Lokomotiv BFK
„Lokomotiv BFK“ | |||
Toʻliq nomi | Toshkentning „Lokomotiv BFK“ futbol klubi | ||
Laqabi | Temiryoʻl ishchilari | ||
Asos solingan | 2003-yil | ||
Stadion | Oʻzbekiston temir yoʻllari stadioni | ||
Stadion hajmi | 6,000 | ||
Egasi | „Lokomotiv“ PFK, Toshkent | ||
Homiysi | Oʻzbekiston temir yoʻllari | ||
Vebsayt | http://lokomotiv.uz/ | ||
Musobaqasi | B Pro-liga | ||
2018 | 9 | ||
|
„Lokomotiv BFK“ (toʻliq nomi Lokomotiv bolalar futbol klubi) — Oʻzbekiston futbol jamoasi, Toshkentning „Lokomotiv“ farm klubi — Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003—2005-yillarda "Lokomotiv-2" nomi bilan faoliyat koʻrsatgan. 2006-yildan shu kungacha hozirgi nomda. Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida debyut qilgan. 2011-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi birinchi ligaga tushib ketgani uchun Ikkinchi ligaga oʻtkazilgan. Endilikda „Lokomotiv BFK“ Oʻzbekiston Pro-Ligasida (mamlakat futbol divizioni darajasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrin) oʻynamoqda, unda 2018-yilgi mavsum yakunlariga koʻra soʻnggi, 9-oʻrinni egallagan. U uy uchrashuvlarini 6000 tomoshabinga moʻljallangan stadionida oʻtkazadi. 2006 va 2012-yilda Oʻzbekiston ikkinchi ligasi final bosqichining A guruhi gʻolibi boʻlgan. 2010-yilda Oʻzbekiston Birinchi ligasida 6-oʻrinni egallagan.[1]