Aʼrof surasi
Aʼrof surasi — سورة الأعراف | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 151–176[4] | ||||||||||||
Juz | 8-9 | ||||||||||||
Sura raqami | 7 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 206 | ||||||||||||
Sajda oyati | 206-oyat[5] | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 24[6] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Alif, lom, mim, sod.[7] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 3344 | ||||||||||||
Harflar soni | 14071 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 39[8] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Aʼrof surasi (arabcha: سورة الأعراف, nomining maʼnosi — Jannat bilan do‘zax o‘rtasini ajratib turadigan devor[9][10]) — Qurʼonning 7-surasi. Makkiy suralardan biri, 206 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 151–176[11]-sahifasida va 8-9-juzida joylashgan. 39-boʻlib nozil boʻlgan. U paygʻambarlar haqida batafsil hikoya qilgan birinchi suradir, Unda Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso paygʻambarlarning qissalari soʻzlanadi. Avvalo shayx ul-anbiyo — paygʻambarlar oqsoqoli Nuh qissasi hikoya qilinib, u zotga oʻz qavmlari tarafidan boʻlgan qaysarlik va isyonlar natijasida ularning toʻfon balosiga giriftor etilganliklari eslatib oʻtiladi. Bu surada paygʻambarlardan, xususan, Muso alayhis-salomning qissalari batafsil zikr qilinib, u zot bilan zolim Firʼavn oʻrtasida boʻlib oʻtgan mojarolarga toʻxtab oʻtiladi va bani Isroilga berilgan noz-neʼmatlar, Allohning amr-farmonlaridan bosh tortganlaridan keyin esa boshlariga tushgan balo-musibatlar hikoya qilinadi.
Bu surada ham boshqa Makka suralarida boʻlgani kabi soʻz islomning asosi — mohiyati boʻlmish Allohning birligi, tirilish va jazo haq ekani hamda vahiy va paygʻambarlik haqiqati ustida boradi. Suraning avvalida Muhammad alayhis-salomga tushgan moʻʻjiza — Qurʼon haqida soʻzlanib, u butun insoniyat unun buyuk ilohiy neʼmat ekanligi, binobarin, dunyo va oxirat saodatiga erishish uchun uning yoʻl-yoʻriq va pand-nasihatlariga amal qilib borish lozimligi uqtiriladi.
Yana bu surada Alloh bergan ilmni mol-dunyo topish uchun birovlarga ziyon yetkazish yoʻlida suʼiisteʼmol qilgan olimlar qattiq qoralanib, ular tillari osilib, hansirab turadigan itlarga oʻxshatiladi. Va nihoyat, bu surada qiyomat kunidagi holat tasvirlanadi. U kuni kishilar uch toifaga boʻlinadilar: hayotlarini iymon va yaxshi amallar bilan oʻtkazgan kishilar ahli jannat, kofirlik va oʻzlariga ham, oʻzgalarga ham yomonlik qilish bilan oʻtgan kimsalar doʻzax egalari boʻladilar; qilgan yaxshiliklari bilan yomonliklari barobar kimsalar esa „Aʼrof“ egalari boʻladilar. Aʼrof — jannat bilan doʻzax oʻrtasini ajratib turadigan devor boʻlib, uchinchi toifaga mansub odamlar uning ustida Alloh oʻzlarini jannatgami yoki doʻzaxgami hukm qilishini kutib turadilar. Bu surada mana shu holatning tasviri oʻz ifodasini topgani uchun „Aʼrof“ deb atalgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyingisi: Anfol surasi | 7-sura — arabcha matni | Oldingisi: Anʼom surasi |
- Makkiy suralar
- Sajda oyati bor suralar
- Muqattaot harflari bor suralar
- 8-juz suralari
- 9-juz suralari
- 200 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 150 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 100 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 90 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 80 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar