Brahmanizm
Brahmanizm, barahmanlik — qad. hind dini. Veda dinmasosida miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshida paydo boʻlgan. B.ning muqaddas adabiyotiga vedalar va ularga yozilgan juda koʻp sharhlar (brahmanlar, arnyaklar, upanishadlar) kiradi. B.da veda dinidagi koʻpgina xudolarning taʼsiri deyarli yoʻqqa chiqib, asosan 3 xudo: Braxma, Shiva va Vishnu eʼtiborli hisoblangan. Brahma olamni yaratuvchi va boshqaruvchi, Vishnu — olamlarni saqlab qoluvchi va muhofaza qiluvchi, Shiva — hamma mavjudotni yakson etuvchi xudo deb tushunilgan. B.da ilgarigi totemistik tasavvurlarning qoldigʻi sifatida hayvon (sigir, maymun)larni, ayrim oʻsimliklarni va boshqalarni ilohiylashtirish mavjud. B.da butun borliq xayoliy boʻlib, jonli narsalar, jumladan inson ham qayta tirilish xususiyatiga ega deb qaralgan. Brahma belgilagan hayot meʼyorlari, qonunning bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab inson axloqiga baho berilgan. B. taʼlimotiga koʻra, jonni xalos qilish, uni bundan keyingi qayta paydo boʻlishdan saqlab qolishning birdanbir yoʻli jonning Brahma bilan qoʻshilib ketishidir. Bunga erishmoq uchun Brahmaning ilohiy mohiyatini toʻla bilib olish, fikrni xudoga qaratish va tashqi olamdan butunlay voz kechish talab etilgan. B. ijtimoiy hayotni, jumladan davlatni ham Brahmaning ijodi, davlat arboblarini esa inson qiyofasidagi xudolar deb hisoblar edi.
Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda buddizm vujudga keldi va B.ga qarshi kurash olib bordi. Buddizmga qarshi kurash jarayonida va uning bevosita taʼsirida B. astasekin hinduizmta aylanib ketdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |