Rosalyn Sussman Yalow
Yalou Rozalin Sasmen (19-iyul 1921, Nyu-York shahri – 30-may 2011, Nyu-York shahri) — amerikalik fizik va shifokor (medik). Xanter kollejini tugatgan (1941), shu kollejda fizikadan adʼyunkt professor (1946–50). Bronks gospitali radioizotop xizmati boshligʻi yordamchisi (1950–70), 1970-yildan yadro tibbiyoti boʻlimi rahbari. NyuYorkdagi Lenoks Xill gospitali ilmiy maslahatchisi (1956–62). Yeshiv universiteti Albert Eynshteyn tibbiyot kollejida professor (1979–86), ayni vaqtda tibbiyot markazi va Montefior gospitali klinik fanlar boʻlimi rahbari. 1986-yildan tibbiyot maktabida professor Ilmiy ishlari qonda va endokrin bezlari toʻqimasida insulin, paratireoid gormon, gastrin va kortikotropinni radioimmunologik aniqlashga oid. Nobel mukofoti laureati (1977)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- Olimlar
- Kimyogarlar
- 19-iyulda tugʻilganlar
- 1921-yilda tugʻilganlar
- 30-mayda vafot etganlar
- 2011-yilda vafot etganlar
- 20-asr amerikalik olimlari
- Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari
- Ayollar Nobel mukofoti laureatlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar