Kontent qismiga oʻtish

Suaxili tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suaxili tili
Milliy nomi Kiswahili
Mamlakatlar Tanzaniya[1], Kongo Demokratik Respublikasi[2], Keniya[3], Ruanda[4] va Uganda[5]
Rasmiylik holati Tanzaniya
Keniya
Kongo Demokratik Respublikasi
Ruanda
Uganda
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 15 437 390
Turkumlanishi
Til oilasi Niger-kongo tillari
Alifbosi lotin va arab
Til kodlari
ISO 639-1 sw
ISO 639-2 swa
ISO 639-3 swa

Suaxili tili, kisuaxili yoki savohiliy - bantu tillarining sharqiy guruhiga mansub til. Eng avvalo suaxili xalqi shu tilda soʻzlashadi. Sharqiy va Markaziy Afrika mamlakatlarida tarqalgan (asosan, Birlashgan Tanzania Respublikasi, Keniya Respublikasi va Uganda Respublikasida ingliz tili bilan bir qatorda rasmiy til hisoblanadi). Turli manbalarga koʻra, soʻzlashuvchilarning umumiy soni 35— 55 mln. kishi atrofida. Suaxili kiungu, kimvita, kingare, kiunguja, kitumbatu, kivumba kabi 20 ga yaqin lahjadan iborat. Suaxili taxminan 7—8-asrlarda Sharqiy Afrika qirgʻogʻi xalqlarining Afrika ichki hududlari va Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari tufayli ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi jarayonida shakllana boshlagan. Turli davrlarda shu tilda kiamu, kimvita va kiunguja lahjalari ustunlik qilgan. Kiunguja lahjasi haqiqiy suaxili areali (Zanzibar o.) dan tashqariga chiqib, Sharqiy va Markaziy Afrikaga tarqalgan va adabiy tilga asos boʻlgan. Bantu tillari ichida suaxili katta miqdordagi arabizmlar (barcha soʻzlarning 40%) mavjudligi, qadimiy yozuv anʼanasiga egaligi bilan ajralib turadi. Suaxili 10—11-asrlardan arab grafikasi, 20-asr boshlaridan esa lotin grafikasi asosidagi yozuvga ega.



Pll

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. (unspecified title)
  5. (unspecified title)