Kontent qismiga oʻtish

Kavsar surasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kofirun    108–sura   Moun
Kavsar surasi — سورة الكوثر
Qurʼon nusxalaridan biridagi Kavsar surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 3, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 108, qora rangda - Kavsar surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 15, 3. Rukuʼsi soni - 1; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:108, 3. Nozil boʻlish tartibi:15, 4. Rukuʼsi:1, 5. Oyati:3, 6. Porasi (Juzi):30 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Kavsar[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 602[4]
Juz 30
Sura raqami 108
Oyatlar soni 3
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 1[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 15[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Kofirun surasi  Keyingisi 108 Oldingisi  Moun surasi
Nozil boʻlish tartibi
Takasur surasi   Keyingisi 15 Oldingisi  Adiyat surasi
                                   
Kasvar surasi

Kavsar surasi (arabcha: سورة الكوثر‎, nomining maʼnosi — Kavsar[8][9]) — Qurʼonning 108-surasi. Makkiy suralardan biri, 3 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 602[10]-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 15-boʻlib nozil boʻlgan. Bu suraning boshqa suralardan ajoyibligi shundaki, unda „م“ (mim) harfi bor birorta soʻz ishtirok etmagan.

“Kavsar” - Muhammad (s.a.v.)ga atab yaratilgan jannatdagi bir ajib daryo yoki hovuzning nomi. Uning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq, undan ichgan kishi abadiy chanqoqlik ko‘rmaydi. 1-oyat. Kavsar soʻzining daryo va hovuzdan boshqa ma'nolari ham mavjud.

Masalan, Kavsar - bu "kasir" so‘zining mubolag‘a siyg'asi, ya'ni juda koʻp (yaxshi) narsalar, yaxshiliklarni ato etdik, degan ma'noni ham anglatadi. 3-oyat. Sura oxirida Payg‘ambar dushmanlarini ta'riflab, Alloh taolo ularni "abtar" deydi. “Abtar” so'zining ham bir necha tafsirlari mavjud. Masalan, abtar - barcha yaxshiliklardan mahrum; nomi o‘chadigan; nasl-nasabi quriydigan; sulolasi qirqilgan va hokazo. Payg‘ambar (a.s.)ga nisbatan mushriklar bu so‘zni qo'llab, undan o‘g‘il farzand bo‘lmadi, demak, uning nomi ham, zurriyoti ham qirqildi, deb ta'na qilganlarida Alloh taolo shu qisqa sura orqali ularga raddiya bergan.

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
  11. Абдулазиз МАНСУР. Қуръони карим маьноларининг таржима ва тафсири. "Тошкент ислом университети”нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2004 й. 
Keyingisi: Kofirun surasi 108-sura — arabcha matni Oldingisi: Moun surasi