Sherdor (futbol klubi)
“Sherdor” Samarqand | |||
![]() | |||
Toʻliq nomi | «Sherdor» Samarqand futbol klubi | ||
Laqabi | Samarqand sherlari | ||
Asos solingan | 1990-yil | ||
Stadion | Nurafshon | ||
Stadion hajmi | 5 | ||
Murabbiyi | ![]() | ||
Vebsayt | fcsherdor.uz | ||
Musobaqasi | Samarqand ligasi | ||
|
"Sherdor" Samarqand futbol klubi — Samarqand shahridagi oʻzbek futbol klubi. Klub hozirda Oʻzbekiston Pro-Ligasida toʻp suradi.
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1990 — „Sherdor“
- 2012 — „Sherdor-Prestij“
- 2013-yildan hozirga qadar — „Sherdor“
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yilda tashkil etilgandan soʻng SSSR chempionatining Ikkinchi quyi ligasida debyut qiladi va musobaqada soʻngi 20- oʻrindan joy olib turnirni tark etadi.
Oʻsha yili jamoani Aleksandr Masesov va Mixail Oganyan (yarim mavsum)lar boshqargan.[1] Klub rahbari Igor Oganesov boʻlgan.
SSSR chempionatining Ikkinchi quyi liga bahlarida qayd etgan natijasidan keyin klub tarqatib yuboriladi.
2012-yil boshida klub qayta tiklanadi va Oʻzbekiston chempionati Ikkinchi ligasida ishtirok etadi. Ikkinchi liga final bosqichida 4 uchrashuvda 10 ochko jamgʻarib, „B“ guruhida (5 ta jamoa oʻrtasida) 1-oʻrinni egallaydi. Shu tariqa „Sherdor“ 2013-yilgi Oʻzbekiston chempionati Birinchi ligasida toʻp surish huquqini qoʻlga kiritadi.
Klub birinchi ligadagi debyut mavsumida Gʻarbiy guruhdagi 12 ishtirokchi (22 uchrashuv, 11 gʻalaba, 2 durang, 9 magʻlubiyat va 35 ochko) oʻrtasida dastlabki bosqichda 4-oʻrinni egallaydi. „Sherdor“ jamoasi 16 ta jamoa (30 uchrashuv, 12 gʻalaba, 3 durang, 15 magʻlubiyat va 39 ochko) oʻrtasida 8-oʻrinni egallab final bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.
Oʻsha yili klub Oʻzbekiston kubogida ilk bor ishtirok etadi va birinchi bosqichdayoq Navoiyning „Zarafshonga“ klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etadi. 2014-yil Birinchi liga oʻyinlari 2-mavsum dastlabki bosqichida „Sherdor“ Gʻarbiy guruhidagi 12 ta klub orasida (22 uchrashuv, 8 gʻalaba, 6 durang, 8 magʻlubiyat va 30 ochko) 7-oʻrinni egallaydi.
Yakuniy bosqichda klub 16 jamoa orasida 15 (30 oʻyin, 8 gʻalaba, 5 durang, 17 magʻlubiyat va 29 ochko) oʻrinni egallashiga qaramay, keyingi mavsumda Birinchi liga safida ishtirok etish huquqini oʻzida saqlab qoladi (ushbu bosqichda soʻnggi oʻrinni egallagan jamoa Ikkinchi ligaga ishtirok etmaydi).
2014-yil Oʻzbekiston kubogi bahslarida ikkinchi marta ishtirok etayotgan „Sherdor“ 1-turda Gʻallaoralning "Gʻallakor" jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etib, keyingi bosqichda „Andijon“ jamoasi bilan toʻqnash keladi. Oʻyin taqdirini penaltilar seriyasi hal qilgan mazkur uchrashuvda „Sherdor“ 3:5 hisobda (oʻyinning asosiy va qoʻsHMcha vaqti 2:2 hisobida yakunlangan) imkoniyatni boy beradi. Shu tariqa klub chempionatdagi safarini 2-bosqichda yakunlaydi.
2015-yilgi mavsumda Birinchi liganing saralash bosqichida Gʻarbiy guruhdagi 10 ta jamoa orasida Samarqand klubi 9-oʻrinni egallab, Ikkinchi liga tarkibiga qaytishga majbur boʻladi. 2018-yildan buyon „Sherdor“ yana Oʻzbekiston Pro ligasi uchrashuvlarida ishtirok etib kelmoqda.
Sovrin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarqand chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samarqand kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Samarqand kubogi sohibi (2 karra): 2012, 2016.
Yutuq natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Turnir | Oʻrin | Kubok |
---|---|---|---|
SSSR Ikkinchi quyi ligasi | Ishtirok etmagan | ||
1991-2011 | Mavjud emas | ||
Ikkinchi liga | Ishtirok etmagan | ||
Birinchi liga | 1/32 final | ||
Birinchi liga | 1/16 final | ||
Birinchi liga | 1/16 final | ||
Ikkinchi liga | Ishtirok etmagan | ||
Ikkinchi liga | Ishtirok etmagan | ||
B Pro-ligasi | 1/8 final | ||
A Pro-ligasi | 1/16 final |
Stadion
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub uy arenasi "Dinamo" stadioni boʻlib, 13800 tomoshabinga moʻljallangan. U 1962-yilda qurib foydalanishga topshirilgan. 2012-yilda qayta taʼmirdan chiqarilgan. 2012-yilga qadar stadion hajmi 16 000 oʻrinni tashkil etgan.
Ushbu stadion Samarqand shahri va Samarqand viloyatidagi eng katta stadion boʻlib, Oʻzbekistondagi muxlis eng koʻp tashrif buyuradigan va zamonaviy stadionlardan biri hisoblanadi.
„Sherdor“dan tashqari Samarqandning yana bir mashhur klubi „Dinamo“ ham oʻz uy uchrashuvlarini mazkur stadionda oʻtkazadi.
"Dinamo"stadioni • Hajmi — 13 800 kishi • Maydoni — 112×72 m. • Manzil — Ulugh Beg Mirza, Samarkand.
Brendlar va homiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Forma ishlab chiqaruvchilar | Hamkorlar | Asosiy homiy |
---|---|---|---|
1990-2010 | ![]() |
Mavjud emas | |
2010-2018 | ![]() |
![]() |
![]() |
2019-h.v. | ![]() |
![]() |
Hozirgi tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilgi maʼlumot boʻyicha
№ | Ampluaitsiyasi | Ismi | Tugʻilgan yili |
---|---|---|---|
13 | DR | ![]() |
2002 |
99 | DR | ![]() |
1999 |
2 | HM | ![]() |
1999 |
4 | HM | ![]() |
2000 |
6 | HM | ![]() |
1999 |
24 | HM | ![]() |
1999 |
29 | HM | ![]() |
2001 |
44 | HM | ![]() |
2000 |
96 | HM | ![]() |
1996 |
12 | YH | ![]() |
2001 |
19 | YH | ![]() |
1995 |
17 | YH | ![]() |
1999 |
22 | YH | ![]() |
1996 |
28 | YH | ![]() |
1997 |
66 | YH | ![]() |
2001 |
95 | YH | ![]() |
1995 |
7 | HJ | ![]() |
1994 |
10 | HJ | ![]() |
1997 |
25 | HJ | ![]() |
1998 |
26 | HJ | ![]() |
1999 |
32 | HJ | ![]() |
2001 |
33 | HJ | ![]() |
2001 |
55 | HJ | ![]() |
2001 |
23 | HJ | ![]() |
2000 |
80 | HJ | ![]() |
2000 |
Transfer 2019
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Amplua | Futbolchi | Oldingi jamoasi |
---|---|---|---|
1 | DR | ![]() |
![]() |
2 | DR | ![]() |
![]() |
3 | HM | ![]() |
![]() |
4 | HM | ![]() |
![]() |
5 | HM | ![]() |
![]() |
6 | HM | ![]() |
![]() |
7 | YH | ![]() |
![]() |
8 | YH | ![]() |
![]() |
9 | YH | ![]() |
![]() |
10 | HJ | ![]() |
![]() |
11 | HJ | ![]() |
![]() |
Ketgan
[tahrir | manbasini tahrirlash]№ | Amplua | Futbolchi | Yangi klub |
---|---|---|---|
1 | DR | ![]() |
![]() |
2 | DR | ![]() |
Faoliyatini yakunlagan *** |
3 | DR | ![]() |
![]() |
4 | HM | ![]() |
![]() |
5 | HM | ![]() |
Erkin agen *** |
6 | YH | ![]() |
![]() |
7 | YH | ![]() |
![]() |
8 | YH | ![]() |
![]() |
9 | HJ | ![]() |
![]() |
10 | HJ | ![]() |
erkin agent *** |
* ijaraga berilgan
** ijaraga olingan
*** erkin agent
Nomdor Futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Sherdor“ning koʻplab taniqli futbolchilari turli davrlarda toʻp surgan, shuningdek, mahalliy „Dinamo“ klubining ham Futbolchilari boʻlishgan. Quyida „Sherdor“ safida toʻp surgan eng mashhur futbolchilar bilan tanishing.[2]
Oleg Solovyov
Bahodir Rahmonov
Oleg Gorsiv
Erkin Vohidov (futbolchi)
Kamo Gazarov
Viktor Shustiskiy
Mixayl Fomin
Farhod Taylyakov
Bahodir Taylyakov
Toʻychi Rahmatullayev
Bahtiyor Rajabov
Yevstafiy Popandopulo
Zakir Narzullayev
Elbek Musayev
Vadim Zubkov
Seyran Gʻafarov
Vitaliy Beglaryan
AleksanDR Babayan
Suren Adamyan
Boris Oganyan
Suleyman Abdullayev
Sanjar Akramov
Shuhrat Murodov
Bahtiyor Ochilov
Maradona Safarov
Bosh murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1990 — Aleksandr Masesev
- 1990 — Mixail Oganyan
- 2012-2014 — Sayfullo Sharipov
- 2015-hozirgi vaqtga qadar — Bahtiyor Sattorov
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Тренеры ФК «Шердор»“. 22-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2015-yil.
- ↑ „Игроки ФК «Шердор»“. 22-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2015-yil.