Kontent qismiga oʻtish

Gʻijduvon (futbol klubi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gʻijduvon
Toʻliq nomi “Gʻijduvon” Futbol klubi
Laqabi Gʻijduvonliklar
Asos solingan 1991-yil
Stadion „Gʻijduvon“
Stadion hajmi 5000
Bosh direktori Bobur Qodirov
Murabbiyi Tojikiston Hakim Fuzaylov
Musobaqasi Oʻzbekiston Pro-ligasi
2018-yil 3
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Gʻijduvon“ – Oʻzbek futbol klubi, Buxoro viloyati, Gʻijduvon shahri.

1991-yilda „Zarangar“ nomi bilan jamoa faoliyati boshlangan. 1993-yildan boshlab Gʻijduvon nomi bilan atalib keladi. 2013-yildan klub professional jamoa sifatida qayta jonlangan.

1992-yili Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida oʻynay boshlagan va soʻnggi, 16-oʻrinni egallab (17 oʻyindan soʻng musobaqani tark etgan) Ikkinchi liga tarkibiga qoʻshilgan.

Keyingi yillarda Buxoro viloyati chempionati va Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida ishtirok etgan. Klub bir muddat vaqtincha faoliyatini toʻxtatgan, biroq 2013-yilda qayta tiklangan.

2014-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp surgan. Final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan klub, soʻnggi bosqichda Gʻarbiy guruhda 12 jamoa orasida 11-oʻrinni qayd etgan.

2015-yilda Birinchi liga bahslarida ham ishtirok etadi. Dastlabki bosqich natijalariga koʻra Gʻarbiy guruhda 8-oʻrinni qayd etib, final bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan va musoboqada soʻnggi, 16-oʻrindan joy olgan.

2016-yilgi mavsumda Birinchi ligada 18 ta jamoa orasida 15-oʻrinni egallagan. Klub 2017-yilgi mavsumni Buxoro viloyati chempionati va Ikkinchi liga bahslarida oʻtkazgan. 2018-yilgi mavsumdan boshlab „Gʻijduvon“ yana Oʻzbekiston Pro ligasi (2017-yilgacha Birinchi liga deb atalgan, mamlakat futbol olamida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrin) aʼzosiga aylangan.

2024-yilgi mavsum oldidan jamoa tarkibi bir necha tajribali futbolchilar hisobiga kuchaytirildi[1] va tajribali murabbiy, Tojikistonlik Hakim Fuzaylov jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlagni maʼlum qilingan[2]. 2024-yil 5-fevralda jamoaning rasmiy logosi ham oʻzgargani eʼlon qilngan[3]. Gʻijduvon mavsum oldi yigʻinlardagi oʻrtoqlik oʻyinlarida ham yaxshi natijlar qayt etgan[4]. Keyinchalik OʻzPFL Gʻijduvon jamoasini qarzdorliklarni oʻz vaqtida bartaraf etmagani[5] va liga litsenziyalash talablariga javob bermagani uchun Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirol etmasligini maʼlum qilgan[6][7]. 2024-yil 14-martda Gʻijduvon 2024-yilgi mavsumda professional va yarim professional turnirlarda moliyaviy muammolar sababli ishtirok eta olamasligi maʼlum qilingan[8].

Mahalliy musoboqalar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng koʻp gol urgan Murabbiy
Div. Oʻrin Oʻ. Yu D. M. U.G OʻG O Nomi Liga
1992 2 16 30 0 5 25 12 56 5 Qatnashmagan Maʼlumotlar mavjud emas Maʼlumotlar mavjud emas
2013 3 1 4 4 0 0 10 3 12
2014 2 11 22 4 3 15 21 47 15
2015 3
2016 2 15 32 9 5 18 51 93 32
2017 3
2018 3 3 32 18 6 8 59 44 60
2019 3 4 20 8 5 7 29 34 29
2020 3 4 17 7 1 9 32 29 22 1/8 final
2021 3 2 20 13 3 4 56 24 42 1/8 final
2022 2 6th 18 3 4 11 21 30 13 1/8 final Oʻzbekiston Gennadiy Kochnev
2023 2 10 20 4 4 12 21 52 20 Guruh bosqichi Tojikiston Hakim Fuzaylov
2024 Professional faoliyati toʻxtatilgan

Jamoa tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2023-yil 16-dekabr holatiga

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lavozimi Murabbiy
Bosh murabbiy Tojikiston Hakim Fuzaylov
Yordamchi murabbiy Tojikiston Rahmatullo Fuzaylov
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Akmal Xolmatov
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Suhrob Qobilov
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Roʻzimboy Ahmedov
Darvozabonlar murabbiyi Oʻzbekiston Aleksandr Kit
Murabbiy Yillari
Oʻzbekiston Sherzod Sattorov
Oʻzbekiston Umidjon Qudratov 2022
Oʻzbekiston Bahodir Shaymardanov
Oʻzbekiston Gennadiy Kochnev[9] 2022—2023
Tojikiston Hakim Fuzaylov[10] 2024—
  1. „Янгиланаётган “Ғиждувон”. Машғулотларда кимлар иштирок этмоқда?“ (2024-yil 28-yanvar).
  2. „“Ғиждувон”да раҳбарият ўзгарди. Ўзбек футбол машҳур футболчилари Фузайловга ёрдамчи бўлди“ (2024-yil 27-yanvar).
  3. „Ўзбекистонда "бургут"лар сони иккита бўлди. Янги раҳбарият “Ғиждувон” жамоасининг логотипини ўзгартирди“ (2024-yil 5-fevral).
  4. „Назорат учрашуви. "Ғиждувон" "Машъал"ни йирик ҳисобда таслим қилди“ (2024-yil 12-fevral).
  5. „Pro liganing 5 ta klubi ish haqidan qarzdor emas“ (2024-yil 16-yanvar).[sayt ishlamaydi]
  6. „Proliga ishtirokchilari masalasi ko‘rib chiqildi“ (2024-yil 8-fevral). 2024-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
  7. „"Турон", "Янгиер" ва "Ғиждувон" Про лигада қатнашмайди — ЎзПФЛ“ (2024-yil 8-fevral).
  8. „G‘ijduvon moliyaviy qiyinchiliklar sabab Birinchi ligada ishtirok etmaydi“ (2024-yil 14-mart). 2024-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
  9. „"Ғиждувон"га янги бош мураббий тайинланди“ (2022-yil 13-iyul).
  10. „“Ғиждувон”да раҳбарият ўзгарди. Ўзбек футбол машҳур футболчилари Фузайловга ёрдамчи бўлди“ (2024-yil 27-yanvar).