André Michel Lwoff
Qiyofa
André Michel Lwoff (8-may 1902 Ene-le-Shato – 3-sentyabr 1994 Parij) — fransuz mikrobiologi va biokimyogari, Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1976-yildan). Parij universiteti professor (1959—68), Rak kasalligi milliy tadqiqot instituti direktori (1968—72). Asosiy ilmiy ishlari mikroblarni oʻstiruvchi omillar, viruslar fiziologiyasi, fermentlar induksiyasi va repressiyasiga oid. Omil Vning koferman ekanligini isbotladi va uning bakteriyalar uchun fiziologik rolini aniqladi. L.ning ishlari F. Jakov va J. L. Mono ilgari surgan bakteriyalarda oqsil sintezining genetik regulyasiyasi mexanizmi haqidagi gipotezaning asosini tashkil etadi (operon konsepsiyasi). Nobel mukofoti laureati (1965, Jakob va Mono bilan hamkorlikda).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |