Import
Import (lotincha importare — „olib kirish“) — biror molni mamlakatga sotish uchun olib kirish. Import mamlakati, deganda import qilinayotgan mol ishlab chiqarilgan mamlakat tushuniladi.
Import (ing . import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga oʻtkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qogozlar va b. keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sugʻurta, ilmiy-texnika bilimlari va b. xizmatlar harajatlari ham I. tarkibiga kiradi.
I. bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va b. notarif tarzdagi vositalar bilan tartibga solinadi. I.ning eksportaan ustunligi mamlakatning tash-qi savdosida salbiy saldoni vujudga keltiradi va bu hol mamlakatning umumiy iqtisodiy salohiyatida salbiy hodisa deb qaraladi.[1]
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli toʻsiq sifatida bojxona bojlarini oshirish va cheklovlar qoʻyilishi tushuniladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |