Urial
Urial | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
Ovis vignei | ||||||||||||||
Urial yashash hududi
|
Urial (lotincha: Ovis vignei) – sutemizuvchilarning Bovidae turkumining qoʻylar oilasiga mansub tur.
Tashqi koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uriallarning umumiy rangi jigarrang, yozda toʻqlashadi. Sonlarida, dumining tagida va orqa oyoqlarida oq nuqtalari bor. Erkaklarda boʻyin va koʻkragining old qismi qora rangda. Antilopalar singari, uriallar ham jundor tana va uzun oyoqlarga ega[1].
Erkak uriallar yirik, urgʻochilar esa ancha kichik shoxlarga ega. Ularning shakli oʻzgarishi mumkin. Shoxlarning qayd etilgan eng katta oʻlchamlari 990,6 mm, tag qismi aylanasi esa 304,8 mmgacha yetgan.
Erkaklarining tana uzunligi 110-145 sm, boʻyi 88-100 sm, vazni – 36-87 kg.
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uriallar kunduzgi hayvon boʻlib, koʻp vaqtini oziqlanish bilan oʻtkazadi. Hududini qoʻriqlamaydi[1].
Toʻda boʻlib yashaydi. Poda odatda urgʻochi, qoʻzi va yosh hayvonlardan iborat boʻladi. Voyaga etgan qoʻchqorlar alohida guruhlarga boʻlinadi. Podani boʻlish raqobatni va urgʻochilarning erkaklar tomonidan taʼqib qilinishini kamaytiradi. Podaboshi kattaroq tana hajmiga ega qoʻchqorlardan boʻladi. Bu, ayniqsa, dominant erkak katta shoxlarga ega boʻlgan erkak guruhlarida seziladi[1].
Yosh qoʻchqorlar qarilariga nisbatan tajovuzkorroqdir. Agressiv toʻqnashuvlar paytida uriallar boshlarini aylantirib, old oyoqlarini kengaytirgan holatda hujum qiladi[1].
Oʻt va buta oʻsimliklari bilan oziqlanadi[1].
Koʻpayishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uriallar poligam, ammo erkaklari urgʻochilarga egalik qilmaydilar. Ular urgʻochilarga asta-sekin, choʻzilgan holatda yaqinlashadilar. Urgʻochilar choʻkkalab, siyishni boshlaydilar. Qoʻchqorlar qoʻyning juftlashishga tayyor yoki tayyor emasligini aniqlash uchun siydikni hidlaydi. Juftlashish davrida dominant erkak urgʻochilarga daʼvo qiladi. Juftlashgandan soʻng, erkak urgʻochini estrus sikliga qadar qoʻriqlaydi. Sikl tugashi bilan boshqa urgʻochini qidiradi[1].
Homiladorlik 150-160 kun davom etadi. Kichkintoylar noyabrdan dekabrgacha boʻlgan davr mobaynida tugʻilishadi. Tugʻilishdan oldin qoʻylar suruvdan ajratiladi va tugʻilgandan 3-7 kun oʻtgach qaytadi[1]. Bu vaqt ichida qoʻzichoq ularni hid bilan taniy boshlaydilar. Ular 1,5 yoshida jinsiy yetiladi, 2 yoshdan boshlab koʻpayish qobiliyatiga ega boʻladi.
Urgʻochisi uch yoshida bitta qoʻzi tugʻadi. Qari urgʻochilari 2-3 tagacha qoʻzilashga qodir. Yangi tugʻilgan qoʻzichoqlarning vazni 2,4-4 kg ni tashkil qiladi. Laktatsiya oʻrtacha 5,17 oy davom etadi, qoʻzilar bir oydan boshlab oʻtlarni yeyishni boshlaydilar. Oʻrtacha umr koʻrish davri 8 yildan 12 yilgacha[1].
Tarqalishi va yashash joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uriallar dengiz sathidan 6000 metr balandlikdagi tik yonbagʻirlarda, oʻtloqli, qurgʻoqchil yerlarda, baʼzan oʻrmonlarda va qishloq xoʻjaligi obyektlari yaqinida yashaydi. Oʻrta Osiyoda – Qozogʻistonning janubi-gʻarbiy qismida, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston, Pokiston, Eron va Hindistonning Kashmir mintaqasida tarqalgan. Ummonda populyatsiyaga ega deb ishoniladi[1][2].
Sinflanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urialning taksonomik holati haqida turlicha qarashlar mavjud. Koʻpgina tasniflash variantlarida bir qator kenja turlarni oʻz ichiga olgan Ovis vignei alohida turi sifatida koʻrib chiqiladi[3]. Baʼzi tadqiqotchilar bu kenja turlarni mustaqil turlar deb hisoblaydilar va Ovis jinsi ichida bir garauhga ajratadilar[4].
Baʼzan urial Ovis orientalis turining bir qismi sifatida muflon bilan birlashtiriladi[5] yoki ikkalasi ham xonaki qoʻylar – Ovis aries[6] bilan bir xil turga kiritiladi. Xromosomalar sonining farqiga qaramay, muflonlar uriallar bilan chatishib, yashashga chidamli va nasldor zot berishlari mumkin. Muflon va urialning Elburs togʻlarida gibrid holdagi guruhi mavjud. Ularning xromosomalari soni 54 tadan (muflon kabi) 58 tagacha (urial xromosomalari kabi)[7].
Tasniflashning boshqa variantlarida muflonlar, uriallar bilan birga, arxarlarni oʻz ichiga olgan 'Ovis ammon turiga kiritilgan. Bunda muflonlar, uriallar va arxarlarni yarim turlar deb hisoblash mumkin[8].
Qizilqum qoʻylari bosh suyagining shakli va rangi oʻxshashligi uchun koʻpincha uriallar qatoriga kiritilgan, ammo diploid hujayralarda u arxar kabi 56 ta xromosomaga ega. Qoʻchqorlarning bu vakilining gibrid kelib chiqishini inkor etib boʻlmaydi[4].
Muhofaza maqomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uriallar CITES I ilovasiga kiritilgan. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi zaif tur maqomiga ega boʻlgan Ovis orientalis turiga kiruvchi uriallarning kichik turlarini koʻrib chiqadi.
- Ovis vignei arkal. Sobiq sovet respublikalarida 1990-yilda populyatsiya soni taxminan 6000 tani tashkil etgan.
- Ovis vignei bocharensis. 1980-yillarning oxiriga kelib, bu kenja turning populyatsiyasi atigi 1000 hayvonni tashkil etgan. Biroq, hozirda ularning soni yanada kamaygan, deb ishoniladi.
- Ovis vignei cycloceros. 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida ushbu kenja turning populyatsiyasi 10500-11000 tani tashkil etdi. Bugungi kunda populyatsiyasi soni taxminan 2 baravar kamaygan.
- Ovis vignei punjabiensis. 1977-yilda ushbu kenja tur taxminan 2000 ga yaqinligi taxmin qilingan. 1992-yildagi hisob-kitoblarga koʻra, eng kam populyatsiyasi soni 1550 tadan iborat.
- Ovis vignei vignei. Hindistonda yashaydi, umumiy soni 1000-1500 tani tashkil qiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Данилкин А. А.. Полорогие (Bovidae), 550 экз, Млекопитающие России и сопредельных регионов, Москва: Товарищество научных изданий КМК, 2005. ISBN 5-87317-231-5.
- C. Groves, P. Grubb.. Ungulate Taxonomy. Baltimore: The Johns Hopkins University Press, 2011. ISBN 978-1-4214-0093-8.
- R. M. Nowak.. Walker’s mammals of the world, 6-nashr, Baltimore: The Johns Hopkins University Press, 1999. ISBN 0-8018-5789-9.
- D. M. Shackleton, S. Lovari „Classification Adopted for the Caprinae Survey“, . Wild Sheep and Goats and Their Relatives: Status Survey and Conservation Action Plan for Caprinae. IUCN, 1997 — 9—14-bet. ISBN 2-8317-0353-0.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 Valdez, R.. «Дикие овцы мира». Месилла, Нью-Мехико, США: The Wild Goat and Sheep International., 1978. (ingl.)
- ↑ Nowak 1999, s. 1232.
- ↑ Nowak 1999, s. 1231—1238.
- ↑ 4,0 4,1 Groves & Grubb 2011.
- ↑ Shackleton & Lovari 1997, s. 9.
- ↑ Mammal Species of the World (ingl.)
- ↑ Данилкин 2005, s. 327.
- ↑ Данилкин 2005, s. 327,331.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ovis aries vignei (ingl.)