Kontent qismiga oʻtish

Uygʻonish davri (Fabergé tuxumi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uyg'onish davri Fabergé tuxumi
Yetkazib berilgan yil 1894
Mijoz Aleksandr III
Qabul qiluvchi Mariya Feodorovna
Amaldagi egasi
Individual yoki muassasa Viktor Vekselberg kolleksiyasi
Sotib olish yili 2004
Dizayn va materiallari
Ish ustasi Mixail Perxin
Foydalanilgan materiallar gavhar,agat,marvarid,emal
Boʻyi -
Oʻziga xos xususiyati Taxminlarga ko'ra marvarid

Uygʻonish davri tuxumi — 1894-yilda rus zargari Peter Karl Fabergé rahbarligida Mixail Perxin tomonidan yasalgan gavharli agatli Pasxa tuxumi[1]. Uygʻonish davri tuxumi Fabergé ustaxonasida Rossiya imperatori Aleksandr III uchun maxsus buyurtma asosida tayyorlangan.Uygʻonish davri tuxumini Aleksandr III Pasxa kuni (Masihning tirilishini nishonlash kuni) da rafiqasi qirolicha Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilgan[2].

Uygʻonish davri tuxumi Aleksandr III tomonidan Mariya Feodorovnaga sovgʻa qilingan oxirgi Fabergé tuxumi edi[3].

Oʻziga xos xususiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
art
Tirilish tuxumi

Uygʻonish davri tuxumi ichidagi sovgʻa yoʻqolgan, ammo bu sovgʻa marvarid boʻlgan deb taxmin qilinadi[4]. Uygʻonish davri tuxumi haqidagi Christopher Forbes tomonidan ilgari surilgan yana bir nazariya mavjud.Bu nazariyada Christopher Forbes Uygʻonish davri tuxumi qobigʻining egriligiga juda mos keladigan va taglikdagi emalda oʻxshash bezaklarga ega boʻlgan Tirilish tuxumi bilan aslida bitta tuxumligi aytiladi. Tirilish tuxumi 1902-yilda Uygʻonish davri tuxumi kabi koʻrgazmada ham namoyish etilgan. Tirilish tuxumining inventar raqami yoʻq, bu esa Christopher Forbes nazariyasi foydasiga hal boʻlishiga bir asos hisoblanadi[5].

Aleksandr III Uygʻonish davri tuxumi uchun 4750 rubl miqdorida pul sarflagan. Uygʻonish davri tuxumi 1917-yilda Rossiya Muvaqqat hukumati tomonidan musodara qilingan. Bu tuxum boshqa toʻqqizta tuxum bilan birga Armand Hammerga 1500 rublga sotilgan[6].1937-yilda Hammer Uygʻonish davri tuxumini sotish uchun eʼlon bergan va Uygʻonish davri tuxumi Henry Talbot DeVere Cliftonga sotilgan. Tuxum keyinchalik, 1949-yil noyabr oyida Jek va Belle Linskiyga sotilgan. Fabergé kolleksiyasini Metropoliten muzeyiga berishga urinib koʻrgan Linskiylar rad etildi, chunki muzey „Eduard dekorativ trivia“ ga qiziqmasligini aytdi[7].Shundan soʻng, tuxum Manhattan antiqa buyumlar sotuvchilari A La Vieille Russiega sotilgan va u yerdan 1965-yil 15-mayda oʻz kolleksiyasi uchun Malcolm Forbes tomonidan sotib olingan.Forbes kolleksiyasi 2004-yilda rossiyalik oligarx Viktor Vekselbergga sotilgan. Vekselberg toʻqqizta imperator tuxumini deyarli 100 million dollarga sotib olgan.

  1. „Faberge Treasures of Imperial Russia“. 2012-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl. 2016-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl. 2016-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl. 2016-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Faberge Treasures of Imperial Russia“. 2012-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Faberge Treasures of Imperial Russia“. 2012-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Matt & Andrej Koymasky - Fabergé Renaissance Egg“. andrejkoymasky.com. 2016-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.