Kontent qismiga oʻtish

Toha surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anbiyo    20–sura   Maryam
Toha surasi — سورة طه
Qurʼon nusxalaridan biridagi Toha surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 135, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 20, qora rangda - Toha surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 45, 3. Rukuʼsi soni - 8; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:20, 3. Nozil boʻlish tartibi:45, 4. Rukuʼsi:8, 5. Oyati:135, 6. Porasi (Juzi):16 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi To, ha (harf)[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 312–321[4]
Juz 16
Sura raqami 20
Oyatlar soni 135
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 8[5]
Muqattaot harflari To, ha.[6]
Nozil boʻlish tartibi 45[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Anbiyo surasi  Keyingisi 20 Oldingisi  Maryam surasi
Nozil boʻlish tartibi
Voqea surasi   Keyingisi 45 Oldingisi  Maryam surasi
                                   

Toha surasi (arabcha: سورة طه, nomining maʼnosi — To, ha (harf)[8][9]) — Qurʼonning 20-surasi. Makkiy suralardan biri, 135 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 312–321[10]-sahifasida va 16-juzida joylashgan. 45-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu sura Muhammad alayhis-salomga xitob qilish bilan boshlanib, u zotga bor mavjudotning Hojasi tomonidan ingan Quroni Karimning Allohdan qoʻrqadigan kishilar uchun bir pand-nasihat ekani va Yaratganning eng maxfiy narsalardan ham ogoh boʻlgan zot ekanligi bayon qilinadi. Bu surada Alloh taolo Oʻzining soʻnggi paygʻambariga undan avval oʻtgan salaflari uchun ham Haq yoʻliga daʼvat qilish oson boʻlmaganini eslatib, suraning asosini tashkil etadigan Muso va Horun paygʻambarlarning qissasini batafsil bayon qiladi. Unda Muso alayhis-salomning qay holatda paygʻambar boʻlganlari va u zotga Tangri taolo tomonidan qanday moʻjizalar ato etilgani; Muso bilan zolim Firʼavn oʻrtasidagi mujodala; Muso bilan sehrgarlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan muboraza-musobaqa; nihoyat Firʼavn va uning lashkarlari qanday halok boʻlganlari va boshqa voqea-hodisalar haqida hikoya qilinadi.

Yana bu surada barcha jonzot hisob-kitob uchun jamlanadigan qiyomat kunida ovozlar ham Rahmonga taʼzim qilishlari va faqat pichirlashlargina quloqqa chalinishi kabi qiyomat manzaralari ham tasvirlab oʻtiladi hamda Haq yoʻlidan toymagan kishilar oʻzlariga vaʼda qilingan jannatlarga kiritilib, kofirlar esa jahannamga tashlanishlari haqida xabar beriladi. Sura paygʻambar alayhis-salomga ayrim ilohiy yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish bilan nihoyalanadi.

Bu suraning nima sababdan «Toha» deb nomlangani xususida turli rivoyatlar mavjuddir. Ularning aksarisida «Toha» — paygʻambar alayhis-salomning ismlaridan biridir, deyiladi.

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

TOHA SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)

Keyingisi: Anbiyo surasi 20-sura — arabcha matni Oldingisi: Maryam surasi