Azov xotirasi (Fabergé tuxumi)
Azov xotirasi Fabergé tuxumi | |
---|---|
Azov xotirasi tuxumi | |
Yetkazib berilgan yil | 1891 |
Mijoz | Aleksandr III |
Qabul qiluvchi | Mariya Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | Kreml qurol-yarog' muzeyi Moskva |
Sotib olish yili | 1972-yil |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Michael Perkhin va Yuri Nicolai |
Foydalanilgan materiallar | oltin,zumrad, olmos, platina,geliotrop |
Boʻyi | 93 mm |
Oʻziga xos xususiyati | Azov so'zi va "Pamiat Azova" kemasi |
Azov xotirasi tuxumi (yoki Azova tuxumi) 1891-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé rahbarligida Rossiya podshosi Aleksandr III uchun tayyorlangan marvaridli Pasxa tuxumi hisoblanadi. Uni Aleksandr III oʻzining rafiqasi qirolicha Mariya Feodorovnaga Pasxa (Masihning tirilishini nishonlash kuni) sovgʻasi sifatida taqdim etdi. Hozirda u Moskvadagi Kreml qurol-aslaha muzeyida saqlanmoqda.
Dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azov xotirasi tuxumi qon toshi deb ham ataladigan geliotrop (mineral)ning mustahkam boʻlagidan oʻyib ishlangan. Azov xotirasi tuxumi Louis XV uslubida bezatilgan. Shuningdek, tuxum rokoko oʻramlarining yorqin olmoslari va oltindan tayyorlangan gullar bilan naqshlantirilgan. Keng nayli tilla rom yoqut va qisqichni toʻldiradigan ikkita olmos bilan birgalikda oʻrnatilgan. Tuxumning ichki qismi yashil baxmal bilan qoplangan[1].
Oʻziga xos xususiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azov xotirasi tuxumi qizil, sariq rangdagi oltin va platina bilan bezatilgan, suvni ifodalovchi akuamarin boʻlagiga Rossiya Imperator dengiz floti kemasi „Pamiat Azova“ning (Azov xotirasi) miniatyura nusxasi oʻrnatilgan. Kemaning orqa tomonida „Azov“ nomi paydo boʻladi. Plitada tuxumdan modelni olib tashlash imkonini beruvchi halqali oltin ramka mavjud[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Azov xotirasi tuxumi 1890-yilda Tsarevitch Nikolay va Rossiya Buyuk Gertsogi Jorjning „Pamiat Azova“ kemasida Uzoq Sharqqa qilgan sayohati xotirasiga bagʻishlangan. Safar ularning ota-onalari, boʻlajak podshoh va uning akasining dunyoqarashini kengaytirish taklifidan soʻng amalga oshirildi. Oʻsha paytda Buyuk Gertsog Jorj sil kasalligi bilan ogʻrigan va sayohat kasallikni yanada kuchaytirgan. Tsarevich Nikolay Yaponiyada boʻlganida ham suiqasd qurboni boʻlgan (" Otsu voqeasi ") va boshidan jiddiy jarohat olgan. Yuqoridagi voqealar sodir boʻlishidan oldin qirolichaga Azov xotirasi tuxumi sovgʻa qilingan.Lekin Azov xotirasi tuxumi hech qachon qirolichaning sevimli tuxumlaridan boʻlmagan[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. www.wintraecken.nl.