Shri Lanka
Shri Lanka Demokratik Sotsialist Respublikasi | |
---|---|
Shior: Y'o`q | |
Madhiya: Sri Lanka Matha | |
Poytaxt | Sri Jayevardenepura Kotte |
Eng katta shahar | Kolombo |
Rasmiy til(lar) |
Singalcha Tamilcha |
Hukumat | Semi-Prezidentlik Davlat |
Mahinda Rajapakse | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
4-fevral 1948 |
Maydon | |
• Butun |
65,610 km2 (122-oʻrin) |
• Suv (%) |
4.4 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
20,064,776 (53-oʻrin) |
• Zichlik | 305/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$87,150 mil. (59-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$4,343 |
Pul birligi | Sri Lanka Rupee (LKR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+5:30 |
• Yoz (DST) |
UTC+5:30 |
Qisqartma | CE |
Telefon prefiksi | 94 |
Internet domeni |
.lk .ලංකා .இலங்கை |
|
Shri Lanka (1972-yilgacha Seylon), Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi — Hind okeanidagi Shri Lanka orolida, Hindiston yarim oroldan janubi-sharqda joylashgan davlat. Maydoni -65,6 ming km². Aholisi- 19,5 million kishi (2002). Rasmiy poytaxti — JayavardenapuraKotte (parlament joylashgan); amaldagi poytaxti — Kolombo shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyat (rgoutse) ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shri Lanka — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaddagi konstitutsiyasi 1978-yil 7-sentabrda qabul qilingan; keyinchalik bir necha oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1994-yildan Kumaratunga Chandrika xonim). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va bir palatali parlament, ijrochi hokimiyatni parlament va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orol sohillarining aksariyat qismi past, lagunali, marjon riflari bilan oʻralgan, kam parchalangan. Hududining 80 %dan ortigʻi pasttekislik, ayrim joylarda qoyalar uchraydi. Markazi va janubda zinapoyasimon togʻlik joylashgan. Eng baland joyi — Pidurutalagala togʻi (2524 m). Shri Lankada grafit, kvars, qimmatbaho toshlar, kaolin va boshqalar bor. Iklimi mussonli, shimoliy va sharqida subekvatorial, janubiy va gʻarbida ekvatorial iklim. Havo temperaturasi tekisliklarda 26—30°; togʻlarda 15—20° gacha pasayadi. Yillik yogʻin togʻlikning janubi-gʻarbiy yon bagʻrida 5000 m gacha, togʻ etaklarida 2000 mm gacha, shimoli-gʻarbiy va janubi-sharqiy sohillarida 1000 mm dan kam. Daryolari qisqa va sersuv (eng yirigi Maxaveli daryosi); quyi oqimida kema qatnaydi. Tuproqlari qizil va laterit, daryo vodiylari va sohilida allyuvial tuproq. Mamlakat hududining 44 % nam tropik oʻrmon bilan qoplangan. Yassitogʻliklar savanna tipidagi yalangliklardan iborat. Sohilida mangra oʻrmonlari va kokos palmazorlari bor. Hayvonot dunyosi xilmaxil: fil, maymun, kiyik, toʻngʻiz, qoplon, silovsinlar yashaydi; timsoh, toshbaqa, ilonning bir qancha turi, kaltakesak bor. Qush va hasharot koʻp. Vilpattu, Yala (Ruxunu), GalOya milliy bogʻlari, Kandi shahri yaqinida botanika bogʻi bor.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholisining 75 % singallar, 16 % dan ortigʻini tamillar tashkil etadi. Shuningdek, mavrlar (arab va mahalliy musulmonlar avlodlari) va boshqalar ham yashaydi. Shahar aholisi 23 %. Rasmiy tillar — singal, tamil va ingliz tillari. Dindorlar buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqalar dinlarga eʼtiqod qiladilar. Yirik shaharlari: Kolombo, Jafna, Kandi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shri Lanka hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. av. 5-asrda Hindistondan hindlar koʻchib oʻtishgan. Mil. av. 3-asrda dastlabki yirik davlat uyushmasi paydo boʻldi. 15-asrda 3 yirik davlat (singallarning Kotte va Kandi, tamillarning Jafna davlatlari) vujudga keldi. 16-asrda Portugaliya orol sohilini bosib oldi. 17-asr oʻrtalarida Niderlandiya portugallarni siqib chiqarib, orolning 1/4 qismini egallab oldi. 18-asr oʻrtalaridan Angliya bilan Niderlandiya oʻrtasida orolni egallash uchun kurash avj oldi. 1795—96-yillarda orolni inglizlar bosib oldi. Orol dastlab Angliyaning OstIndiya kompaniyasiga qarashli Madras prezidentligiga qoʻshib yuborildi. 1802-yildan Buyuk Britaniyaning alohida mustamlakasiga aylandi. Seylon aholisining mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi (1796, 1818, 1848). 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida siyosiy tashkilotlar vujudga keldi, milliy ozodlik harakati avj oldi. 1919-yil birinchi yirik siyosiy partiya — Seylon milliy kongressi tuzildi. Ikkinchi jahon urushi-yillari (1939—45) mamlakatdagi demokratik kuchlar milliy mustaqillik uchun kurashni yanada avj oldirdilar. 1948-yil 4-fevralda Buyuk Britaniya Seylonga dominion maqomi asosida mustaqillik berishga majbur boʻldi. Mamlakatda chet el harbiy bazalari tugatildi, iqtisodiyotda davlat sektori kengaydi, qishloq xoʻjaligida islohotlar oʻtkazildi; tashqi siyosatda betaraflik, harbiy bloklarda qatnashmaslik yoʻli tutildi. 1972-yil 22-mayda Seylon Shri Lanka Respublikasi deb eʼlon qilindi. 1978-yil 7-sentabrdan Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi deb atala boshladi. 1977-yildan iqtisodiyotda xususiy sektorni mustahkamlash va unga xorijiy sarmoyani jalb etish siyosati amalga oshirilmoqda. 1980-yillardan etnik ziddiyatlar keskinlashgan. Shri Lanka — 1955-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 4-fevral — Mustaqillik kuni (1948). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 12-fevralda tan olgan va 1999-yil 13-oktabrda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birlashgan erkinlik ittifoqi, 1993-yil tuzilgan; Shri Lanka Kommunistik partiyasi, 1943-yil 3 iyudda tashkil etilgan; Shri Lanka xalq partiyasi, 1984-yil yanvarda tuzilgan; Birlashgan milliy partiya, 1946-yil asos solingan. Shri Lanka ozodlik partiyasi, 1951-yil tashkil etilgan; Shri Lanka sotsialistik partiyasi, 1935-yil dekabrda tuzilgan; Shri Lanka musulmonlar kongressi, 1980-yil tashkil etilgan; Tamil ozodlik birlashgan fronti, Tamil millatchi partiyalar bloki, 1972-yil asos solingan. Demokratik ishchilar kongressi, 1956-yil tashkil etilgan; Seylon ishchilar kongressi, 1940-yil tuzilgan; Seylon kasaba uyushmasi federatsiyasi, 1941-yil asos solingan; Umumseylon erkin kasaba uyushmalari federatsiyasi.
Xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shri Lanka — plantatsiya hoʻjaligi rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 18 %, sanoat 31 %, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 51 % ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqtisodiy faol aholining 70 % dan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida band. Hududining 1/3 qismi qishloq xoʻjaligida foydalaniladi. Iqtisodiyotining asosi — mahsuloti eksport qilinadigan oʻsimliklar (choy, kauchuk, kokos palmasi) oʻstirish. Choy yetishtirish boʻyicha Shri Lanka dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Ichki ehtiyoj uchun sholi, tariq, makkajoʻxori, dukkakli oʻsimliklar, batat, maniok, sabzavot, ziravorlar, texnika ekinlaridan tolali va moyli oʻsimliklar, shuningdek, banan, ananas yetishtiriladi. Qoramollardan, asosan, yuk tashishda foydalaniladi. Dengizdan baliq ovlanadi va marvarid olinadi.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanoatida grafit, qimmatbaho toshlar, tuz qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 4,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Choy va kauchukka ishlov berish, kopra va kokos moyi ishlab chiqarish sanoatning asosiy tarmoqlaridir. Yengil, oziqovqat sanoati, metallsozlik korxonalari bor. Mamlakatda turizm katta daromad keltiradi.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Transportida avtomobil transporti muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari uzunligi 102,6 ming km, temir yoʻl uzunligi 1,49 ming km. Tashqi savdo yuklari, asosan, kemalarda tashiladi. Asosiy portlari: Kolombo, Trinkomali, Galle. 111.L. chetga choy, marvarid, kauchuk, kokos palmasi mahsulotlari, qimmatbaho toshlar, toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlari chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va jihozlar, transport vositalari, maishiy texnika oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqalar davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Shri Lanka rupiyasi.
Kolombodagi tartibsizliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kolomboda 2022-yil 10-may kuni hukumat tarafdorlari va unga qarshi namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuv sodir boʻldi. Sakkiz odam halok boʻlib, 200 dan ortiq kish jarohat oldi. Politsiya odamlarni koʻzni yoshlantiruvchi vosita va suv bilan tarqatdi. Shri-Lankada 2022-yilning aprel va may oylaridan beri davom etayotgan namoyishlar qonli toʻqnashuvlarga aylangach, mamlakat Bosh vaziri Mahinda Rajapaksa isteʼfoga chiqdi. Bosh vazir — amaldagi prezident Gotabaya Rajapaksaning ukasidir. Namoyishchilar prezidentning istefosini ham talab qildi. Mamlakat 1948-yilda mustaqillikni qoʻlga kiritganidan buyon eng chuqur iqtisodiy krizisni boshdan kechirdi. Oziq-ovqat, yoqilgʻi va dori-darmon importi keskin kamaydi. Eksperlarning fikriga koʻra prezident Gotabaya Rajapaksa iqtisodiyotni jonlantirish uchun soliqlarni pasaytirgani teskari natija berdi, mamlakat yanada qarzga botdi. Hukumat esa mamlakatdagi inqiroz bir qancha iqtisodiy omillar va global jarayonlar oqibati deb hisoblashini aytdi.[1]
2022-yil 13-iyul kungi holatga koʻra Prezident Gotabaya Rajapaksaning mamlakatdan qochib ketishiga sababchi boʻlgan Shri-Lanka fuqarolari bosh vazir Ranil Vikramasingxening isteʼfosini talab qilib, uning kabinetini egallab olishdi. Isyon harakatiga yoshlantiruvchi gaz qoʻllayotgan xavfsizlik xodimlari bas kela olmadi. Mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul ortidan fuqarolar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar qayd etildi. Bosh vazir mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi. Muvaqqat hukumat tuzilgach barcha vazirlar isteʼfo berishi maʼlum qilindi.
Ayrim xabarlarga koʻra, oʻz vakolatini bosh vazirga topshirgan prezident isteʼfoga chiqishi kerak boʻlgan kunda rafiqasi bilan Maldiv orollariga qochib ketdi.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shri Lankada vrachlar untlarning 2 tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Mamlakatda 12 yillik maktab joriy qilingan. Boshlangʻich va kichik oʻrta maktabda taʼlim majburiy. Oʻqish davlat maktablarida bepul va u singal yoki tamil tillarida, oliy oʻquv yurtlarida ingliz tilida ham olib boriladi. Kolombo, Jafna, Moratuva va boshqalarshaharlarda universitetlar bor. Shuningdek, Kolomboda Texnologiya kolleji, Yuridik kollej, Jafna va boshqalar shaharlarda kollejlar bor.institutlarni Shri Lanka milliy ilmiy kengashi (1968-yil tuzilgan) muvofiklashtiradi.institutlar ilmiy va sanoat tadqiqotlari instituti (1955), qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari instituti (1972), tibbiyot tadqiqotlari instituti (1900), astronomiya rasadxonasi (1907), qishloq xoʻjaligi markaziy ilmiy tekshirish instituti (1965), choy instituti (1925)daolib boriladi. Kutubxonalari: Shri Lanka milliy muzeyi kutubxonasi, Kolombodagi jamoat va yuridik kutubxonalar, universitetlar huzuridagi kutubxonalar. Shri Lanka milliy muzeyi Kolombo, Kandi, Ratnapura, Anuradhapuradagi milliy muzeylarni birlashtiradi.
Meʼmorligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shri Lanka sanʼatining qadimiy davri (mil. av. 3-asr — mil. 8-asr) Hindiston sanʼatiga koʻp jihatdan oʻxshash boʻlib, asosan, Anuradhapuradagi buddaviylik bilan bogʻliq boʻlgan yodgorliklarda mujassamlangan. Oʻrta asr (8—13-asrlar)da qurilishlar aksariyat yangi poytaxt — Polonnaruvda olib borilgan. Shri Lanka mustaqillikka erishgach, milliy meʼmorlik maktabi shakllandi; shahar va qishloq majmualari paydo boʻldi. Meʼmorlikda oʻrta asr milliy belgilari hozirgi yevropa qurilish usullari bilan uygʻunlashib ketdi (Kolombodagi Davlat milliy assambleyasi binosi, 1948; „Silon Interkontinental“ mehmonxonasi, 1970-yillar boshi; Kolombodagi Solomon Bandaranaike haykali, 1976).
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shri Lankada bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Aylend“ („Orol“, ingliz va singal tillaridagi haftalik gazeta, 1981-yildan), „Davasa“ („Kun“, singal tilidagi kundalik gazeta, 1961-yildan), „Deyli nyus“ („Hafta yangiliklari“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1918-yildan), „Deyli observer“ („Kundalik kuzatuvchi“, ingliz tilidagi kundalik kechki gazeta, 1834-yildan), „Dinamina“ („Kun yangiliklari“, singal tilidagi kundalik gazeta, 1909-yildan), „Navayugayya“ („Yangi asr“, singal tilidagi jurnal, 1956-yildan), „San“ („Quyosh“, ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1964-yildan), „Silumina“ („Tojdagi qimmatbaho tosh“, „Dinamina“ gaz.ning yakshanbada chiqadigan bezakli nashri, 1930-yildan). Lankapuvat, milliy axborot agentligi, 1978-yil tuzilgan; Press Trast of Seylon, Shri Lankaning milliy kooperativ axborot agentligi, 1951-yil tashkil etilgan. Shri Lanka radioeshittirish korporatsiyasi, davlat xizmati, 1967-yil asos solingan. Telekoʻrsatuvlar 1979-yildan boshlangan.
Sanʼatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyoti, asosan, singal, shuningdek, tamil va ingliz tillarida rivojlanmoqda. Singal tilidagi dastlabki asar 6-asrda paydo boʻldi. Oʻrta asr singal adabiyoti qadimiy hind adabiyotidagi xronika va doston janrlarini oʻzlashtirdi. 13-asrdan buddaviylik gʻoyalarini targʻib etuvchi oddiy tilda yozilgan nasr muhim oʻrin egalladi. Vidyachakravartning „Buddaning qarorgohi“, Mayurapadetxeroning „Xayrehson tarixi“ pandnasihatlar toʻplami singal adabiyotida birinchi marta dehqonlarning ogʻir hayotini tasvirlagan muhim nasriy asardir. Qishloq hayoti budda rohiblari Dxarmasena, Dxarmakirtimaxatxero asarlarida ham aks ettiridsi. 15-asrda sheʼriyat, asosan, dostonmaktub yetakchi oʻrinni egalladi (Shri Raxula, Vettevetxero, Vidagama). 16-asr oxiri — 17-asr boshlari sheʼriyatining yorqin vakili Alagyavanna Moxottaladir. Portugal, niderland, keyinchalik inglizlar mustamlakachiligi adabiyot taraqqiyotini sekinlashtirdi. 20-asr boshlarida singal tilida S. de Silva, P. Sirisenaning birinchi romanlari paydo boʻldi. V.A Silva tarixiy va satirik roman, hikoyalar yozdi. Realizmning qaror topishi, singal adabiy tilining rivoji yozuvchi va adabiyotshunos M. Vikramasingxe (1891 — 1976) nomi bilan bogʻliq. U singal nasrida birinchi marta ishchilar sinfi vakili obrazini yaratdi. X. Munidas, G.B. Senanayake, K.Jayatilaki, E. Saratchandra kabi yozuvchilar oʻz asarlarida insonparvarlik gʻoyalarini olgʻa surdilar. M.Ratnayake, G. Liyanage, A.V. Suravira, K.Karunaratna roman va qissalarida muhim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Shoirlar S. Maxinda, S. Palansuriya, G.X. Perera va boshqalar, dramaturglar A. Samaravira, E. Saratchandra, V.A. Abesinxe va boshqalar samarali ijod qildilar. 1969-yil Shri Lankaning ilgʻor yozuvchilari „Xalq yozuvchilari fronti“ tashkilotiga birlashdilar. Shri Lankaning tamil tilidagi koʻp asrlik adabiyoti Hindiston tamil adabiyoti izidan rivojlanib kelmoqda. 20-asrda sheʼriyat, novella rivojlandi. Yozuvchi va shoirlardan S.P. Amarasingam, J. Vedjatunga, K. Daniyel, D. Jiva va boshqalar mashhur. Ingliz tilidagi adabiyot 19-asrda paydo boʻldi. R.L. Spittel, G. Virasuriya, R. Proktor, A. Ranasingxe, J. Gunaverdena 20-asrning mashhur yozuvchilaridir.
Tasviriy sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shri Lanka sanʼatining ilk davri Hindiston sanʼati, xususan, buddaviylik bilan bogʻlangan (ibodatxonalar haykallar bilan bezatilgan). Dunyoviy tosh haykaltaroshligining koʻpgina namunalari, maʼbudalarning metalldan yasalgan haykalchalari, qoyatoshlarga ishlangan mashhur Sigiriya naqshlari saqlangan. Mustamlakachilik davrida (16-asrdan) Shri Lankada amaliybezak sanʼati rivojlandi (metall, yogʻoch, fil suyagi, lok, tosh hamda loydan badiiy buyumlar ishlandi). Shuningdek, zargarlik bezaklari, badiiy gazlama, kashta, yogʻoch niqoblar tayyorlandi.
Shri Lankada professional dastgohlik sanʼati ingliz sanʼati taʼsirida 19-asr oxirida vujudga keldi. „Seylon sanʼati jamiyati“ birinchi badiiy uyushma boʻlgan (1888-yildan; rassomlar A. Amarasekera, J.D. A. Perera. T. Rajapaksha, S.G.Abeysingxe, D. Peynter va boshqalar). 20-asr boshlari ozodlik harakati taʼsirida Yevropadagi yangi oqimlar tajribalarini milliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirgan rassomlik maktabi shakllandi („43 guruhi“, rassomlar J. Keyt, G. Piyeris; „Milliy sanʼat jamiyati“). Shri Lankada badiiy hunarmandchilik rivojlangan (toʻquvchilik, yogʻoch va suyak oʻymakorligi, lokli buyumlar tayyorlash, qimmatbaho toshlarni qayta ishlash va hokazo).
Musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shri Lanka musiqasi uzoq vaqt Janubiy Hindiston musiqa madaniyati taʼsirida rivojlandi. Singallarda cholgʻu musiqasi vokal musiqadan ustun boʻlgan. Musiqa asboblari: bera barabanlari (5 turi bor), panteru (mis qoʻngʻiroqli halqa), talampot deb nomlangan mis tarelkalar, xoraneua (goboy turi), xagediya (turli shakl va oʻlchamdagi dengiz chigʻanoqlari) va boshqalar Raqs milliy bayram, diniy rasmrusum, teatr spektakllarining ajralmas qismi. Singallar qoʻshigʻi qisqa kuylardan iborat. Shri Lanka mustaqillikka erishgach, milliy madaniyatni saqlash masalalari bilan Singal madaniyati instituti shugʻullana boshladi. Kompozitorlar orasida P. Kemadasa, P. Dunstan de Silva, V.D. Amaradeva mashhur. Milliy raqs ansambli (1973), raqschilar oilasi avlodidan iborat raqs ansambli (1970-yillar), Shri Lanka simfonik orkestri va boshqalar jamoalar bor. Kolomboda Nafis sanʼat davlat kolleji (1953), Hukumat musiqa kolleji, universitet huzurida raqs maktabi faoliyat koʻrsatadi.
Teatri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shri Lanka teatr sanʼati xalqoʻyinlari, marosimlari va qadimdan shu orolda yashagan qabilalarning raqslaridan boshlangan. Xalq teatrlarining har xil turlari mavjud. Bular: kolam (raqs va pantomimalarga asoslangan niqobli tomosha teatri), sokari (komediya tomoshalarini namoyish etuvchi teatr) va boshqalar Zamonaviy teatrning vujudga kelishi Shri Lanka xalqining milliy ozodlik kurashi bilan chambarchas bogʻliq. 1920-yillarda professional truppalar vujudga keldi. Ularning repertuaridan milliy dramaturglar K.D.Bastian, D. de Silva asarlari oʻrin oldi. Shri Lanka mustaqillikka erishgach, milliy anʼanalarni tiklash va rivojlantirish imkoniyati tugʻildi. Yangi teatr turlari, jumladan, anʼanaviy va xalq raqs sanʼatini uygʻunlashtirgan balet teatri paydo boʻldi. 1944-yil birinchi professional raqqos va baletmeyster Chitrasena rahbarligida maktab va truppa (1955-yildan Chitrasena Seylon baleti) tashkil etildi. Mamlakatda havaskor teatr jamoalari ham mavjud.
Kinosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1948-yil „Singalafilm“ kinokompaniyasi tuzildi. Shri Lanka kinosanʼati rivojiga Hindiston kinosi taʼsiri katta. Dastlab tijorat filmlar yaratildi. Xalq hayotini haqqoniy aks ettiruvchi dastlabki filmlar 1950-yillarning oxiri — 1970-yillarda yaratildi („Taqdir chizigʻi“, „Maktub“, „Oʻzgargan qishloq“; hammasining rejissor L.D. Periyes). 1972-yil Davlat kinokorporatsiyasi tashkil etildi. 70-yillarda ilgʻor rejissorlar oʻz filmlarida muhim ijtimoiy muammolarni yoritdilar („Ezgu istak“, „Lasanda“, ikkovining rejissor K. Perera; „Nima boʻldi?“, rejissor P. Gunaratne; „Yetti dengiz“, rejissor S. Gunasinge). Sh. L. kinosida rejissor larD. Patxiraja, M. Sandasagera, S. Periyes va boshqalar mashhur. 80-yillardagi eng yaxshi filmlar: „Qayiqlar sohilga qaytganda“ (rejissor S. Aryavatna), „Ikki oila“ (rejissor S. Periyes).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |