Hadid surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Hadid surasi — سورة الحديد | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Temir[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Madaniy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 537–541[4] | ||||||||||||
Juz | 27 | ||||||||||||
Sura raqami | 57 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 29 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 4[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | yoʻq[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 94[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Hadid surasi (arabcha: سورة الحديد, nomining maʼnosi — Temir[8][9]) — Qurʼonning 57-surasi. Madaniy suralardan biri, 29 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 537–541[10]-sahifasida va 27-juzida joylashgan. 94-boʻlib nozil boʻlgan.
Madinada Zalzala surasidan keyin nozil boʻlgan. U 29 oyat, 544 kalima va 2476 harfdan iborat. Mufassal suralardan. Tartib raqami boʻyicha Qurʼonda 57-sura. Surada ilohiy koʻrsatmalar, yaʼni shariat hukmlari bilan birga, moʻminlar jamiyatini tarbiyalashga, aqidaviy masalalarga doir oyatlar bayon etilgan. Sura uch asosiy mavzuni qamragan: 1. Borliqning barchasi Allohniki: uni Oʻzi yaratishi va xohlaganicha tasarruf qilishi; 2. Din yoʻlida mol va jonni fido qilish; moʻmin va munofiq orasidagi farq boʻlishi; 3. Bu dunyo havaslarining yolgʻonchi ekani, moʻmin kishi oxiratini obod qilishi yoʻlida Alloh roziligini topishga harakat qilishi.U borliqdagi barcha narsa — inson, hayvon, daraxt va boshqa narsalar doimo Allohga tasbeh aytib, ulugʻlab turishi haqida xabar berish bilan boshlanadi. Shundan keyin Alloh taoloning ilohiy sifatlari bayon qilinadi. Bu suradan moʻminlarni Alloh ularga ato etgan narsalardan saxovat qilishga chorlagan oyatlar ham oʻrin olgandir. Boylik Allohniki, u insonning qoʻliga omonat sifatida qoʻyilganligi zikr etilgan. Sura moʻminlar bilan munofiqlarning oxiratdagi ahvoli toʻgʻrisida xabar berib, u joyda munofiqlar dunyodagi kabi moʻminlar orasiga qoʻshilib keta olmasdan, ajralib qolishlarini uqtiradi va bu hayoti dunyoning oʻtkinchi ekanligini bahor yomgʻiri ostida toʻrt kun barq urib ochilib, soʻng yoz issigʻiga bardosh bera olmay qurib, qovjirab qoladigan chechaklarga tashbeh qilinadi. Sura Iso paygʻambar yoʻllariga ergashgan ahli kitoblarni Allohdan qoʻrqishga va U zotning soʻnggi paygʻambari Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ga imon keltirishga daʼvat qilish bilan xotima topadi. Bu surada kishilarning tinchlik kunlarida ham, urushlarida ham birdek zarur va foydali boʻlgan temir moddasi haqida 25oyatda metall turlari va ularning xislatlari haqida zikr qilingani uchun u „Hadid — Temir“ surasi deb nomlangandir.
Asosiy mavzusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Mujodala surasi | 57-sura — arabcha matni | Oldingisi: Voqea surasi |
- Madaniy suralar
- Sajda oyati yoʻq suralar
- Muqattaot harflari yoʻq suralar
- 27-juz suralari
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 100 oyatdan kam oyatli suralar
- 90 oyatdan kam oyatli suralar
- 80 oyatdan kam oyatli suralar
- 70 oyatdan kam oyatli suralar
- 60 oyatdan kam oyatli suralar
- 50 oyatdan kam oyatli suralar
- 40 oyatdan kam oyatli suralar
- 30 oyatdan kam oyatli suralar
- 4 rukuʼli suralar
- 5 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar