Belarus tili
Belarus tili | |
---|---|
Milliy nomi | беларуская мова |
Mamlakatlar | Belarus |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 6 900 000 |
Alifbosi | Belarusian Cyrillic alphabet |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | be |
ISO 639-2 | bel[1] |
ISO 639-3 | bel |
Belarus tili (belaruscha: беларуская мова) — Sharqiy slavyan tillaridan biri, belarus millatining tili. Belarus respublikasining davlat tili (rus tili bilan bir qatorda), Polshaning ayrim munitsipalitetlarida yordamchi til, Rossiya va Belarus oʻrtasida tuzilgan Ittifoqdosh davlatning rasmiy tili. Gaplashuvchilar soni 8 millionga yaqindir. Belarus tilining yozuvi kirill alifbosiga asoslangan boʻlib, juda kam va norasmiy holatlarda lotin alifbosidan ham foydalaniladi, arab alifbosidan deyarli foydalanilmaydi (undan polsha-litva tatarlari gʻarbiy rus tilida matnlarni yozish uchun foydalanishgan). Ikki variantdagi til qoidalariga ega. Asosiy qoʻllaniliuvchi rasmiy orfografiya (1933-yil joriy etilgan) va tarashkevitsa (shuningdek „klassik yozuv“ ham deyiladi, 1918–1933-yillarda rasman qoʻllangan, hozirda norasmiy va kam qoʻllanadi)
Nomlanishi haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Belarus tili“ lingvonimi qadimgi „Belaya Rus“ etnonimi va toponimi bilan bogʻliqdir. Bir qancha tarixiy oʻzgarishlar natijasida tilning, xalqning va davlatning zamonaviy nomlanishlari kelib chiqqan[2]. Turli davrlarda bu til „rus tili“, „gʻarbiy rus tili“, „litvin tili“ va „krivich tili“ deb atalgan[3]. „Gʻarbiy rus tili“ atamasi Gʻarbiy Rus toponimidan kelib chiqqan boʻlsa, „litvin tili“ atamasi Buyuk Litva knyazligi politonimidan olingandir[2]. „Krivich tili“ atamasi XIX asrda paydo boʻlgan, uni asosan Vatslav Lastovskiy qoʻllagan. XX asrning birinchi yarmida „gʻarbiy rus tili“ lingvonimi arxaik atamaga aylandi[4][5].
Lingvogeografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sotsiologik maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil aholi soni hisoblanganida oʻzini belarus deb ataganlardan 4 841 319 nafari va 217 015 nafar boshqa millat vakillari (ulardan 171 287 nafari polyak) belarus tilini ona tili sifatida koʻrsatgan, bu koʻrsatkich Belarus aholisining 53,22 foiziga tengdir. Bundan tashqari oʻzini belarus deb hisoblovchilardan 1 099 935 nafari va boshqa millat vakillarining 271 778 nafari (ulardan 181 091 nafari ruslar) belarus tilini erkin gapira oladigan ikkinchi tili sifatida sanagan. Bu Belarus aholisining 13,49 foizidir. Umumiy hisobda 2009-yil 5 058 334 kishi belarus tilini ona tili deb hisoblashini aytdi, 1 281 713 kishi belarus tilini ikkinchi til sifatida koʻradi, jami 6 340 047 kishi belarus tilida erkin gaplasha oladi. Belarus aholisining 2/3 qismi belarus tilida erkin gaplasha olishini aytgan boʻlsa ham, ulardan 2 073 853 nafar belarus millatiga mansub odamlar va 153 271 nafar boshqa millat vakillari (shundan 120 378 nafari polyak) bu tildan maishiy turmushda foydalanishini maʼlum qildi. Yaʼni belarus tilini biladigan aholining 2/3 qismi uyda bu tilda gaplashmaydi[7] 1999-yil bilan solishtirganda bu holat belarus tilidan foydalanish biroz kamayganini bildiradi. Avvalgi sanoq natijalariga koʻra 73,6 foiz aholi belarus tilini ona tili hisoblagan, ulardan 37 foizi oilada belarus tilida gaplashgan[8].
-
Butun aholi
-
Shahar aholisi (Mogilyov rayonida shahar aholisi yoʻq)
-
Qishloq aholisi
13-asrdagi ayrim yorliqdarda Belarus tiliga oid belgilar koʻrinadi. 16-asrdan boshlab Belarus tilida Buyuk Litva knyazligining yorliklari yozilgan, tarjimalar paydo boʻlgan.
„D“ tovushini „dz“, „t“ tovushini „i“ bilan ifodalash (dzed — buva, dzen` — kun, tsen` — soya), qattiq „r“ mavjudligi (poryadok — paradok, gavaru — govoryu), „l“, „v“, „u“ning „oʻ“ga oʻtishi Belarus tili fonetikasining oʻziga xos xususiyatlaridir. Lekin „g“, „k“, „x“ tovushlari „z“, „q“, „s“ bilan almashishi jihatidan Belarus tilida soʻz oʻzgarishi oʻziga xos xususiyatga ega: rutse — qoʻl, strase — qoʻrquv. Umumslavyan soʻzlari Belarus tili leksikasining asosini tashkil qiladi. Unda Belarus tilining oʻziga xos soʻzlari, boshqa slavyan tillaridan chiqib ketgan arxaik soʻzlar ham bor. Belarus tilida polyak, nemis, lotin, turkiy, litva tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham uchraydi. Yozuvi Kirill alifbosi asosida boʻlsada, „dj“, „dz“, „i“, „oʻ“, „u“ (Ў) va boshqa tovush ifodalari bilan undan farqlanadi.[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 150 пытанняў і адказаў з гісторыі Беларусі / Уклад. Іван Саверчанка, Зьміцер Санько. — Вільня: Наша Будучыня, 2002. — 238 с. ISBN 9986-9229-6-1.
- ↑ Станкевіч Я. Крыўя-Беларусь у мінуласьці. — Менск: Выданне Беларускае Народнае Самапомачы, 1942.
- ↑ Yan Chechot XIX asrning birinchi yarmida „slavyana-krivitskaya mova“ („славяна-крывіцкая мова“) atamasini qoʻllagan
- ↑ Антропология Беларуси в исследованиях конца XІX – середины XX в.. ЛитРес, 10 April 2018 — 113–-bet. ISBN 978-5-04-109768-4.
- ↑ Карский, Е. Ф.. Белорусы: 3 т. Т. 1. / Уступны артыкул М. Г. Булахава, прадмова да першага тома і каментарыі В. М. Курцовай, А. У. Унучака, І. У. Чаквіна. ; (Карскій. Бѣлоруссы. Т. I – Вильна, 1903). БелЭн, 2006. ISBN 985-11-0360-8. (Т.1), ISBN 985-11-0359-4
- ↑ Предварительные результаты переписи 2009 года. Население отдельных национальностей по полу, возрасту, состоянию в браке, образованию, источникам средств к существованию, лингвистическим признакам.
- ↑ Беларусаў стала больш, але яны русіфікуюцца.
- ↑ "Belarus tili" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |