Kontent qismiga oʻtish

Alburz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Elbursdan yoʻnaltirildi)
Alburz tog'larining Tehrondan ko'rinishi

Alburz (forscha: البرز — Alborz) — Eronning shimoliy qismidagi togʻlar, Kaspiy dengizining janubiy qirgʻoqlariga tutash, Eron togʻligining shimoliy chekkasi. Uzunligi 900 km, eni 120 km gacha. Balandligi 2000–4000 m li bir nechta parallel tizmalardan iborat. Eng baland joyi 5604 m (Damovand soʻngan vulkani, Eronning eng baland nuqtasi). Asosan, ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan. Eronni Safidrud daryosining chuqur darasi kesib oʻtgan. Togʻ tepalari yassi, yon bagʻirlari tik. Shimoliy yon bagʻirlari zich keng bargli oʻrmonlar, togʻ dashti va yaylovlardan iborat, jan. nisbatan qurgʻoqchil yon bagʻri kserofit butalar bilan qoplangan. Milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Neft va gaz konlari ochilgan. Alburz — Eronning shimolidagi togʻ choʻqqisi, Kaspiy dengizining janubiy yoqasida. Uzunligi 900 km. eni 120 km. Balandligi 2000-3500 m boʻlgan bir necha choʻqqilardan tashkil topgan. Balandligi 5604 m (Damovand choʻqqisi — Eronning eng baland joyi). Asosan ohaktosh bilan qumtoshdan, Damovand — andezitli lavadan iborat. Safidrud daryosi chuqur togʻ darasi qilib kesib oʻtadi. Neft va mislarning kon oʻrinlari bor. Gʻarbida qalin yalpoq yapiroqli oʻrmon daraxtlari, janubida kserofitli butalar oʻsadi. Markaziy Alburz milliy parki va birnecha qoʻriqxonalar barpo etilgan.

[1][sayt ishlamaydi]