Kontent qismiga oʻtish

Belarus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Belorussiyadan yoʻnaltirildi)
Belarus Respublikasi
Рэспубліка Беларусь
Shioryoʻq
Madhiya: Мы, Беларусы
(Biz, Belaruslar)
Location of Belarus
Poytaxt Minsk
Rasmiy til(lar) Belaruscha
Ruscha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Aleksandr Lukashenko
Mustaqillik
25-mart 1918
25-avgust 1991
Maydon
• Butun
207 600 km2 (84-oʻrin)
• Suv (%)
2,26
Aholi
• 2015-yilgi roʻyxat
9 481 000 (93-oʻrin)
• Zichlik 45,7/km2
YIM (XQT) 2010-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$131,201 mil. (62-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$13 909
Pul birligi Belarus Ruble (BYN)
Vaqt mintaqasi UTC+3
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma BO
Telefon prefiksi 375
Internet domeni .by

Belarus (Belorussiya), Belarus Respublikasi (belaruscha: Рэспубліка Беларусь) — Yevropa markazidagi davlat. Sharqiy Yevropa tekisligining gʻarbida joylashgan. Maydoni 207,6 ming km2. Aholisi 9 463 300 kishi (2013). 6 viloyat, 118 tuman, 102 shahar, 109 shaharcha bor (1996). Poytaxti — Minsk shahri.Belarussiya-dunyo davlatlari orasida eng tinch va osuda boy davlat.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belarus Respublikasi — unitar demokratik ijtimoiy huquqiy davlat. 1996-yilgi referendumda qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qiladi. Davlat boshligʻi — aholi tomonidan 5 yil muddatga saylanadigan prezident. Qonun chiqaruvchi vakolatli organi — Millat majlisi boʻlib, u Vakillar palatasi va Respublika Kengashidan iborat. Vakillar palatasining hamma 110 deputatini aholi saylaydi. Respublika Kengashining 64 deputatidan 56 nafari mahalliy kengashlar tomonidan saylanadi, 8 nafari prezident tomonidan tayinlanadi. Millat majlisining vakolat muddati 4 yil Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat — Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Bosh vazirni Vakillar palatasining roziligi bilann prezident tayinlaydi.

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Belarus Respublikasining viloyatlari
Viloyat Pochta
indeksі
Tashkil topgan
sanasi
Aholisi Maʼmuriy markazi
Brest viloyati 224000 189007034-dekabr 1939 01 401 000 Brest
Vitebsk viloyati 210000 1846122815-yanvar 1938 01 231 000 Vitebsk
Gomel viloyati 246000 1819121415-yanvar 1938 01 464 500 Gomel
Grodno viloyati 230000 1959010320-sentabr 1944 00 1 072 000 Grodno
Mogilyov viloyati 212000 1912021415-yanvar 1938 01 095 000 Mogilyov
Minsk viloyati 220000 1836061515-yanvar 1938 01 422 000 Minsk

Belarusning yer yuzasi tekislik boʻlib, shimoli-gʻarbida botqoq bosgan pastliklar va koʻllar juda koʻp. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharq tomon Belarus Qirlari choʻzilgan, eng baland qismi (Minsk qirlari) dengiz sathidan 345 m baland (Dzerjinskiy togʻi). Belarus qirlaridan janubi-sharqda qator tekisliklar, shimoli-gʻarbda morena tepaliklari chuzilgan. Belarusning janubiy qismini botqoqlashgan keng pasttekislik — mutlaq balandligi 100 – 150 m boʻlgan Belarus Polesyesi egallaydi; botqoqlik, oʻtloqlar orasida balandligi 5 – 8 m li qum tepalari koʻp. Qumlik joylar qaragʻayzor bilan qoplangan. Foydali qazilmalardan kaliyli tuz konlari bor (Starobin va Petrikov konlari), janub va janubi-sharqda tosh tuz, Pripyat botigʻida neft, koʻmir bor. Torf, qum, gil konlari mavjud[1][2].

Daryo

Iqlimi kontinental iqlim bilan dengiz nihimi oʻrtasida, Atlantika havo massalari uni ancha yumshatib turadi. Yanvarning oʻrtacha harorati janubi-gʻarbda — 4,4 °C, shimoli-sharqda — 8 °C, iyulniki shimolda 17 °C, janubda 18,8 °C. Oʻrtacha yillik yogʻin miqdori 550 – 700 mm. Yogʻinning kup qismi yoz oylariga toʻgʻri keladi. Botqoqliklar, daryo va koʻllar koʻpligidan yerlari zax. Vegetatsiya davri shimoli-sharqda 178 kun, janubi-gʻarbda 208 kun. Eng yirik daryolari Dnepr (irmoqlari Berezina, Pripyat, Soj va boshqalar), Daugava, Neman (irmogʻi Neris), Bugʻ. Bu daryolarning koʻp qismida ogʻoch oqiziladi, eng yiriklarida kema qatnaydi. Baʼzi daryolarda GESlar qurilgan. Belarus koʻllarining eng yiriklari: Naroch, Osvey, Drisvyati, Chervonoye, Vigonovskoye. Tuprogʻi asosan unumdorligi yuqori boʻlmagan chimli podzol va torfbotqoq tuproq, daryo qayirlarida esa allyuvial tuproqlardir[3].

Belarus aralash oʻrmonlar mintaqasida joylashgan boʻlib, maydonining 30 % dan koʻprogʻi oʻrmon bilan qoplangan. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar, oʻtloqlari va botqoq oʻsimliklari koʻp. Qaragʻayzorlar, qayinzorlar va qayragʻochzorlar, dub, grab, zarang kabi keng bargli daraxtzorlar katta maydonni egallaydi. Tulki, olmaxon, quyon, suvsar, oqsichqon koʻp; bugʻu, qoʻngʻir ayiq, silovsin, los, elik, toʻngʻiz, yumronqoziq, boʻri uchrab turadi. Daryo va koʻllarida leshch, tovonbaliq, choʻrtan, laqqa, ilonbaliqlar, ondatra bor. Suvda suzuvchi qushlar tarqalgan. Belarus hududida Pripyat va Berezina qoʻriqxonalari, Belaya Veja pushchasi bor.

Asosiy aholisi — belaruslar. Ruslar, polyaklar, ukrainlar, tatarlar, yahudiylar va boshqa ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 ga 49,4 kishi toʻgʻri keladi. 68,9 % aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili belarus va rus tillari. Eng yirik shaharlari: Minsk, Gomel, Vitebsk, Mogilyov, Bobruysk, Grodno, Brest[4].

Sofiylik sobori
Dunyo qasri

Belarus hududida oʻrta paleolit davridan odam yashay boshlagan (100 — 35 ming y. muqaddam); neolit davrida (miloddan avvalgi 5-ming yillik oxiridan 3-ming yillik oxirigacha) dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishga oʻtgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida hind-yevropa qabilalari koʻchib kelgach, ularning taʼsirida jez asriga oʻtiddi. Bu yerda temir davri miloddan avvalgi 8 — 6-asrlardan milodiy 8-asrgacha davom etdi[5]. Milodiy 1-ming yillik 2-yarmida Belarus hududida 3 slavyan qabilalari: krivichi, dregovichi va radimichilar uyushmasi vujudga keldi, keyinchalik ular oʻrniga knyazliklar tashkil topdi. 10-asr oxiridan knyazliklar Kiyev Rusi tarkibiga kirdi. 13-asr 2-yarmida Rossiyaning gʻarbiy chekkalariga Buyuk Litva knyazligi hujum qila boshladi. Mamlakatdagi parokandalik va tatarmoʻgʻullarning hamlalari sharoitida bu knyazlik Gʻarbiy rus yerlarini osonlikcha zabt etdi. Shu paytdan boshlab bu yerlar „Belaya Rus“ („Oq Rus“) deb yuritiladigan boʻldi (belarus atamasi shundan kelib chiqdi). 15 — 16-asrlarda Belarusda xususiy yer egaligi rivojlandi. Belaruslarning Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari bilan munosabatlari jonlandi. Buyuk Litva knyazligi Belarus va Ukrainadagi hukmronligini mustahkamlash uchun 1569-yilda Polsha bilan ittifoq (Lyublin uniyasi) tuzdi. Shu tariqa Rech Pospolita federativ davlati iujudga kelib, Belarus uning tarkibiga kirdi. 16-asrda Yevropa Uygonishi Belarus madaniyatiga taʼsir oʻtkazdi. Reformatsiyaning turli oqimlari tarqaldi. Qishloq xoʻjaligi tez rivojlandi, uning mahsuloti Gʻarbiy Yevropa bozorlariga olib borib sotila boshladi. Koʻpchilnk shaharlar oʻzini oʻzi boshqarish huquqini oldi (Magdeburg huquqi). 1595-yilda S. Nalivayko boshchiligidagi ukrain kazaklari Belarusga yurishlar uyushtirdi. 1648 — 1651-yillarda ukrain xalqining ozodlik kurashi taʼsirida janubiy va sharqiy Belarusda yirik yer egalariga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Rossiya davlatining Rech Pospolita bilan 1654 — 67 yillardagi urushi va 1700 — 21 yillardagi Shimoliy urush davrida Belarus qattiq aziyat chekdi. 18-asr oʻrtalaridan Belarus xoʻjaligi yuksala boshladi, ammo qoʻshni davlatlarning aralashuvi bunga xalaqit berdi. 1772-yilda Rech Pospolitaning birinchi boʻlinishi natijasida Belarusning sharqiy qismi Rossiya imperiyasiga qoʻshib olindi, 1793-yilda Rech Pospolitaning ikkinchi bor parchalanishi oqibatida Belarusning markaziy qismi ham Rossiyaga qaram boʻlib qrldi. T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon (1794) bostirilgach, 1795-yilda Gʻarbiy Belarus Rossiyaga qoʻshib olindi. 1812-yilgi urushda polyaklarga xayrixoh boʻlgan belarus shlyaxtasi Buyuk Litva knyazligining tiklanishiga umid qilib, Napoleonni qoʻllab-quvvatladi. 19-asr boshlarida demokratik va milliyozodlik goyalari tarqala boshladi, yashirin jamiyatlar vujudga keldi, ular Polsha, Belarus va Litvadagi 1830 — 31 yillar qoʻzgʻoloniga zamin hozirladi. 1861-yilda Belarus dehqonlari krepostnoylikdan xalos boʻldi. 1863 — 64 yillarda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolon burjua islohotlari oʻtkazilishiga taʼsir qildi.

XIX asrning 2-yarmi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrning 2-yarmida Belarusda kapitalizm jadal rivojlandi, temir yoʻllar qurildi, banklar ishlay boshladi. 1905 — 07 yilgi inqilob belarus milliy ozodlik harakatini kuchaytirdi. 1914 — 1918-yillardagi Birinchi jahon urushi davrida Belarus yerlari harbiy harakat maydoniga aylandi. 1915-yilda uning gʻarbiy qismini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1917-yil Oktabr toʻntarishidan soʻng Minskda ham sovet hokimiyati eʼlon qilindi (1917-yil 8-noyabr).[6]. Belarus mustaqilligiga qarshi boʻlgan bolsheviklar 1917-yil Minskda Belarus davlati tuzilishini talab qilib chiqqan Umumbelarus sʼyezdini tarqatib yubordi. 1918-yil Fevral—martda nemis qoʻshinlari Belarusning deyarli barcha hududini egallab oldi. 1918-yil 25-martda Umumbelarus sʼyezdi delegatlari Belarusni mustaqil Belarus Xalq Respublikasi deb eʼlon qildilar. Bunga javoban Smolensk shahrida bolsheviklar Belarus Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR) tuzilganligini eʼlon qildilar. 1918-yil noyabr — 1919-yil boshlarida Belarus nemis kushinlaridan ozod etilgach, 1919-yil 1-yanvarda Belarusning Muvaqqat ishchi-dehqon sovet hukumati oʻz manifesti bilan BSSR tashkil etilganligini eʼlon qildi. 1922-yil SSSR tashkil boʻlgach, BSSR ham SSSR tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida nemis bosqinchilari Belarus hududini egallab oldi. Belarus aholisining chorak qismiga yaqini halok boʻldi, milliy boylikning yarmidan koʻprogʻi yoʻq qilib tashlandi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron boʻldi. Urushdan keyingi yillarda Belarus sanoati va qishloq xoʻjaligi tiklandi. 1986-yilgi Chernobil falokati oqibatlari belarus xalqi uchun fojiali boʻldi. 1990-yil 27-iyulda BSSRning davlat mustaqilligi haqidagi Deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yil 19-sentabrdan mamlakat Belarus Respublikasi deb atala boshladi. 1991-yil dekabrdan MDH tarkibida. 1995-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1993-yil yanvarda oʻrnatilgan. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (3-iyul).

Brests qamali

Belarus koʻp tarmoqdi qishloq xoʻjaligi rivojlangan industrial davlat. Mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati ravnaq topgan[7][8]. Qishloq xoʻjhaligida kartoshka va zigir tolasi yetishtirish, sutgoʻsht chorvachiligi, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan.

Belarus avtomabil zavodida ishlab chiqarilgan avtomabil

Sanoatida elektr energetika, yoqilgʻi, metallurgiya, mashinasozlik va metallga ishlov berish, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz, binokorlik materiallari, shisha va chinnifayans, yengil, oziq-ovqat, unyorma va omixta yem, tibbiyot sanoati, mikrobiologiya va matbaachilik eng yirik tarmoqlardir. Sanoat mahsulotining 2/3 qismi yirik shaharlarda, shu jumladan 25 % Minskda ishlab chiqariladi. Foydali qazilma konlari kam boʻlgani holda sanoat majmuida ishlab chiqarish sanoati ustun. Bu tarmoq, yuk avtomobillari, avtobuslar, mototsikl, velosipedlar, traktorlar (MTZ), qishloq xoʻjaligi, qurilish, melioratsiya va yoʻl mashinxchari, motorlar, stanoklar, avtomat liniyalar, robotlar, temirchilikpress, burgʻulash, geolrazvedka, savdo uskunalari, quyuvchilik, yengil, oziq-ovqat tarmoqlari uchun texnologiya uskunalari, podshipniklar, EHMlar, televizorlar, radioprismniklar, magnitofonlar, sovitish va muzlatish uskunalari, foto va kinoapparatlar, dozimetrlar, soatlar ishlab chiqaradi. Kimyo va neft kimyosi sanoati maʼdanli oʻgʻitlar, kimyoviy tola va iplar, plastmassa va smolalar, shinalar, rezinatexnika buyumlark, polimer va lok boʻyoq, roʻzgʻor buyumlari va shahrik.larni ishlab chiqaradi[9].

Yengil sanoatda toʻqimachilik (zigʻir tolasi, jun, shoyi, ip gazlamalar), trikotaj, kiyim-kechak, poyabzal, charm va moʻyna buyumlari ishlab chiqarish rivojlangan[10]. Oziq-ovqat sanoati goʻsht, yogʻmoy va sut mahsulotlari ishlab chiqaradi. Yogmoy, baliq, qandshakar, unyorma, novvoylik, makaron, mevasabzavot konservalari, pivo ishlab chiqarish sohasida katta quvvatga ega korxonalar mavjud. Yoqilgʻi sanoati neft, yoʻlakay gaz, torf qazib chiqarish va qayta ishlashni oʻz ichiga oladi. Yoqilgʻienergetika resurslari Belarusga neft va gaz quvurlari orqali Rossiyadan, elektr energiya qisman Litva va Rossiyadan yuboriladi. Novolukoml va Bsryozada yirik elektr stansiyalar, 20 dan koʻproq kuchli issiqlik elektr stansiyalar ishlab turibdi[11]. Oʻrmon, yogʻochsozlik, sellyulozaqogʻoz tarmogʻi yalpi sanoat mahsulotining 5 % ga yaqinini beradi. Bular taxta, mebel, qipiqtolali plita, faner, parket, gugurt, sport anjomlari, qogʻoz, karton, oʻrmon kimyosi mahsulotlaridir. Binokorlik materiallari sanoati (sanoat mahsuloti yalpi hajmining 4 %) sement, qurilishbop ohak, devorbop, qoplama va bezash materiallari, yigʻma temirbeton konstruksiyalari va detallari, tomga yopish va gidroizolyatsiya uchun rulon materiallar, gʻovakli toʻldirgichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan[12].

Qora metallurgiya (sanoat mahsuloti umumiy hajmining 1 %) metall parchalaridan poʻlat, qora metallar prokati, choʻyandan vodoprovod quvurlari, shinalar uchun metall kord, metall kukunidan turli buyumlar va blarni tayyorlashga moslangan. 1991-yildan sanoat taraqqiyotida pasayish boshlaidi, 1994 — 97 yillarda chuqur iqtisodiy tanazzul holatnga tushib qoddi. Barcha tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamaydi. Sanoat uchun zarur yoqilgʻi. Xom ashyo va materiallarning salkam 70 % MDH mamlakatlaridan olinadi, mahsulotning 40 % dan koʻprogʻi ularning bozorlarida sotiladi.

Qishloq xoʻjaligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belarusda qishloq xoʻjaligiga yaroqli salkam 9,3 mln.ga, shu jumladan 6,2 mln.ga haydaladigan yerdan foydalaniladi. Yerlarning tekisligi, tuproqning oʻrtacha unumliligi, issiq va namning yetarliligi, mshnat resurelarining mavjudligi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun qulay sharoitdir. Belarus milliy daromadining 20 % ga yaqini qishloq xoʻjaligiga toʻgʻri keladi. Keyingi yillarda isloh qilingan kz va szlar oʻrnida yangi ishlab chiqarish tuzilmalari: uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari, shirkatlar, agroktlar va boshqalar paydo boʻldi. Ular donli ekiplardan javdar va arpa, shuningdek bugʻdoy, suli, grechixa, makkajoʻxori, tariq, lavlagi yetishtiradi. Mamlakat kartoshka bilan oʻzini taʼminlaydi va bir qismini chetga sotadi. Don va dukkakli don ekinlari yalpi hosilining qariyb 70 %, kartoshkaning 40 % chorva mollarga beriladi. Katta shaharlar atrofida bogdorchilik va dehqonchilik yoʻlga qoʻyilgan. Asosiy ekinlari: karam, bodring, pomidor, turp, piyoz, sarimsoq, piyoz, salat, sabzi va hokazo. Meva va rezavorlardan olma, nok, olxoʻri, olcha, gilos, qoragʻat, malina, qulupnay koʻproq yetishtiriladi. Chorvachilikning asosiy tarmogʻi — qoramolchilik va choʻchqachilik. Parrandachilik yuqori darajada markazlashtirilgan. Ayrim yirik xoʻjaliklar qoʻychilikka ixtisoslashgan. Yilqi koʻpaytiradigan ot zavodlari bor. Hayvonotchilik ham birmuncha rivoj topgan. 10 ixtisoslashgan hayvonot xoʻjaligi va firmasi norka (qorakuzan), yaltiroq qora tulki, shimol tulkisi, nutriya boqadi. Asalarichilik — respublika qishloq xoʻjaligi uchun anʼanaviy tarmoqdir[13]..

Trassa M1 Orshi yaqinida

Yevropa transport tizimining tarkibiy qismi. Temir yoʻllar (uzunligi 5,58 ming km), avtomobil yoʻllar (uzunligi 51,5 ming km), havo, suv transporti (uzunligi 2 ming km), truboprovod turlari rivoj topgan. Yuk tashishning 72 %, yoʻlovchi tashishning 55 % temir yoʻlga toʻgʻri keladi. Magistral neft quvurlari — 2861 km, gaz quvurlari — 5534 km (1996). Minsk shahrida 1984-yilda metropoliten ishga tushirilgan. Pul birligi — Belarus rubli[14].

Sogʻliqni saqlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yil Belarusda idoralarga qarashli kasalxonalardan tashqari 128500 oʻrinli 872 davolash muassasasi boʻlgan. 1996-yilda Sogliqni saqlash vazirligi tizimida 14749 oʻrinli 58 sanatoriy ishlagan. Tibbiyot xodimlari 4 tibbiyot instituti, 18 tibbiyot bilim yurtida tayyorlanadi. 13 ilmiy tadqiqot instituta, Belarus tibbiyot texnologiyalari markazni, Mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish va nogironlar mehnatini tashkil etish instituti sogʻliqni saqlashning ilmiyamaliy va nazariy masalalarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. 1996-yili Belarusda 286 stadion, 4,7 ming sportzal, 220 suzish havzasi, salkam 14 ming sport maydoni, 475 bolalaroʻsmirlar sport maktabi, jumladan 12 oliy sport mahorati maktabi, 9 Olimpiya rezervi bilim yurti faoliyat koʻrsatdi; fizkultura va sport sohasida 16 mingdan ziyod mutaxassis ishlaydi; ularni Jismoniy tarbiya va sport akademiyasi yetmshtiradi.

Belarus Davlat universiteti

Ilmiy va madaniy maʼrifiy muassasalari. 1996-1997 oʻquv yillari Belarus da 4,5 ming maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida 444,3 ming bola boʻlgan. Barcha toifadagi 4,9 ming umumiy taʼlim maktablari (1,6 mln. oʻquvchi), shu jumladan 26 litsey (15,6 ming oʻquvchi), 68 gimnaziya (63,5 ming oʻquvchi), 2 kollej (1,5 ming oʻquvchi) ishladi. 248 hunartexnika bilim yurtida 123,9 ming oʻquvchi, 150 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 125 ming, shu jumladan 4 nodavlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2 mingdan koʻproqtalaba taʼlim oldi. 59 oliy oʻquv yurtida 208,9 ming talaba, shu jumladan 20 tijorat asosidagi oliy oʻkuv yurtida 28 ming talaba oʻqidi. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Belarus universiteti, informatika va radioelektronika universiteti, iqgisodiyot, texnologiya, afar, texnika va pedogogika universitetlari, politexnika akademiyasi, sanʼat akademiyasi, musiqa akademiyasi va boshqa Belarusdagi eng yirik ilmiy markaz Belarus milliy fanlar akademiyasidir. Belarusda 5,2 ming ommaviy kutubxona, 4,6 ming klub muassasasi, 149 muzey va boshqalar bor[15].

Radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Belarus tilidagi birinchi bosma kitobni F. Skorina 1517-yil Pragada nashr ettirgan. Belarusda 11 davlat nashriyoti, 1400 ga yaqin turli mulkchilik shaklidagi subʼyekt va tadbirkor noshirlik faoliyati bilan shugʻullanadi. Nodavlat, xususiy, kasb, diniy, partiyaviy va boshqa nashrlar chiqadi. 1996-yil umumiy tiraji 59,1 mln. nusxada 3809 kitob, jumladan belarus tilida 8,8 mln. nusxada 598 kitob nashr etilgan. 1997-yil 1-avgustda 938 davriy nashr, jumladan 654 gazeta, 234 jurnal, 50 byulleten roʻyxatga olingan. Eng mashhur nashrlari: „Lggeratura i mastatsva“, „Zvyazda“, „Sentralnaya gazeta“, „Svoboda“ va boshqa Rasmiy axborot agentligi (Belinform; 1938 — 92 yillarda BelTA), shuningdek xususiy agentliklar: Belarus yangiliklar agentligi (BelaPan), „Reklama, informatsiya, daydjest“ (RID) va boshqalar bor. Belarusda radioeshittirish 1925-yili, telekoʻrsatuv 1956-yilda boshlangan. Mustaqil tijorat radio studiyalari ham ishlab turibdi. 1991-yildan nodavlat efir va kabel telekoʻrsatuv tarmogʻi rivojlanmoqda[16].

Belarusda adabiyot 10-asrda belarus yozuvi paydo boʻlgach vujudga kela boshladi. 14 — 15-asrlarda Belarus yerlari Buyuk Litva knyazligiga siyosiy jihatdan birlashtirilib, belarus tili davlat tiliga aylanishi adabiyotning rivojlanishiga yordam berdi. Dastlabki belarus yilnomalarini tarixiy proza namunalari desa boʻladi. Belarus adabiyoti va tilining rivoji atoqli madaniyat arbobi, belarus matbaachisi F. Skorina (16-asr boshlari) nomi bilan bogʻliq. Bu davrda huquqiy tafakkur yodgorliklari yaratildi, yangi janrlar — kitobiy sheʼriyat, publitsistika, tarixiy yodnoma prozasi, dramaturgiya vujudga keldi. Nikolay Gusovskiy lotin tilida „Zubr haqida qoʻshiq“ dostonini yozdi[17]. Publitsist va tarjimon S. Budniy Nesvij shahrida diniy mavzudagi „Katexizis“ deb atalgan savoljavob kitobini nashr etdi. Ona tilining jonkuyari V. Tyapinskiy 1580-yilda birinchi marta Injilni belarus tiliga tarjima qildi. Shoirlar orasida A. Rimsha alohida ajralib turardi. Barokko davri (16-asr oxiri — 18-asr oʻrtalari)da Belarus adabiyotida yangi qahramon — dehqon, hunarmand paydo boʻldi. 17-asrda Simeon Polotskiy kitobiy sheʼriyatni rivojlantirishga hissa qoʻshdi. 17-asr 2-yarmi — 18-asr 1-yarmida taqdidiyhajviy tusdagi va drama asarlari yaratildi. Ya. Borshevskiy, Ya. Chechet, A. Ripinskiy, V. Sirokoml, A. VerigaDarevskiy, A. Plug, V. Korotinskiy va boshqa belarus hamda polyak tillarida ijod qildilar. 1863 — 64 yillardagi qoʻzgʻolon rahbari K. Kalinovskiy belarus tilida „Mujitskaya pravda“ gazetani nashr etdi. F. Bogushevich ijodi belarus uygʻonish davri milliy goyasiping choʻqqisi boʻldi. 1906-yildan chiqa boshlagan „Nasha shva“ gazeta tsvaragida akauka A. va I. Lutskevichlar (asoschi pa noshirlar), Ya. Kupala, Ya. Kolas, Tetka, M. Bogdanovich, V. Lastovskiy. A. Garun va boshqalar birlashdilar. Oʻsha dair adabiyoti xalqni uygʻotish. tarixiy ishlarga otlantirish maqsadini koʻzlar edi. 1920-yillar boshida belaruslashtirnsh siyosati boshlanib, adabiy jurnsllar chiqa boshladi, adabiy tashkilotlar tuzildi. 1920-yillar oxirida esa belaruslashtirish siyosati belarus ziyolilariga qarshi qatagonlar siyosati bilan almashdi. 1930-yillarda ham koʻlchilik belarus yozuvchilari qatagʻon qilindi. Ikinchi jahon urushi davrida esa front va partizan otryadlarida taniqli yozuvchilarning bir qismi halok boʻldi. Urushdan keyin jang qaxgkshonligi va azobuqubatlarini tasvirlovchi asarlar yaratildi. A. Kuleshov, M. Tank, Z. Ostapenko, I. Shamyaqin va boshqalar ijodida urush mavzui uzoq yillargacha asosiy mavzu boʻlib qoldi. 1950 — 70-yillarda boshqa yozuvchilar turkumi adabiyotga kirib keldi: M. Linkov, I. Shamyaqin, I. Melej, P. Pestrak, A. Adamovich, T. Bondar va boshqalarningromanlarida xalqning mashaqqatli hayoti lavhalari — inqiloblar, urushlar, kollektivlashtirish, qatagʻonlar manzaralari tasvirlangan. Milliy tiklanish gʻoyalari va Chernobil faloqati R. Borodulin, S. Zakonnikov, N. Metlitskiy sheʼrlarida, I. Shamyaqin, B. Sachenko prozasida, A. Petrashkevich pyesalarida aks etdi. Qatagʻon iskanjasidan omon qaytgan bir qator adiblarning „lager sheʼriyati“, esdaliklari 1980-yillar oxiri — 1990-yillar boshida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻldi. Belarus adabiyotida barcha janrlar rivojlanib bormoqda. Ya. Kupala, Ya. Kolas, P. Brovka, M. Tank va boshqalarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Belarus hududida paleolit, neonit va jez davri meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan. 11-asrdan oʻziga xos meʼmorlik rivojlandi. Polotsk, Grodno, Vitebsk kabi shaharlar jadal qad koʻtardi, mahobatli inshootlar qurildi. 13 — 17-asrlarda gotika va uygʻonish (renessans) uslubidagi koʻpgina mudofaa istehkomlari barpo etildi. Goʻzal yogʻoch meʼmorligi davom etdi. 16 — 18-asrlarda barokko uslubidagi ibodatxonalar tiklandi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida qurilishda klassitsizm ustunlik qilgan boʻlsa, 19-asr 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi meʼmorlikda barcha uslublar aralashquralash boʻlib ketdi. 20-asr boshlarida Belarus meʼmorligiga modern (Minskdagi uy-joy binolari, mehmonxona majmuasi), konstruktivizm (Belarus Milliy kutubxonasi, 1930 — 32, meʼmor G. Lavrov; Hukumat uyi, 1929 — 34, meʼmor I. Langbard) uslublari kirib keldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin vayrona shahar va qishloqlar tiklandi. Minskda bir qancha meʼmoriy majmualar yaratildi: sport saroyi (1966. meʼmor S. Filimonov, V. Malishev), „Yubileynaya“ mehmoixonasi (1968, meʼmor G. Benediktov) va boshqa; yodgorlik majmualari — Minsk yaqinidagi Shuhrat qoʻrgʻoni (1969, haykaltarosh A. Membel, meʼmor O. Staxovich), Xatin (1968 — 69. meʼmorlar Yu. Gradov, V. Zankovich, L. Levin, haykaltarosh S. Sslixanon) va boshqalarlar. Svetlogorsk, Novopolotsk, Soligorsk kabi yangi shaharlar vujudga keldi.

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belarus hududida ibtidoiy sanʼatning eng qad. namunalari tosh davriga mansub. Xalq amaliy sanʼati, ayniqsa suyak va sopolga naqsh solish, oʻymakorlik, zargarlik, kashtadoʻzlik rivoj topgan. Jez va temir davrlarida metall bezaklar paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 5-asrga oid jez va temir bilaguzuklar, hayvonlarning sopol haykalchalari saqlangan. Xristianlik tarqalishi munosabati bilan ikona (xudo va avliyolar rasmini ishlash) sanʼati rivojlana boshladi. 11 — 15-asrlardan qoʻlyozma kitoblar miniatyuralar, lavhalar, manzaralar bilan bezatildi. Kitob bosish rivojlana boshlagach, gravyura sanʼati oʻsdi, bosma kitoblarni bezashning oʻziga xos uslubi vujudga keldi. Amaliy bezak sanʼati Gʻarbiy Yevropa va qadimgi rus sanʼatining milliy ruxdagi oʻziga xos omixtasidan iborat. 15 — 16-asrlarda guldor keramika mahsulotlari, qabariq koshinlar, asl metallardan zargarlik buyumlari tayyorlash rasm boʻldi. 15-asrda Belarusda hunarmandchilik birlashmasi — Grodnoda shishasozlar ustaxonasi barpo etildi va badiiy shisha ishlab chiqarish yoʻlga koʻyildi. 14 — 19 asrlarda ogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, toʻqimachilik (belbogʻlar, gobelenlar — devor gilamlari) ravnaqtopdi. 16—18-asrlarda rangtasvir va gravyura sohasida realistik mayllar yaqqol namoyon boʻldi. 19-asrdan sanʼat romantizm va sisman klassitsizm yoʻlidan bordi. 20-asrda ranggasvir, haykaltaroshlik, fafika, teatrbezak sanʼati yuksak darajaga koʻtariddi. Hozir sanʼatkorlar orasida rassomlardan I. Rey, N. Seleshchuk, G. Vashchenko, haykaltaroshlardan A. Glebov, G. Muromsev, S. Vakar, I. Misko, grafik rassomlardan L. Aseskiy, Ye. Los, A. Kashkurevich, V. Sharngovich, amaliy bezak sanʼati ustalaridan V. Dyomkina. A. Kishchenko, I. Stasevich kabilar mashhur.

Belarus musiqa sanʼati manbalari sharqiy slavyanlar va Kiyev Rusi xalq musiqasidan boshlanadi. Dastlabki dunyoviy professional anʼanalarni skomoroxlar (qiziqchimasharabozlar) boshlab berishgan. 15-asrga kelib pravoslav cherkov musiqasida mashhur qiroatli ashulaning mahalliy toifasi shakllandi. 16-asr 2-yarmi — 17-asrda Uygʻonish davri anʼanalari va Reformatsiya goyalari Belarus musiqa madaniyatiga taʼsir oʻtkazdi. 17-asrda partes qoʻshiqchiligi (koʻp ovozli oʻziga xos xor) vujudga keldi. 18-asrda boyvachchalardan Radzivillar, Sapeglar, Oginskiylar, A. Tizengauz va boshqalarning xususiy teatrlari, kapellalari musiqa madaniyati markaziga aylandi. 19-asr boshlaridan Vitebsk, Grodno, Minsk, Mogilyovda shahar orkestrlari ishlay boshladi, spektakllar sahnalashtirildi. 1918— 21 yillarda xalq konservatoriyalari ochildi. keyinchalik ular texnikum va maktablarga aylantirildi. 1920-yillardan professional musiqa sanʼati rivojlandi (kompozitorlar N. Churkin, N. Aladov, A. Turenkov, G. Puket, V. Zolotaryov, A. Bogatiryov), milliy opera va baletlar sahnalashtirildi. Ikkinchi jahon urushi davrida va 1950-yillarda qahramonlikvatanparvarlik mavzuidagi asarlar yozildi. L. Abeliovich, N. Aladov, A. Bogatiryov, Ye. Glebov, V. Zolotaryov, P. Podkovirov, G. Puke vokalsimfoniya musiqa janrida, A. Klumov fortepiano, I. Lyuban, S. Polonoskiy, N. Sokolovskiy va boshqalar qushiq janrida ijod qildilar. 1960—90-yillarda Yu. Semenyako, E. Smolskiy, G. Vagner, S. Kortes, V. Soltan, A. Bondaryonko va boshqalarlarning operalari qoʻyildi. Operetta janrida V. Voytik, Ye. Glebov, V. Kondrusovich, A. Mdivani va blarning asarlari paydo boʻldi. Qoʻshiq janrida L. Aleksandrovskaya, V. Olovnikov, N. Kuznesov, I. Luchenok, Ye. Glebov, B. Budnik va boshqalarlar muvaffakiyatli ishladilar. 1980 — 90-yillarda A. Bogatiryov, C. Beltyukov, A Bondaryonko, V. Branlovskiy, V. Budnik, V. Voytik, Ye. Glebov, V. Doroxin, E. Zaritskiy, V. Ivanov va boshqa turli janrlarda ijod qildilar. Belarus kompozitor V. Zolotaryov oʻzbek kuylari asosida simfonik uvertyura, rapsodiya, syuita va „Navoiyning 6 gazali“ vokalsimfonik asarini yaratdi. B.da Milliy akademik opera teatri, Milliy akademik balet teatri, Davlat musiqali komediya teatri, Davlat akademik simfoniya orkestri, Davlat xor kapellasi, Davlat rake ansambli, Belarus musiqa akademiyasi va boshqalar ishlab turibdi.

Minskdagі Kupala teatri.

Belarus teatr sanʼati xalq, rasmrusumlari va oʻyinlaridan, daydi qiziqchilardan boshlangan. 16-asrda qugʻirchoq teatri — batleyka paydo boʻldi. 16 — 18-asrlarda maktab teatri, 16 — 20-asrlarda xalq dramasi keng rasm boʻldi. 18 asrning 1-yarmida shahar va rabodlarda xususiy teatrlar faoliyati avj oldi, ularning baʼzilari yuqori malaka darajasiga koʻtariddi. 1840-yillardan dramaturg, aktyor, rejissor V. DuninMarsinkevich belarus professional teatrini tashkil etishga jonkuyarlik qildi. 20-asrda belarus sahna sanʼatini rivojlantirishda yangi bosqich boshlandi. K. Kaganes, Ya. Kupala, Ya. Kolas, K. Buylo, L. Radzevich, I. Buynitskiy, F. Alexnovich, F. Jdanovichlarning saʼy harakatlari bilan dastlabki teatrlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi davrida 23 teatrdan koʻpchiligi oʻz faoliyatini toʻxtatdi, baʼzilari oʻzga yurtlarga koʻchib, konsertlar berdi. Urushdan keyin qaddini rostlagan sanʼat jamoalari uslub izlanishlarini kengaytirdi, sahna mahoratini oshirdi. Belarus teatrlarida samarali ishlagan va ishlayotgan sahna ustalaridan G. Makarova, S. Stanyuta, 3. Stomma, G. Ovsyannikov, L. Davidovich, V. Beloxvostik, A. Klimova, R. Yankovskiy, G. Garbuk, M. Zaharevi’1, V. Tarasov, A. Milovanov, V. Kuleshov, T. Kokshtis, O. Klebanovich, rejissor lardan L. Litvinov, N. Mitskevich, K. Sannikov, V. Rayevskiy, B. Lutsenko, N. Pinigin, V. Korotkovich va boshqalarni koʻrsatish mumkin. 1997-yil Belarusda 26 davlatteatri ishladi. Belarus Sanʼat akademiyasi, Madaniyat universiteti aktyor, rejissor, teatrshunoslarni tayyorlab bermoqda.

Belarusda kino ishlab chiqarish 1924-yilda boshlangan. Oʻsha yili Kinematografiya va fotografiya ishlari boshqarmasi (Beldavkino) tashkil etildi. 1928-yil Leningradda „Sovetskaya Belarus“ badiiy filmlar studiyasi tuzildi (1946-yildan „Belarusfilm“); 1939-yildan Minskda ishlaydi. 1926-yilda „Oʻrmon voqeasi“ deb atalgan birinchi badiiy film yaratildi. 1920 — 30-yillarda yaratilgan filmlarda milliy va ijtimoiy ozodlik yoʻlidagi kurash hamda zamonaviy turmush yetakchi mavzular boʻlib qoldi. 1940 — 70-yillarda badiiy va hujjatli kino ustalari urush mavzularini va ijtimoiy turmushning chigal jarayonlarini aks ettirdilar. axloq odob muammolarini koʻtarib chiqdilar. Adabiy asarlar ekranlashtirildi, bolalar uchun filmlar yaratildi. 1980-yillar oxiridan belarus kinematografchilari tarixiy oʻtmishni va hozirgi zamonning murakkab jarayonlarini chuqurroq idrok etishga intilib, „Oq shudringlar“ (rej. I. Dobrolyubov), „Bizning bronepoyezd“ va „Siyosiy byuro“ kooperativi" yoki „Olis vidolashuv“ (rej. M. Ptashuk), „Qilmishqidirmish“ (rej. B. Stepanov, M. Qosimova, B. Shadurskiy) filmlarini yaratishdi. „Belarusfilm“da „Telefilm“, „Yilnoma“ ijodiy birlashmalari, 1973-yildan multfilmlar ustaxonasi ishlaydi. Kinoaktyor teatri studiyasi mavjud.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. Po naseleniyu iz ne imeyuщix vixoda k moryu evropeyskix gosudarstv Belorussiyu (menee 9,5 mln jit.) operejayut Чехия (sv. 10 mln jit.), Венгрия (sv. 10 mln jit.) i Сербия (9,9 mln jit.).
  2. Казахстан takje ne imeet vixoda k moryu (Каспийское море, kotoroe omivaet Западный Казахстан, yavlyaetsya vnutrimaterikovim озероm), evropeyskaya chast Kazaxstnana (pri provedenii granitsi Yevropa-Aziya po Mugodjaram i reke Embe) previshaet po ploщadi Belorussiyu.
  3. BYeLORUSSIYa | Ensiklopediya Krugosvet
  4. Natsionalniy statisticheskiy komitet Respubliki Belarus. Perepis naseleniya — 2009. Statisticheskie publikatsii.
  5. Belarus. Fakti 2009 Mn. 2009 (PDF), 2012-01-27da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2013-03-12
  6. Bendin A. Belarusi v Rossiyskoy imperii. K voprosu o formirovanii etnicheskoy identichnosti (vtoraya polovina XIX — nachalo XX vv.).
  7. „Salidarnass“ Proval spesoperatsii, 2013-03-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-12
  8. :: Syargey Yorsh :: Praekt „Belaruskіya Aoʻtari“ ::, 2009-03-02da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-12
  9. ISTORIYa BYeLARUSI (XX — nachalo XXI v.),Respublika Belarus v mejdunarodnom soobщestve
  10. Dokumenti ChAES: Zagryaznenie territorii Belarusi " ChAES Zona otchujdeniya[sayt ishlamaydi]
  11. Gosudarstvenniy komitet Respubliki Belarus po ekonomike i planirovaniyu
  12. Belorusskiy rubl — mirovoy lider po devalvatsiyam (Wayback Machine saytida 2013-02-18 sanasida arxivlangan), Белорусские новости (20-oktabrya 2011)
  13. Syarednі zarobak u verasnі dasyagnuoʻ 2,26 mіlyona rublyooʻ, Nasha Nіva
  14. BYeLORUSSKAYa JYeLYeZNAYa DOROGA: Texnicheskaya xarakteristika
  15. Pochemu belarusi ne xotyat uchit svoix detey na rodnom yazike? (Wayback Machine saytida 2013-03-16 sanasida arxivlangan) // Naviny.by, 14.08.2010.
  16. Reshenie o vklyuchenii Belarusi v Bolonskiy protsess mojet bit prinyato v 2012 godu (Wayback Machine saytida 2010-08-02 sanasida arxivlangan) // БелТА, 28.07.2010.
  17. Tserkov Xristian Adventistov Sedmogo Dnya v Respublike Belarus, 2010-02-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-12