Kontent qismiga oʻtish

Brest

Koordinatalari: 52°5′5″N 23°39′25″E / 52.08472°N 23.65694°E / 52.08472; 23.65694
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brest

belaruscha: Брэст
Skyline of Brest
Brest
Bayroq
Brest
Gerb
52°5′5″N 23°39′25″E / 52.08472°N 23.65694°E / 52.08472; 23.65694
Mamlakat Belarus
Viloyat Brest viloyati
Asos solingan 1017
Ilk eslatilishi 1017
Avvalgi nomlari Brest-Litovsk
Maydon 14,612 km2 (5,642 kv mi)
Rasmiy til(lar)i belarus tili va rus tili
Aholisi
 (2023)
342 461
Zichligi 2343.7 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi +375 162
Pochta indeks(lar)i 224000
Avtomobil kodi 1
Brest xaritada
Brest
Brest

Brest (belaruscha: Брэст; 1921-yilgacha Brest-Litovsk, 1939-yilgacha Brest-Lug) — Belarus shahar. Brest viloyatining maʼmuriy markazi. Muxaves daryosi Gʻarbiy Bug daryosiga quyilish yerida. Dare porti va temir yoʻl tuguni. Aholisi 344 ming kishi (2024).

Dastlab 1017-yilgi solnomalarda Berestye nomi bilan tilga olingan. 11 asrda Turov knyazligi qoʻl ostida boʻlgan. 1044-yilda Kiyev knyazligi bosib olgan va 12-asr oʻrtalaridan Volinsk knyazligiga tobe boʻlgan. 1319-yilda Litva knyazligi bosib olgan. Lyublin uniyasi boʻyicha Brest 1569-yil Rech Pospolita tarkibiga kirgan. 1596-yil Brestda Brest uniyasi eʼlon kilindi. 1795-yilda Brestni Rossiya bosib oldi. 19-asrning 30- yillaridan boshlab Brest qalʼa bilan mustahkamlandi. 20-asr boshlarida Brest Rossiya imperiyasining gʻarbiy chegarasidagi eng mustahkam qalʼaga aylandi. 1918-yil Brestda Rossiya bilan Germaniya oʻrtasida Brest sulhi tuzildi. 1919-yil dan Brest Polsha, 1939-yildan Belarus tarkibida. Urush yillarida (1941—45) Brestda shiddatli janglar boʻlgan. Brest 1944-yildan keyin qayta tiklandi va zamonaviy binolar qurilishi hisobiga kengaydi.

Brest— yirik sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Uyroʻzgʻor kimyosi mahsulotlari, qurilish materiallari, mebel ishlab chiqariladi. 2 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi va Brest qalʼasi mudofaasi muzeyi bor.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil