Mauve (Fabergé tuxumi)
Mauve Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1897 |
Mijoz | Nikolay II |
Qabul qiluvchi | Maria Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | Sank-Peterburgdagi Fabergé muzeyi Rossiya |
Sotib olish yili | 2004 |
Dizayn va materiallari | |
Foydalanilgan materiallar | Olmos,emal, marvaridlar, fil suyagi, akvarel |
Oʻziga xos xususiyati | Yurak shaklidagi fotoramka |
Mauve tuxumi 1897-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé nazorati ostidagi ustaxonada Rossiya impertori Nikolay II ning buyurtmasi asosida maxsus tayyorlangan tuxumlardan biri hisoblanadi. Mauve tuxumini 1897-yil 18-aprelda Rossiya imperatori Nikolay II oʻzining onasi qirolicha Maria Fedorovnaga Pasxa sovg'asi sifatida sovgʻa qilgan (Pasxa kuni Masihning tirilishini nishonlash kuni hisoblanadi)[1].
Mauve tuxumi hozirda yoʻqolgan oltita imperator Fabergé tuxumlaridan biri hisoblanadi. Nikolay II 1897-yil 17-mayda Mauve tuxumi uchun Fabergé va uning ustaxonasidagi shogirdlariga 3250 rubl miqdorida pul toʻlagan. Mauve tuxumi qizil, yashil va oq rangli emal bilan emallangan va uning ichiga 3 ta miniatyura rasmlari joylashtirilgan edi[2][3].
Oʻziga xos xususiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mauve tuxumining oʻziga xos xususiyati yurak shaklidagi fotoramka hisoblanadi.Mauve tuxumidagi yurak shaklli fotoramkaning har birida Nikolay II, uning rafiqasi, qirolicha Alexandra Feodorovna va ularning birinchi farzandi, Buyuk Gertsog Olga Nikolaevnaning uchta miniatyura portretlari joylashgan. Mauve tuxumining har bir bargiga alohida ishlov berilgan va ularga yuqoridagi shaxslarning portlarlari joylashtirib chiqilgan. Mauve tuxumi atirgul shakli berilgan olmos, qizil, yashil va oq emal, marvarid va fil suyagi kabi qimmatbaho bezaklar va ashyolar bilan bezatilgan.Mauve tuxumini bezashda akvareldan ham foydalanilgan. Mauve tuxumi hozirgi kunda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Fabergé muzeyida namoyish etilmoqda. Mauve tuxumi 2004-yilda sotib olingan. Hozirgi kunda Rossiyadagi muzeyda namoyish qilinmoqda.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Faberge — Treasures of Imperial Russia“. 2012-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Faberge — Treasures of Imperial Russia“. 2012-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Krivoshey, Dmitry; Nicholson, Nicholas B. A.; Skurlov, Valentin (2017) (pdf). Fabergé: The Imperial "Empire" Egg of 1902. New York: Academia.edu. p. 74. https://www.academia.edu/38098288. Qaraldi: 2019-10-08.Mauve (Fabergé tuxumi)]]