Aleksandr III
Qiyofa
Aleksandr III | |
---|---|
Tavalludi | 26 fevral (10-mart) 1845 |
Vafoti | 20 oktyabr (1-noyabr) 1894 |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Otasi | Aleksandr II |
Onasi | Maria Alexandrovna of Russia (Marie of Hesse) |
Aleksandr III (26-fevral 1845-yil-20-1894.20.10) — Rossiya imperatori (1881-94), Aleksandr II ning 2- oʻgʻli. „Samo-derjaviyeni mustahkamlash haqidagi manifest“ni eʼlon qilgan (1881). Aleksandr III davrida 1880-yil oxiri — 1890-yil boshlarida bir necha islohotlar amalga oshirildi (jon soligi bekor qilindi, tovonlar kamaytirildi, zemstvo va shahar nizomlari qayta koʻrib chiqildi). Uning davrida Rossiya tomonidan Turkistonni bosib olish (1885) asosan tugʻallangan. Xususan 1879 va 1880-1881-yillarda Axaltaka harbiy yurishlari natijasida Turkmaniston bosib olingan. Turkmanlarning Goʻktepa qal’asini olishda ruslar 45 ming qal’a himoyachisi (shundan 5 ming kishida qurol boʻlgan, qolgani ayollar, bolalar edi) ni oʻldirishgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |