Kontent qismiga oʻtish

Mujodala surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hashr    58–sura   Hadid
Mujodala surasi — سورة المجادلة
Qurʼon nusxalaridan biridagi Mujodala surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 22, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 58, qora rangda - Mujodala surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 105, 3. Rukuʼsi soni - 3; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:58, 3. Nozil boʻlish tartibi:105, 4. Rukuʼsi:3, 5. Oyati:22, 6. Porasi (Juzi):28 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Munozara[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 542–545[4]
Juz 28
Sura raqami 58
Oyatlar soni 22
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 3[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 105[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Hashr surasi  Keyingisi 58 Oldingisi  Hadid surasi
Nozil boʻlish tartibi
Hujurot surasi   Keyingisi 105 Oldingisi  Munofiqun surasi
                                   

Mujodala surasi (arabcha: سورة المجادلة, nomining maʼnosi — Munozara[8][9]) — Qurʼonning 58-surasi. Madaniy suralardan biri, 22 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 542–545[10]-sahifasida va 28-juzida joylashgan. 105-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mujodala surasi madinada nozil boʻlgan, 22 oyatdan iborat. Mehribon va rahmli Allohning nomi ila boshlayman. 1. Albatta, Alloh sen bilan o'z eri haqida tortishayotgan va Allohga shikoyat qilayotgan(ayol)ning so'zini eshitdi. Ha, Alloh ikkovingizning gaplashuvingizni eshitmoqda. Albatta, Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir. 2. Ichlaringizda o'z xotinlaridan zihor qiladiganlar (bilib qo'ysinlarki), ular alarning onalari emas. Tuqqan onalaridan o'zga hech kim ularga ona emaslar. Va, albatta, ular inkor qilingan va g'irt yolg'on so'zlarni ayturlar. Va, albatta, Alloh kechiruvchi va mag'firat qiluvchidir. 3. Xotinlardan zihor qilganlar o'z ayganlaridan qaytsalar, qo'shilmaslaridan avval bir qul ozod qilsinlar. Bu va'zlanishingiz uchundir. Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir. 4. Kim (qul) topmasa, bas qo'shilmasdan avval ikki oy ketma-ket ro'za tutsin. Kim (ro'za tutishga) qodir bo'lmasa, oltmish miskinni to'yg'azsin. Bu (hukm) Allohga va uning rasuliga iymon keltirishingiz uchundir. Va bular allohning chegaralaridir. Va kofirlarga alamli azob bor.

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Hashr surasi 58-sura — arabcha matni Oldingisi: Hadid surasi