Tavba surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Tavba surasi — سورة التوبة | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Tavba[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Madaniy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 187–207[4] | ||||||||||||
Juz | 10-11 | ||||||||||||
Sura raqami | 9 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 129 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 16[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 2506 | ||||||||||||
Harflar soni | 10873 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 113[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Tavba surasi (arabcha: سورة التوبة, nomining maʼnosi — Tavba[8][9]) — Qurʼonning 9-surasi. Madaniy suralardan biri, 129 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 187–207[10]-sahifasida va 10-11-juzida joylashgan. 113-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu surada paygʻambar alayhis-salom sahobalar bilan Tabuk jangidan qaytayotganlarida nozil boʻla boshlagan. (Tabuk — Madina bilan Damashq orasidagi haj yoʻli ustida joylashgan vohadir. Hijriy toʻqqizinchi yilda u yerda musulmonlar bilan mushriklar oʻrtasida jang boʻlgan edi). Bu surada shariati islomiyyaning koʻpgina qonun-qoidalarini bayon qilish bilan birga, asosan, ikki maqsad koʻzda tutiladi: ulardan birinchisi: Islomning mushriklar va ahli kitoblar bilan qanday munosabatda boʻlish lozimligi xususidagi qatʼiy hukmini bildirish boʻlsa, ikkinchisi: Paygʻambar alayhis-salom gʻazotga chiqishga chaqirgan paytlarida kishilar ruhiyatidagi holatlarni koʻrsatishdir.
Bu suraning ayricha xususiyatlaridan biri shuki, Qurʼondagi mavjud bir yuz oʻn toʻrt suraning ichida yolgʻiz mana shu sura avvalida «Bismilloh» aytilmasdan boshlanadi. Bu holni ayrim sahobalar Tavbamazmun-mohiyati jihatidan oʻzidan avvalgi Anfol surasining davomi boʻlgani uchun ikkisining oʻrtasini ajratish zarurati boʻlmagan, deb sharhlasalar, boshqa bir guruh sahobalar: «Bismilloh Allohning rahmatidir. Bu surada esa, asosan, jangu jadallar va Allohning laʼnatiga giriftor boʻlgan munofiqlarning xilma-xil toifalari haqida soʻz yuritiladi. Shu boisdan, uning avvalidagi “Bismilloh” aytilmasligi lozim boʻlgan», deganlar. Bu suraning bir necha nomi boʻlib, ulardan eng mashhuri «Tavba»dir. Soʻra nihoyasida Alloh moʻminlarning tavbalarini qabul etishi eʼlon qilingani uchun ham bu sura «Tavba» nomi bilan atalgandir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
TAVBA SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)
Keyingisi: Yunus surasi | 9-sura — arabcha matni | Oldingisi: Anfol surasi |
- Madaniy suralar
- Sajda oyati yoʻq suralar
- Muqattaot harflari yoʻq suralar
- 10-juz suralari
- 11-juz suralari
- 100 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 90 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 80 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar