Andrew Schally
Qiyofa
Andrew Schally (1926.30.11) — amerikalik tibbiyot xodimi (medik). Kanadadagi Makchill universitetini tugatgan (1955). 1949—52 yil Londondagi tibbiy tadqiqotlar Milliy institutida biokimyodan assistent; 1952—57 yil Makchill universiteti psixiatriya boʻlimida ishlagan (Monreal, Kvebek). 1957-yildan AQShda. 1957—62 yillarda Xyustondagi Beyler universiteti tibbiyot kollejida fiziologiya va biokimyo boʻyicha professor yordamchisi. 1962-yildan NyuOrleandagi gospitalda polipeptid va endokrinologiya laboratoriya rahbari. Ilmiy faoliyati gipotalamik rilizinggormonlarini oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishga oid. Nobel mukofoti laureati (1977, R. Giymen va R.S. Yalou bilan hamkorlikda)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]