Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi
Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi[1] — Yevropaning (undan oldin Osiyo ham) Afrika qitʼasini mustamlaka qilish jarayoni. Mustamlakalar birinchi marta Afrikada qadimgi davrlarda tashkil etilgan. Qadimgi yunonlar va rimliklar nafaqat Yevrosiyoning ayrim qismlarini, balki Afrika qit’asining shimolini ham mustamlakaga aylantirishgan. Baʼzi mustamlakalar asrlar davomida saqlanib qolgan. Shunday boʻlsa-da, Afrikadagi mustamlakachilik haqida gapirilganda, odatda Yevropaning yangi imperializm davridagi (1884—1914-yillar) „Afrika uchun kurash“ jarayonida Afrika davlatlari va jamiyatlarining Yevropa tomonidan bosib olinishi hamda Ikkinchi Jahon urushidan keyingi bosqichma-bosqich dekolonizatsiya jarayonlari nazarda tutiladi.
Undan keyingi davrda Afrikani mustamlakaga aylantirishda ishtirok etgan davlatlar Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Portugaliya, Ispaniya, Belgiya va Italiya edi. Yevropa hukmronligi Afrika davlatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Muxtoriyatning tugatilishi mahalliy urf-odatlarni yoʻq qildi. Bu esa Afrikaning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarida keskin o’zgarishlarga sabab boʻldi. Mustamlakalar asosan iqtisodiy foyda ko’rish va tabiiy boyliklarni qazib olish maqsadida egallangan[2]. Hozirgi kunda Afrikaning deyarli barcha mamlakatlarida hukumat va ommaviy axborot vositalari ishlatadigan til yaqin oʻtmishdagi mustamlakachi davlatlar tomonidan qo’llanilgan til. Shunga qaramay aholining aksariyati o’zining mahalliy tillarida gaplashishadi.
Qadimgi va oʻrta asrlardagi mustamlakalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qadimda, Shimoliy Afrikada Yevropa va Gʻarbiy Osiyodan kelgan muhojirlar, xususan, yunonlar va finikiyaliklar tomonidan koloniyalar tashkil etilgan.
Misr firʼavni Amasis II (miloddan avvalgi 570—526-yillar) hukmronligi davrida, keyinchalik Iskandariyadan 50 mil uzoqlikda joylashgan Navkratisda yunon savdo koloniyasi barpo etiladi[3]. Taxminan oʻsha vaqtlarda yunonlar Kirenaikani ham egallaydilar[4]. Miloddan avvalgi 513-yilda Kirena va Karfagen oʻrtasida yunon koloniyasini barpo etishga urinish boʻlgan, ammo bu ikki yildan soʻng mahalliy aholi va karfagenliklarning yunon mustamlakachilarini quvib chiqarishi bilan amalga oshmay qolgan[5]. Makedoniyalik Aleksandr (miloddan avvalgi 356—323-yillar) Misrni bosib olish paytida Iskandariyaga asos soladi. Bu shahar ellinistik madaniyatning va Rim davlatchiligining yirik shaharlaridan biriga, savdo va madaniyat markazi, shuningdek, harbiy shtab va aloqa tuguniga aylandi.
Finikiyaliklar Shimoliy Afrika qirgʻoqlari boʻylab bir nechta koloniyalar tashkil etishgan. Ularning baʼzilari nisbatan oldinroq barpo etilgan. Masalan, Utikaga tahminan miloddan avvalgi 1100-yilda asos solingan. Karfagen esa miloddan avvalgi 814-yilda tashkil qilingan. Uning joylashuvi hozirgi Tunis hududiga toʻgʻri keladi. Miloddan avvalgi IV asrga kelib shahar hududi Oʻrta Yer dengiziga qadar kengayib borgan. Karfagenliklar Afrikaning Atlantika qirgʻoqlari boʻylab tadqiqotlar oʻtkazish va koloniyalar barpo etish maqsadida ekspeditsiyalar yuborishgan. Bunga misol qilib Hannoning taxminan miloddan avvalgi 425-yillardagi manbasini keltirish mumkin[6].
Karfagenliklar rimliklar bilan toʻqnash kelgan. Ular oʻrtasidagi uchinchi va soʻnggi jangdan (miloddan avvalgi 150—146-yillar) keyin Rim Karfagenni butunlay bosib olgan. Bu jang tarixga Uchinchi Puni urushi nomi bilan kirgan. Tarixchi Scullard miloddan avvalgi II asr oxirida Gaius Gracchus, miloddan avvalgi I asrda Yuliy Sezar va Avgustning shu joy yaqinida yangi Rim koloniyasini tashkil etish rejalari boʻlganini tilga olgan. Bu koloniya barpo etilgan va Avgust davrida Rim provinsiyasi deb eʼlon qilingan. Karfagen Rim provinsiyasining Afrikadagi poytaxti vazifasini bajargan[7]. Gotik vandallar V asrda u yerda qisqa muddatga hukmronlik oʻrnatishgan, ammo koʻp oʻtmay yana rimliklarga, bu safar Vizantiya qoʻliga oʻtib ketgan. Keyinchalik butun Rim/Vizantiya Shimoliy Afrikasi VII asrda arablar qoʻliga oʻtgan. Arablar arab tilini va Islom dinini ilk oʻrta asrlarda kiritgan boʻlsa, Malayya-polinez tillarida soʻzlashuvchi guruh Madagaskarga Malagasi tilini bundan ham ertaroq olib kirgan.
Zamonaviy davr boshlarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevropaning ilk ekspeditsiyalari savdo bazasi sifatida qirgʻoqboʻyi savdo postlarini oʻrnatishga, shuningdek, oʻsha vaqtgacha inson yashamagan Kabo-Verde va San-Tome orollarini mustamlakaga aylantirishga qaratilgan edi. Ispanlar XV asrda Shimoliy Afrika qirgʻogʻi yaqinidagi Kanar orollarini zabt etib, mahalliy Berber aholisining genotsidiga sabab boʻlishdi[8].
Yevropaliklar tomonidan Afrika qit’asida asos solingan ilk zamonaviy shahar Keyptaun boʻlib, 1652-yilda asos solingan. Uni Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi sharqqa suzib ketayotgan Yevropa kemalari uchun oraliq bekat vazifasini oʻtash maqsadida qurgan.
Afrika uchun kurash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya va Portugaliya Afrika qitʼasining qirgʻoqboʻyi hududlarini egallagan, ammo hali ichki hududlargacha kirib bormagan edi. 1870-yilga kelib, yevropaliklar Afrika hududining oʻndan bir qismini, asosan Oʻrtayer dengizi boʻylari va qitʼaning janubiy hududlarini nazorat qilgan[9]. Ichki hududlarni mustamlaka qilish rejasining dastlabki tarafdorlaridan biri Belgiyaning qiroli Leopold boʻlgan. U Kongo havzasini 1908-yilgacha shaxsiy mulki sifatida bosib olib, mustamlaka siyosatini amalga oshirgan va mahalliy aholini bosim ostida ushlab turgan. 1885-yilda Otto von Bismarck tashabbusi bilan chaqirilgan Berlin konferensiyasi Yevropa davlatlari oʻrtasida qurolli nizolarni oldini olish va xalqaro qoidalarni belgilash maqsadida tashkil etilgan. Ushbu konferensiya Ikkinchi sanoat inqilobi bilan bogʻliq boʻlgan „Yangi imperializm“ni shakllantirdi[10]. Bu kelishuv imperialistlarga ichki hududlarga kirib borish imkonini berdi va bu jarayonda ular oʻrtasida nisbatan kam nizolar yuzaga keldi. Imperialist davlatlar oʻrtasidagi jiddiy mojarolardan biri 1898-yilda Buyuk Britaniya va Fransiya oʻrtasida yuz bergan Fashod mojarosi boʻldi. Ammo, bu masala mustamlakachi davlatlar oʻrtasida sezilarli harbiy toʻqnashuvlarsiz hal qilindi. 1870-yildan 1914-yilgacha Yevropa oʻz mustamlakachilik mulklariga deyarli 23 million kvadrat kilometr, yaʼni Yer yuzasining beshdan bir qismini qoʻshib oldi.
Imperializm butun Yevropada oʻz-oʻzini hurmat qilishni hissini shakllantirdi. Birinchi va Ikkinchi jahon urushi ittifoqchilari urushlar davomida Afrika ishchi kuchi va askarlaridan keng miqyosda foydalandilar[11][12]. Maʼmuriy boshqaruv uslublari nuqtai nazaridan, fransuzlar, portugallar, nemislar va belgiyaliklar „bevosita boshqaruv“ deb ataladigan yuqori darajada markazlashgan maʼmuriy tizimni qoʻllaganlar[13]. Aksincha, inglizlar mahalliy aholidan hokimiyat vakillarini aniqlab, ularni Britaniya imperiyasi manfaatlari yoʻlida boshqarishga undagan yoki majburlash orqali hukmronlik qilishga intilganlar. Bu bilvosita boshqaruv usuli edi[14]. Fransiya Parijdan turib, anʼanaviy mezonlarni eʼtiborga olmasdan, faqat Fransiyaga sodiqlikni hisobga olgan holda, rahbarlarni tayinlab boshqaruvni amalga oshirdi. Fransiya Afrikada ikkita yirik mustamlaka federatsiyasini – Fransiya G‘arbiy Afrikasi va Fransiya Ekvatorial Afrikasini tashkil etdi. Fransiya davlat amaldorlarini tayinlar, qonunlar chiqarar va mustamlaka assambleyalari tomonidan qabul qilingan har qanday choralarni tasdiqlar edi.
Germaniya Sharqiy Afrikasidagi mahalliy guruhlar Germaniya tomonidan majburan ishlash va soliq toʻlashga qarshi turishgan. 1888-yilgi Abushiri qo‘zg‘olonida nemislar hududdan deyarli haydab chiqarildi[15].
Oʻn yil oʻtgach, mustamlaka qoʻlga kiritilgan kabi koʻrinsada, biroq „bu uzoq davom etgan kurash boʻlib, ichki boshqaruv markazlari aslida kichik harbiy qal’alar ketma-ketligidan iborat edi.“ 1905-yilda nemislar keng qoʻllab-quvvatlangan Maji Maji qo‘zg‘olonidan xayratga tushishdi. Bu qarshilik harakati dastlab muvaffaqiyatli boʻldi. Biroq, bir yil ichida pulemyotlar bilan qurollangan qoʻshimcha kuchlar yordamida qoʻzgʻolon bostirildi. Germaniyaning Janubi-gʻarbiy Afrikada nazoratni oʻrnatishga urinishlari ham qattiq qarshilikka duch keldi. Bu qarshilik shafqatsizlarcha bostirildi va natijada Gerero va Nama xalqlarining ommaviy qirgʻiniga olib keldi[16].
Belgiya qiroli Leopold II oʻzining ulkan shaxsiy mustamlakasini Kongo erkin davlati deb atadi. Uning afrikaliklarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlishi kuchli xalqaro eʼtirozlarga sabab boʻldi va Yevropa kuchlari uni mustamlaka ustidan nazoratni Belgiya parlamentiga topshirishga majbur qilishdi[17].
Vincent Khapoya kolonial davlatlarning mustamlakani iqtisodiy jihatdan boshqarishga katta eʼtibor berishganini taʼkidlaydi. Bunga quyidagilar kirardi: yerlarni bosib olish, koʻpincha majburiy mehnatni joriy etish, naqd pul keltiruvchi ekinlarni olib kirish, baʼzan hatto oziq-ovqat ekinlarini eʼtiborsiz qoldirish, mustamlakachilikdan oldingi davrdagi Afrikalararo savdo tartiblarining oʻzgarishi, Hindistondan ishchilarni olib kelish va boshqalar, shuningdek, Afrikaning Yevropa sanoati uchun xom ashyo manbai sifatida qolishi[18]. Keyinchalik mustamlakachi kuchlar qullikni bekor qilish, infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash va ta’limni yaxshilashga e’tibor qaratdilar[19][20][21].
Mustamlakachilikdan xalos boʻlish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Khapoya Afrikada mustamlakachilikka qarshi kuchli qarshilik ko‘rsatilganini taʼkidlaydi. Texnik ustunlik mintaqani zabt etish va hukmronlik oʻrnatishda muhim ahamiyat kasb etgan. Mustaqillik tarafdori boʻlgan afrikaliklar Afrikadagi yevropaliklar bilan muloqotda Yevropa ta’limining ustunligini tan olishdi. Afrikaliklarning bir qismi o‘z cherkovlarini tashkil etishdi. Shuningdek, afrikaliklar, jahon urushlari paytida imperialistik mamlakatlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun ham adolatli ragʻbatlantirilmadi[22]. Yevropa tomonidan oʻrnatilgan chegaralar rivojlanib ulgurmagan hududlarga to‘g‘ri kelmasa-da, bular odamlarning siyosiy faolligini oshirib, mustaqillik yo‘lidagi kurashni osonlashtirdi[23]. Bunday guruhlarga huquqshunoslar, shifokorlar, kichik burjuaziya (buxgalterlar, o‘qituvchilar, kichik savdogarlar), shahar ishchilari, fermerlar, dehqonlar kirar edi. Savdo uyushmalari va boshqa nodavlat tashkilotlar vaqt o‘tib siyosiylashdi[24].
Britaniya hokimiyatni bosqichma-bosqich oʻtkazish va shu orqali mustaqillikka erishish jarayonini amalga oshirishni maqsad qilgan bo‘lsa, Fransiyaning assimilyatsiya siyosati, ayniqsa Shimoliy Afrikada, ba’zi noroziliklarga sabab boʻldi[25]. 1956-yil mart oyida Marokash va Tunisga mustaqillik berildi. Marokash va Tunis mustaqil bo‘lganidan so‘ng, Fransiya o‘z eʼtiborini Aljirga qaratdi. Aljirda esa mustaqillikka erishish uchun uzoq (1954—1962) va qonli kurash bo‘ldi[26]. Prezident Charles de Gaulle 1958-yilda bu masala boʻyicha referendum oʻtkazganida, faqat Gvineya toʻgʻridan-toʻgʻri mustaqillik uchun ovoz bergan. Shunga qaramay, 1959-yilda Fransiya konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritib, boshqa mustamlakalarga ham bu imkoniyatni berdi[27].
Britaniya Sharqiy Afrikasidagi fermerlar oʻz yerlarini tortib olishga urinishlaridan va oʻz xohish-istaklariga va tajribalariga zid ravishda qishloq xoʻjaligi usullarining joriy etilishidan norozi edilar. Tanganyikada Julius Nyerere faqat afrikaliklar orasida, ularni umumiy suaxili tili orqali birlashtiribgina qolmay, balki irqiy jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan (aslida nohaqlik) oq tanli rahbarlarga ham taʼsir o‘tkazgan. 1961-yilda mustaqil Tanganyikaning rahbariga aylandi. Keniyada esa, 1930-yillarda oq tanlilar afrikalik dehqonlarni yerlaridan haydab chiqarishgan. 1940-yillardan boshlab ziddiyatlar davom etgan va bu ziddiyatlar 1952-yilda yanada kuchaygan. 1955-yilga kelib, Buyuk Britaniya qoʻzgʻolonni bostirdi. 1960-yilda esa Buyuk Britaniya Afrika koʻpchilik tomonidan boshqarilish tamoyilini qabul qildi. Oradan uch yil oʻtib Keniya mustaqillikka erishdi[28][29].
Afrikada mustamlakalikka barham berish davri Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlangan. Mustaqillik harakatlarining kuchayishi, mahalliy siyosiy partiyalar va savdo uyushmalarining faoliyati, shuningdek, imperialist davlatlar ichidan, Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda Sovet Ittifoqidan bo‘lgan bosim 1980-yilga kelib, qitʼaning katta qismini mustamlakadan ozod qilinishiga turtki boʻldi[30]. Ba’zi hududlarda (ayniqsa, Janubiy Afrika va Namibiya) yevropaliklarning avlodlari haligacha yashab kelmoqda. Faqatgina Ispaniyaga qarashli Seuta va Melilla avtonom shaharlari hali ham Yevropa mamlakati tomonidan boshqariladi.
Reyunion va Mayotta orollari, Muqaddas Yelena, Vozneseniya va Tristan-da-Kunya orollari dengizorti hududi, Kanar orollari va Madeira hali ham Fransiya, Britaniya, Ispaniya va Portugaliyaga qaram boʻlib qolmoqda. Oxirgi ikki hudud esa hech qachon Afrikaning siyosiy tarkibiga kirgan ham emas. U yerlarda asosan yevropaliklar yashaydi[31].
Nazariy asoslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustamlakachilik nazariyasi mamlakatni mustamlaka qilishning muammolari va oqibatlarini koʻrib chiqadi va bu tushunchalarni oʻrganish boʻyicha koʻplab tadqiqotlar olib borilgan.
Walter Rodney
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guyanalik tarixchi va jamoat faoli Walter Rodney o‘zining „How Europe Underdeveloped Africa“ (Yevropa taʼsirida Afrika qanday qilib rivojlanmay qolgan) nomli kitobida G‘arb davlatlari Afrikani qanday qilib iqtisodiy ekspluatatsiya qilib, uning boyliklarini talaganini tushuntiradi. U Marksizm nuqtai nazaridan Yevropa Afrikadan madaniy boyliklarini qanday o‘g‘irlaganini va Afrika qitʼasining rivojlanishiga qanday to‘sqinlik qilganini o‘rganadi. Rodney hozirgi Afrika va Yevropa tuzilmalari o‘rtasidagi farqlarni, ularning Atlantika orqali qullik savdosi va mustamlakachilik qay tarzda yuzaga kelganini taqqoslash orqali tushuntiradi. Shuningdek, u mustamlakachilik davrida afrikalik ayollarning erki yanayam cheklanganligini va huquqlari toptalganligini ta’kidlaydi.
Mahmud Mamdani
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahmud Mamdani 1996-yilda “Citizen and Subject” (Fuqaro va tobe) kitobini yozgan. Uning fikricha, Afrikadagi mustamlaka davlatlar ikki qismga boʻlingan va „bitta hukmron hokimiyat ostida ikki xil hokimiyat shakli“ sifatida shakllangan. Bu yerda, mustamlaka davlatda ikkita alohida hokimiyat tizimi mavjud boʻlganini anglatadi: biri Yevropalik koʻchmanchilar (fuqarolar)ni, ikkinchisi esa mahalliy Afrika aholisini (tobelar) boshqaradi[32]. Mustamlaka hokimiyat asosan shaharlar va shaharchalarda joylashgan boʻlib, hukumat tomonidan saylangan hokimlar tomonidan boshqarilgan. Mahalliy hokimiyat esa qishloq hududlarida, qabilaviy boshqaruv tizimi orqali hukmronlik qilgan va bu tizim mahalliy aholi tarixiga va urf-odatlariga koʻproq mos kelgan. Mamdani shaharlarda mahalliy rasm-rusumlar tan olinmaganligini aytib oʻtadi. Yevropaliklar tomonidan madaniyatsiz deb tasvirlangan mahalliy aholi fuqarolik huquqlaridan mahrum qilingan[33]. Mustamlaka davlat hokimiyatining ikkiga boʻlinishi yevropalik “fuqaro” va afrikalik “tobe” oʻrtasida irqiy segregatsiyani va hukumat tashkilotlari oʻrtasida boʻlinishni keltirib chiqargan.
Achille Mbembe
[tahrir | manbasini tahrirlash]Achille Mbembe kamerunlik tarixchi, siyosiy nazariyotchi va faylasuf boʻlib, u mustamlaka va postmustamlaka davridagi hayot haqida batafsil yozgan va nazariyalar ishlab chiqqan. Uning 2000-yilda yozilgan On the Postcolony (Postmustamlaka haqida) kitobi Afrikadagi postmustamlaka hayotni tanqidiy tahlil qiladi va bu asar postkolonializm boʻyicha muhim asarlardan biri hisoblanadi. Aynan postmustamlakachilikni oʻrganish orqali Mbembe Afrikadagi mustamlaka hududlarda hokimiyat amalda qanday yoʻllar bilan boshqarilganligini ochib beradi. U oʻquvchiga eslatib oʻtadiki, mustamlakachilar afrikaliklardan ishchi kuchi sifatida foydalanishgan, shu bilan birga ularni boshqarish va oʻzlari xohlagandek „itoatkor“likka oʻrgatishgan.
Mbembe mustamlaka va postmustamlaka davrlardagi hokimiyatni taqqoslab, mustamlakachilik davridagi zoʻravonlikning afrikaliklarga qarshi asosan mehnatga majburlash va boʻysundirish uchun ishlatilganini koʻrsatadi[34]. Yevropalik mustamlakachi davlatlar Afrika koloniyalaridan tabiiy boyliklarni qidirgan va ularni qazib olish hamda shu bilan birga ushbu sanoat tarmoqlari atrofida mustamlaka shahar barpo etish uchun zarur boʻlgan ishchi kuchiga muhtoj edi. Yevropaliklar mahalliy aholini tuban va madaniyatsiz deb bilgani uchun, ularni itoatkor ishchiga aylantirishda zoʻravonlikdan foydalanganlar[34]. Ular zo’ravonlik afrikaliklarni qora ishchiga aylantirish uchun yagona yechim deb hisoblashgan[34]. Ular bu yoʻl bilan bir vaqtning oʻzida ham ishchi kuchidan foydalanish, ham afrikaliklarning kimligi hamda xarakterini shakllantirishni koʻzlagan. Mustamlakachilar afrikaliklarga itoatkorlikni zoʻrlab singdirish orqali, pirovardida, ularning mustamlaka hududlarida harakatlanish usullarini shakllantirib, majburiy qoidalar oʻrnatganlar[34]. Natijada, afrikaliklarning kundalik hayoti jamoat ishlari loyihalarida qatnashish va harbiy xizmatga chaqirilish kabi tadbirlar orqali amalga oshirilgan[34].
Mbembe mustamlakachilik zoʻravonligini postmustamlakachilik zoʻravonligi bilan taqqoslaydi. Mbembe postmustamlakachilik davridagi zoʻravonlik qoʻpolroq ekanligini va asosan juda oddiy boʻlgan hokimiyatni koʻrsatish maqsadiga yoʻnaltirilganligini taʼkidlaydi. Bu zoʻravonlikka haddan oshish va mubolagʻa ifodalari xos[34]. Mbembe ilgari surgan mustamlakadagi zo’ravonlik nazariyasi mustamlakachi va mustamlaka o’rtasidagi tengsiz munosabatni yoritib beradi hamda mustamlakachilik jarayonida afrikaliklarga nisbatan qoʻllanilgan zoʻravonlikni eslatadi. Uni shu zoʻravonlikning kontekstisiz tushunib ham boʻlmaydi va oʻrgatish ham notoʻgʻri.
Stephanie Terreni Brown
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stephanie Terreni Brown — mustamlakachilikning asoslarini oʻrganuvchi olima. 2014-yilgi maqolasida Kampala misolida mustamlaka hududlar haqidagi izlanishlarida sanitariya va ifloslik jarayonlarini oʻrganadi[35]. Brown abjeksiyani (xor qilish, nafrat) bir guruh boshqa guruhni chetlashtiradigan yoki insoniylikdan mahrum qiladigan jarayon sifatida taʼriflaydi. Abjekt deb hisoblanganlar koʻpincha boshqalar tomonidan chetlatilgan va past nazar bilan qaralgan. Abektivatsiya doimiy ravishda insonlar ustidan hukmronlik qilish va ularni nazorat qilish mexanizmi sifatida ishlatiladi. Uning taʼkidlashicha, mustamlakachilik orqali Gʻarb Afrika mahalliy aholisi ustidan hukmronlik va nazorat qilish uchun undan foydalanadi[35].
Braun abeksiyani bir guruhning boshqa guruhni chetlashtirishi yoki insoniylikdan mahrum qilishi deb taʼriflaydi. Abekt deb topilganlar koʻpincha boshqalar tomonidan chetlatiladi va past hisoblanadi. Abjektivatsiya odamlarni hukm qilish va nazoratda ushlab turish uchun doimiy qoʻllaniladigan usuldir. Mustamlakachilikda, u Gʻarbning Afrika mahalliy aholisini hukm qilish va nazorat qilish uchun undan foydalanganini aytadi.
Ifloslik va sanitariya haqidagi nutqlardan koʻzlangan asosiy maqsad gʻarbning hukmron arboblari va mahalliy aholi oʻrtasidagi chegarani saqlash. Tozalik “oʻzimiznikilar”, yaʼni mustamlakachilarga xos deb bilinsa, ifloslik mahalliy aholi bilan tenglashtiriladi. Ifloslik va nopoklikka nisbatan nafrat va norozilik koʻpincha ijtimoiy meʼyorlar hamda kengroq madaniy kontekst bilan bogʻliq boʻlib, bu holat Afrikaning bugungi kunda ham huddi shunday tasavvur qilinishiga sabab boʻlmoqda[35].
Bunda ifloslik oʻz oʻrnida emas deb koʻrilsa, tozalik “oʻzimiznikilar”, yaʼni mustamlakachilarga xos deb, ifloslik esa mahalliy aholi bilan tenglashtiriladi. Ifloslik va nopoklikka nisbatan nafrat va norozilik hislari koʻpincha ijtimoiy meʼyorlar hamda kengroq madaniy kontekst bilan bogʻliq boʻlib, bu holat Afrikaning bugungi kunda ham qanday tasavvur qilinishiga taʼsir koʻrsatmoqda.”
Brown mustamlaka maʼmuriyatlarining faqat mustamlakachilar uchun moʻljallangan oqava tizimini qurish bilan cheklanganini va Uganda aholisi bilan umuman qiziqmaganini taʼkidlaydi. Sanitariya haqidagi bu ritorika muhim, chunki u zamonaviylik va madaniyatli boʻlishning asosiy qismi sifatida qaraladi. Sanitariya va asosiy oqava tizimlarining yoʻqligi yevropaliklarga afrikaliklar yovvoyi va madaniyatsiz xalq degan xulosani beradi. Bu esa gʻarbning oʻzining sivilizatsiyalashuv jarayonini oqlashida muhim rol oʻynagan. Brown abjektifikatsiya jarayonini mustamlakachilikning moddiy va moddiy merosi sifatida koʻrsatadi, bu meros Kampala va boshqa Afrika shaharlarida hanuzgacha oʻz taʼsirini koʻrsatib kelmoqda[35].
Tanqidiy mulohaza
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afrikani mustamlakalashtirish haqidagi tanqidiy nazariya asosan imperialistik harakatlarni qoralaydi. Post-mustamlakalashtirish nazariyasi anti-mustamlaka/anti-imperial konsepsiyadan kelib chiqqan. Bundan nafaqat Mbembe, Mamdani va Brown, balki koʻplab boshqa yozuvchilar ham oʻzlarining Afrikani mustamlakalashtirish haqidagi asarlarida asosiy voqea sifatida foydalanishgan.
Postkolonializm ijtimoiy va gumanitar fanlararo bir oqim sifatida taʼriflanishi mumkin. Imperialistik/mustamlakachilik oʻtmishiga yana bir eʼtibor qaratib, gʻarbning dunyodagi oʻrnini anglashni tanqidiy qayta koʻrib chiqadi[36].
Postkolinial geograflar mustamlakachilik, garchi u aniq koʻrinishlarda boʻlmasa ham, bugungi kunda ham davom etmoqda degan fikrga sodiq. Mbembe, Mamdani va Brownning nazariyalarida mahalliy afrikaliklar madaniyatsiz, ikkinchi darajali fuqarolar sifatida muomala qilingan va koʻplab sobiq mustamlaka shaharlarida bu holat bugungi kungacha davom etmoqda degan umumiy xulosa mavjud.
On the Postcolony asari Meredith Terreta va boshqa olimlarning tanqidiga uchragan. Sababi Kamerun kabi baʼzi Afrika mamlakatlariga haddan tashqari ortiqcha eʼtibor qaratilgan.[37]. Shunga oʻxshash tanqidlar Mamdanining asarlarida ham uchraydi. Uning nazariyalari, aslida, bir-biridan tubdan farq qiladigan Yevropa imperiyachilik mafkuralari taʼsirida har xil yoʻl bilan mustamlaka qilingan Afrikani umumlashtirgani uchun tanqidga uchraydi.[38].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gürsoy, ŞAHİN (February 2018). „Afrika'nın Sömürgeleştirilme Sürecinde Berlin Konferansı (1884-1885) ve Afrika Basınına Yansımaları∗“ (PDF). History Studies. № 10. 268-bet. doi:10.9737/hist.2018.579. Qaraldi: 17-dekabr 2024-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Mamdani (1996)
- ↑ Boardman (1973), s. 114
- ↑ Boardman (1973), s. 151f
- ↑ Boardman (1973), s. 208
- ↑ Harden (1971), ss. 163–168
- ↑ Scullard (1976), ss. 37, 150, 216
- ↑ Adhikari, Mohamed (2017). "Europe's First Settler Colonial Incursion into Africa: The Genocide of Aboriginal Canary Islanders". African Historical Review 49 (1). https://www.tandfonline.com/doi/abs/10.1080/17532523.2017.1336863. Qaraldi: 8 June 2024.Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi]]
- ↑ „Tropik va Janubiy Afrika mamlakatlari“. tarix-kitob.uz. Qaraldi: 19-dekabr 2024-yil.
- ↑ Shepperson (1985)
- ↑ Khapoya (1998), s. 115f
- ↑ "The History of Colonialism in Africa". The Journal of African American History. https://www.jstor.org/stable/25610078.
- ↑ Bensoussan (2012)
- ↑ Khapoya (1998), s. 126f
- ↑ Shillington (1995)
- ↑ Shillington (1995), s. 340f
- ↑ Clay (2016)
- ↑ Khapoya (1998), ss. 141–143
- ↑ Lovejoy (2012)
- ↑ Ferguson (2003)
- ↑ „Colonisation of Africa“.
- ↑ Khapoya (1998), s. 148f
- ↑ Khapoya (1998)
- ↑ „1919–1936 XX asrning 1-yarmida Shimoliy Afrika va mustamlakachilikka qarshi ozodlik kurashlari“. tarix.sinaps.uz. Qaraldi: 19-dekabr 2024-yil.
- ↑ Khapoya (1998), s. 177f
- ↑ Shillington (1995), s. 380f
- ↑ Khapoya (1998), s. 183
- ↑ „Mustamlakachilik“. oyina.uz. Qaraldi: 19-dekabr 2024-yil.
- ↑ Shillington (1995), s. 385f
- ↑ „Afrika fojialari“. kun.uz. Qaraldi: 19-dekabr 2024-yil.
- ↑ „Afrika davlatlari sobiq mustamlakachilardan tovon puli talab qilmoqda“. demokrat.uz. Qaraldi: 19-dekabr 2024-yil.
- ↑ Mamdani (1996), s. 18
- ↑ Mamdani (1996), s. 16
- ↑ 34,0 34,1 34,2 34,3 34,4 34,5 Mbembe (1992)
- ↑ 35,0 35,1 35,2 35,3 Brown (2014)
- ↑ Clayton (2003)
- ↑ Terretta (2002)
- ↑ Copans (1998)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bensoussan, David. Il était une fois le Maroc - Témoignages du passé judéo-marocain, 2nd, iUniverse, 2012. ISBN 978-1-4759-2609-5.
- Boardman, John. The Greeks Overseas. Harmondsworth: Penguin, 1973.
- Brown, Stephanie Terreni (2014-01-02). "Planning Kampala: histories of sanitary intervention and in/formal spaces". Critical African Studies 6 (1): 71–90. doi:10.1080/21681392.2014.871841. ISSN 2168-1392.
- Clay, Dean (2016). "Transatlantic Dimensions of the Congo Reform Movement, 1904–1908". English Studies in Africa 59 (1): 18–28. doi:10.1080/00138398.2016.1173274.
- Clayton, Daniel „Chapter 18: Critical Imperial and Colonial Geographies“, . Handbook of Cultural Geography. Sage London, 2003 — 354–368-bet. ISBN 9780761969259.
- Copans, Jean (1998). "Review of Citizen and Subject". Transformation 36: 102–105.
- Ferguson, Niall. Empire: How Britain Made the Modern World. London: Allen Lane, 2003. ISBN 978-0-7139-9615-9.
- Harden, Donald. The Phoenicians. Harmondsworth: Penguin, 1971.
- Khapoya, Vincent B.. The African Experience, 2nd, Upper Saddle River, NJ: Prentice Hall, 1998. ISBN 978-0137458523.
- Lovejoy, Paul E.. Transformations of Slavery: a History of Slavery in Africa, 3rd, London: Cambridge University Press, 2012. ISBN 9780521176187.
- Mamdani, Mahmood. Citizen and subject : contemporary Africa and the legacy of late colonialism. Kampala: Fountain Publishers, 1996. ISBN 9780852553992. OCLC 35445018.
- Mbembe, Achille (1992). "Provisional Notes on the Postcolony". Africa: Journal of the International African Institute 62 (1): 3–37. doi:10.2307/1160062.
- Rodney, Walter. How Europe Underdeveloped Africa. London: Bogle-L'Ouverture, 1972. ISBN 978-0-9501546-4-0.
- Scullard, H. H.. From the Gracchi to Nero. London: Methuen and Co., 1976.
- Shepperson, George (1985). "The Centennial of the West African Conference of Berlin, 1884-1885". Phylon 4 (1): 37–48. doi:10.2307/274944. https://archive.org/details/sim_phylon_1985-03_46_1/page/n43.
- Shillington, Kevin. History of Africa, 2nd, New York: St. Martin's Press, 1995. ISBN 9780312125981.
- Terretta, Meredith (2002). "Review Work: On the Postcolony by Achille Mbembe". Canadian Journal of African Studies 36 (1): 161–163.
Qoʻshimcha adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Crowther, Michael. The Story of Nigeria. London: Faber and Faber, 1978.
- Davidson, Basil. The African Past. Harmondsworth: Penguin Books, 1966.
- Gann, Lewis H. Colonialism in Africa, 1870-1960 (1969) Online
- Harris, Norman Dwight. Intervention and Colonization in Africa. Houghton Mifflin, 1914.
- Hoskins, H.L. European imperialism in Africa (1967) online
- Michalopoulos, Stelios; Papaioannou, Elias (2020-03-01). "Historical Legacies and African Development." Journal of Economic Literature. 58 (1): 53–128.
- Miers, Suzanne; Klein, Martin A.. Slavery and Colonial Rule in Africa (Slave and Post-Slave Societies and Cultures). Routledge, 1998. ISBN 9780714644363.
- Nabudere, D. Wadada. Imperialism in East Africa (2 vol 1981) online
- Olson, James S., ed. Historical Dictionary of the British Empire (1996) Online
- Olson, James S., ed. Historical Dictionary of European Imperialism (1991) online (Wayback Machine saytida 21 October 2019 sanasida arxivlangan)
- Pakenham, Thomas (1992). The Scramble for Africa: the White Man's Conquest of the Dark Continent from 1876 to 1912 (13th ed.). London: Abacus. ISBN 978-0-349-10449-2.
- Phillips, Anne. The enigma of colonialism : British policy in West Africa (1989) Online
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Afrikaning mustamlakaga aylantirilishi haqida turkum mavjud |
- Economic Impact of Colonialism
- Germany Refuses to Apologize for Herero Holocaust – from Africana.com
- Andre Osborn, "Belgium exhumes its colonial demons", The Guardian, 12 July 2002