Kontent qismiga oʻtish

Muhofaza maqomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhofaza maqomi
Bufo periglenes, the Golden Toad, was last recorded on May 15, 1989
Qirilib ketgan turlar
Qirilib ketish xavfi ostidagi turlar
Kamroq xavf ostidagi turlar
Boshqa darajadagi turlar

Tegishli mavzular

IUCN Red List category abbreviations (version 3.1, 2001)
TMXI Qizil roʻyxati bilan taqqoslash

Muhofaza maqomi – bu biologik taksonning hozirgi va yaqin kelajakda saqlanish ehtimolligining koʻrsatkichi. Muhofaza maqomini baholashda koʻplab omillar hisobga olinadi: nafaqat individlarning soni, balki populatsiya sonining vaqti oʻtishi davomida oʻsishi yoki kamayishi, koʻpaytirishdagi muvaffaqiyatlar, maʼlum xavflar va hokazo.

Turlarning muhofaza maqomi keltirilgan eng mashhur roʻyxat Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI) tomonidan qabul qilingan toifa va mezonlar asosida ishlab chiqilgan „Qizil kitob“dir (yoki „Qizil roʻyxat“).

TMXI toifa va mezonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda qabul qilingan „TMXI qizil roʻyxati toifalari va mezonlari“ hujatida umumiy tamoyillar va har bir taksonning individual xususiyatlari: kamayish darajasi, turning soni, geografik tarqalish maydoni va turning tarqalishi parchalanganlig darajasi kabi mezonlar asosida 10ta muhofaza maqomi toifalari ajratilgan.[1][2]

Shuningdek, 1500-yildan keyin yoʻqolgan turilar ham kiritilgan.[3]

  1. „Qirilib ketgan“ EX (inglizcha: Extinct) – maʼlum boʻlgan tirik individlari mavjud emas.
  2. „Yovvoyi tabiatda qirilib ketgan“ EW (inglizcha: Extinct in the Wild) – faqat tutqunlikda saqlanib qolgan yoki tarixiy hududidan tashqarida saqlanib qolgan turlar.
  3. „Butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida“ CR (inglizcha: Critically Endangered) – tabiatda yoʻqolish xavfi eng yuqori boʻlgan turlar.
  4. „Qirilib ketish arafasida“ EN (inglizcha: Endangered) – tabiatda yoʻqolish xavfi nisbatan yuqori boʻlgan turlar.
  5. „Zaif“ VU (inglizcha: Vulnerable) – tabiatda yoʻqolish xavfi yuqori boʻlgan turlar.
  6. „Zaif holatga yaqin“ NT (inglizcha: Near Threatened) – yaqin kelajakda xavf ostida boʻlishi mumkin boʻlgan turlar.
  7. „Muhofazaga muhtoj“ CD (inglizcha: Conservation Dependent) – xavf darajasi past boʻlishiga qaramasdan maxsus choralar koʻrilishi kerak boʻlgan turlar.
  8. „Xavf darajasi past“ LC (inglizcha: Least Concern) — xavf darajasi past. Yuqoridagi xavf toifalariga mos kelmaydi va yaqin kelajakda xavf ostida boʻlishi ehtimol kam. Keng tarqalgan va koʻp miqdordagi inividlarga ega turlar.
  9. „Yetarlicha maʼlumot mavjud boʻlmagan“ DD (inglizcha: Data Deficient) – xavf darajasini baholanishi uchun yetarli maʼlumot mavjud emas.
  10. „Xavf darajasi baholanmagan“ NE(inglizcha: Not Evaluated) – Hali mezonlar asosida baholanmagan.
  1. „IUCN Red List Categories and Criteria“. Qaraldi: 2024-yil 14-yanvar.
  2. IUCN. „IUCN Red List Categories and Criteria: Version 3.1“. Second edition. Gland, Switzerland and Cambridge, UK. 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  3. IUCN Standards and Petitions Committee. Guidelines for Using the IUCN Red List Categories and Criteria, 2019 — 7-bet.