Iso Masih
![]() | Ushbu sahifani Isoga qayta nomlash taklif etiladi.
Sababi: Eng birinchi nomi Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
Iso, Iso Masih, Iso ibn Maryam (arabcha: عيسى ابن مريم) – Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Islomda Muhammad paygʻambardan oldingi paygʻambar sifatida alohida eʼzozlanadi.
Qurʼonda, shuningdek, Al-Masih („xudo yarlaqagan“), Ibn Maryam („Maryamning oʻgʻli“), Abdulloh („Allohning quli“), Rasululloh („Allohning elchisi“), Allohning muqarrabi (yaqini), Haqni soʻzlovchi, deb taʼriflanadi. Isoga Injil nozil qilingan. Qurʼonga koʻra, Iso – Allohning oʻgʻli emas, Xudo ham emas.
Iso – Allohning bandasi va bokira qiz Maryamdan moʻjiza bilan tugʻilgan. Alloh unga „Bani Isroil“ qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambarlik darajasini iroda etdi. Iso odamlarni oʻz taʼlimotiga ergashishlariga daʼvat qildi. Yahudiylarni notoʻgʻri yoʻllardan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntira boshladi. Oʻzidan keyin Ahmad (yaʼni Muhammad) nomida bir paygʻambar boʻlishi bashoratini ham yetkazdi[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Iso Masih“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (I-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Paygʻambarlar qissasi, Toshkent, 1993.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiiqtibosda Iso Masihga tegishli iqtiboslar mavjud. |
![]() | Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |