Metropoliten-muzey
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Metropoliten-muzey (Metropolitan Museum of Art) — AQSH ning (Nyu-Yorkda) eng yirik markaziy sanʼat muzeyi. 1870-yilda tashkil etilib, 1872-yilda ochilgan. Shaharning markaziy bogida joylashgan. Fort-Trayon bogʻida boʻlimi bor. Eksponatlari, asosan, shaxsiy kolleksiyalardan muzeyga tortik, qilingan sanʼat asarlaridan iborat. Amerika rangtasviri va haykaltaroshligi, qurollar, Uzoq va Yaqin Sharqning qad. sanʼati, Qad. Misr sanʼati, Yunoniston, Qad. Rim va Islom sanʼati, oʻrta asr sanʼat asarlari (boʻlimi), musiqa asboblari, gravyura va litografiyalar, Yevropa rangtasviri, 20-asr sanʼati, kitoblar muzeyi, bolalar muzeyi, kostyum instituti (mato va kiyimlar toʻplami) va boshqa boʻlimlari mavjud. M.-m.da jahon sanʼ-atining koʻpgina nodir yodgorliklari, jumladan, Gʻarbiy Yevropa rangtasvirining shoh asarlari, shuningdek Oʻzbekiston hududida yaratilgan amaliy sanʼat asarlari ham saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |