George Beadle
Qiyofa
BIDL (Beadle) Jorj Uels (1903-1989) — amerikalik genetik. Sitologiya va genetika, shuningdek metabolizmning genetik nazorati, irsiyatning fizik va kimyoviy asoslari sohasida tadqiqotlar olib borgan, genlarning tabiati va funksiyalarini har tomonlama oʻrgangan. "Bir gen — bir ferment" konsepsiyasining mualliflaridan biri (har bir gen fakat bitta ferment sinteziga javob beradi, 1941). Nobel mukofoti laureati (1958; E. Teytem bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |