Raʼd surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Raʼd surasi — سورة الرعد | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Momaqaldiroq[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Madaniy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 249–255[4] | ||||||||||||
Juz | 13 | ||||||||||||
Sura raqami | 13 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 43 | ||||||||||||
Sajda oyati | 15-oyat[5] | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 6[6] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Alif, lom, mim, ro.[7] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 854 | ||||||||||||
Harflar soni | 3450 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 96[8] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Raʼd surasi (arabcha: سورة الرعد, nomining maʼnosi — Momaqaldiroq[9][10]) — Qurʼonning 13-surasi. Madaniy suralardan biri, 43 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 249–255[11]-sahifasida va 13-juzida joylashgan. 96-boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu sura boshlab, Alloh taoloning borligi va birligiga iymon keltirish masalasini oʻrtaga tashlab, soʻng qayta tirilish va hayoti dunyoda qilib oʻtilgan har bir yomon-yaxshi amal uchun qiyomat kunida jazo-mukofot boʻlishi haqida xabar qiladigan oyatlar bilan davom etadi. Unda haqiqat bilan botil toʻgʻrisida ikki ibratli masal keltiriladi.
Birinchisi, jilgʻalarni toʻldirib oqib kelayotgan yomgʻir suvi haqiqatga, suv ustidagi koʻpik esa botilga tashbeh qilinsa, ikkinchisida, har qanday yerosti maʼdanlari ham eritilganida ulardan sof qimmatbaho maʼdan bilan birga ularga aralashib qolgan oddiy toshlar ham chiqishi aytilib, sof maʼdan haqiqatga, chiqindilar esa botilga oʻxshatiladi. Mana shunga oʻxshash ibratli misollarni oʻziga jo qilgan bu surada yana momaqaldiroq haqida zikr qilinib, hatto u ham Alloh taologa tasbeh aytib, u zotni poklab turishi bayon qilinadiki, bu suraning „Raʼd-momaqaldiroq“ deb nomlanishining sababi shudir.
Bizning nazarimizda, bu ulugʻ sura toʻlasicha ham bir dahshatli momaqaldiroqqa oʻxshaydi. U momaqaldiroq moʻminlarni yomgʻirga — Allohning rahmatiga umidvor qilsa, kofirlarni chaqmoq urishidan — Allohning azobiga duchor boʻlishdan qoʻrquvga soladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- RAʼD SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)
- Raʼd surasi, 14-16 (Wayback Machine saytida 2012-05-12 sanasida arxivlangan)
Keyingisi: Ibrohim surasi | 13-sura — arabcha matni | Oldingisi: Yusuf surasi |
- Madaniy suralar
- Sajda oyati bor suralar
- Muqattaot harflari bor suralar
- 13-juz suralari
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 100 oyatdan kam oyatli suralar
- 90 oyatdan kam oyatli suralar
- 80 oyatdan kam oyatli suralar
- 70 oyatdan kam oyatli suralar
- 60 oyatdan kam oyatli suralar
- 50 oyatdan kam oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar