Thomas Hunt Morgan
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Thomas Hunt Morgan (1866.25.9, Leksington, Kentukki — 1945.4.12, Pasadena, Kaliforniya) — amerikalik zoolog, genetika asoschilaridan biri, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti (1927—31). London Qirollik jamiyati aʼzosi (1919-yildan). Kentukki (1886) va J. Xopkins universitetlarini (1891) tugatgan. Brin-Mordagi xotinqizlar kolleji (1891 — 1904) va Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida (1904—28) professor, Pasadenadagi Kaliforniya texnologiya institutining biol. laboratoriya boshligʻi (1928—45). M. eksperimental embriologiya, regeneratsiya, hayvonlar jinsini aniqlash va irsiyatga oid tadqiqotlar olib borgan; irsiyatning xromosoma nazariyasini asoslab bergan. M. va uning xodimlari tomonidan xromosomalar chalkashuvi va krossingover hodisasining kashf etilishi Mendel qonunlarining sitologik mexanizmini toʻliq tushunib olishga va tabiiy tanlanish nazariyasining mo-hiyatini tushuntirishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1933).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |