Willem Einthoven
Willem Einthoven (1860.21.5, Samarang, Yava oroli — 1927.29.9, Leydin, Gollandiya) — gollandiyalik fiziolog olim. Elektroneyrofiziologiya fanining asoschilaridan. Utrext universitetini tugattan (1885), 1885-yildan Leydin universitetida professor Asosiy ilmiy ishlari elektrofiziologiyaga oid. E. ishlab chiqqan elektrokardiogrammalarning matematik tahlil usuli yurak elektrik reaksiyalari mohiyatini oʻrganishga birmuncha aniqlik kiritdi. E. kashf etgan simli galvanometr (1903) klinik elektrokardiografiyani tibbiyotda qoʻllashga imkon berdi. Yurak elektr oqimining uch tarmoqli ekanligi haqidagi gʻoya ham E. nomi bilan bogʻliq. E. uchburchagi deb nom olgan bu sxema elektrokardiogramma tishlari balandligining oʻzgarishi va tarmoqlanishiga qarab har bir tishni va ular oraliqlarini fiziologik jihatdan tushuntirishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1924)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |