qarab diniy rasm-rusumlarni bajarishda farqlanadi. Ular vafot etganlarida yerga koʻmilmaydi, balki olovda kuydiriladi. Hinduiylikga koʻra shunday qilinsa marhum poklanadi, gunohlari bu dunyoda qoladi. Olov u dunyoga gunohlardan xoli boʻlgan jonning oʻzini olib ketadi. Bu dinning aqidalariga koʻra, odamzot yaratilishidayoq ijtimoiy jihatdan tengsiz yaratilgan. Shuning uchun bu tengsizlikni real hayotda tugatishning iloji yoʻq. Chunki unga taʼsir etishga qodir boʻlgan kuchning oʻzi yoʻq.

Hinduiylikning Muqaddas kitobi Vedalar, „Mahobxarata“ (ayniqsa uning „Bahagavadgita“ va „Ramayana“ qismlari) va boshqa.

Hinduiy diniga koʻra, Xudo – Brahma deya ataladi.

Din paygʻambari – Krishna

Halokat farishtasi- Shiva.

Hinduiylikda togʻlar, daryolar (xususan, Gang), oʻsimlik (mas, nilufar), hayvonlar (maymun, fil, ilon va ayniqsa, sigir) Muqaddas sanaladi va ular eʼzozlanadi. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, uylardagi mehroblar yonida, muqaddas joylarda ado etiladi. Hozirgi Hinduiylik 2 oqim – vishnuizm va shivaizm shaklida mavjud.