Niels Ryberg Finsen
Qiyofa
Niels Ryberg Finsen (1860.15.12, Torsxavn, Farer oroli — 1904.24.9, Kopengagen) — daniyalik fizioterapevt. Kopengagen universitetini tugatgan (1890). Kopengagendagi yorugʻlik bilan davolash instituti tashkilotchisi va direktori (1896—1904). Ilmiy faoliyati ultrabinafsha nurlarining biologik taʼsiri va undan teri silini davolashda foydalanishga oid. Finsen yorugʻlik bilan davolashning ilmiy asoslarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureata (1903).[1]