Pelikan (Fabergé tuxumi)
Pelikan Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1898 |
Mijoz | Nikolay II |
Qabul qiluvchi | Maria Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | Virginia tasviriy san'at muzeyi |
Sotib olish yili | 1947 |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Michael Perkhin |
Foydalanilgan materiallar | oltin, emal, olmos, |
Boʻyi | 102 mm |
Pelikan (yoki Dowager) Fabergé tuxumi, 1898- yilda rus zargari Peter Carl Fabergé nazorati ostida tayyorlangan zeb-ziynat buyumlari bilan bezatilgan Pasxa tuxumi hisoblanadi[1][2]. Pelikan tuxumi 1898-yil Rossiya imperatori Nikolay II Pasxa bayramida onasi qirolicha Maria Feodorovnaga sovgʻa qilshi uchun maxsus buyruq asosida tayyorlangan.
Dizayni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pelikan tuxumi Fabergé ustaxonasida usta Mikhail Evlampievich Perkhin (Rossiya, 1860-1903) tomonidan Johannes Zehngraf (Daniya, 1857-1908) miniatyuralari bilan yaratilgan[3]. Pelikan tuxumi qizil oltin, olmos, marvarid, fil suyagi, emal va akvarellar yordamida yasalgan. Pelikan tuxumining stendi oltindan yasalgan va tuxumning oʻzi sakkizta fil suyagi miniatyurasi ekraniga aylanadi[4].
Pelikan tuxumi sirtining koʻp qismi emallanmagan bir nechta Fabergé tuxumlaridan biri hisoblanadi. Pelikan tuxumi Empire uslubida oʻyilgan boʻlib, tarkibi qizil oltindan yasalgan.Tuxumning ustiga kulrang, koʻk va pushti emallar bilan sirlangan pelikan oʻrnatilgan. Pelikan onaning oʻz bolalariga gʻamxoʻrligi ramzi boʻlgan.Pelikan tuxumiga klassik naqshlar, 1797-1897 esdalik sanalari va „Uzumzorlarimizga tashrif buyur, ey Rabbiy, biz Senda yashaymiz“ yozuvi oʻyilgan.
Pelikan tuxumi oltin rangli, toʻrt oyoqli stendda joylashtirilgan va oʻzining asl qizil rangdagi baxmal qutisini saqlab qolgan. Bu rang Rossiya imperatorining Pasxa tuxumlari qutisi uchun ishlatilgan yagona rang hisoblanadi[5].(Yaʼni, bundan boshqa qutilarda bunday rangdan foydalanilmagan.)
Oʻziga xos xususiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pelikan tuxumida Dowager imperatori homiyligidagi xayriya tadbirlarining sakkizta oval miniatyura rasmlari mavjud: Kseniinskiy instituti, Nikolay bolalar uyi, Vatanparvarlik instituti, Smolniy instituti, Yekaterina instituti, Pavel instituti, Sankt-Peterburgdagi Nikolay bolalar uyi va Elizabet instituti[6]. Asosan zodagonlarning qizlari taʼlim olish uchun tashkil etilgan muassasalar sakkizta fil suyagidan yasalgan kengaytmali ekranda, har biri yuzaga joylashtirilgan marvarid chegarasida tasvirlangan. Miniatyuralar saroy miniatyurachisi Johannes Zehngraf tomonidan chizilgan. Har birining orqa tomonida tasvirlangan muassasa nomi yozilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pelikan tuxumidagi „1797 va 1897“ sanalari tufayli koʻp yillar davomida Pelikan tuxumi 1897-yilga tegishli edi, ammo Fabergé fakturasining asl nusxasi topilganida, bu tuxum Maria Feodorovnaga 1898-yil Pasxa bayramida sovgʻa qilinganligini aniqlandi.
1930-yilda sakkizta oval miniatyura bilan Imperial Pelikan Fabergé tuxumi Antikvariat tomonidan Nyu-Yorkdagi Armand Hammerga sotilgan oʻnta imperator tuxumidan biri edi. Hammer butun Qoʻshma Shtatlardagi doʻkonlarda tuxumni boshqa rus xazinalari bilan birga koʻrsatdi[7]. 1936-1938-yillar orasida Pelikan tuxumini Hammer galereyasidan John Lee Prattning rafiqasi Lillian Thomas Pratt sotib olgan. Pratt tuxumni 1947-yilda vafotidan keyin Virginia shtatining Richmond shahridagi Virginia tasviriy sanʼat muzeyiga topshirdi[8] U Virginia tasviriy sanʼat muzeyining Yevropa dekorativ sanʼati kollektsiyasining bir qismi sifatida namoyish qilinmoqda.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Wintraecken.nl saytidan Pelikan tuxumi haqida batafsil maqola
- Virginia tasviriy sanʼat muzeyi tavsifi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Imperial Pelican Easter Egg (Primary Title) - (47.20.35) - Virginia Museum of Fine Arts |“. Vmfa.museum. Qaraldi: 2019-yil 25-avgust.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2019-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 25-avgust.
- ↑ „Imperial Pelican Easter Egg (Primary Title) - (47.20.35) - Virginia Museum of Fine Arts |“. Vmfa.museum. Qaraldi: 2019-yil 25-avgust.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2019-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 25-avgust.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2019-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 25-avgust.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2019-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 25-avgust.
- ↑ „Imperial Pelican Easter Egg (Primary Title) - (47.20.35) - Virginia Museum of Fine Arts |“. Vmfa.museum. Qaraldi: 2019-yil 25-avgust.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2019-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 25-avgust.