Kontent qismiga oʻtish

Shor tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shor tili
Milliy nomi Шор тили, Тадар тили
Mamlakatlar  Rossiya
Mintaqalar Kemerov viloyati
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2839[1]
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Xakas guruhi
shimoliyoltoy guruhi
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-1 -
ISO 639-3 cjs

Shor tili — turkiy tillarning uygʻuroʻgʻuz guruhidagi xakas guruhchasiga mansub til; Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida, qisman Oltoy va Xakas Respublikalarida tarqalgan. Shorlarning umumiy soni 16,6 ming kishi boʻlsada, Shor tilida soʻzlashuvchilar 10 ming kishi atrofida, xolos. 2 ta asosiy lahjasi bor: mrass yoki shimoli-gʻarbiy (xakas tiliga yaqin) va kondom (oltoy tilining shimoliy lahjalariga yaqin).

Leksikasida ovchilik terminologiyasi rivojlangan, moʻgʻulcha va ruscha oʻzlashmalar uchraydi. Shor tilining mrass lahjasi yetakchi hisoblanib, adabiy til ana shu lahja asosida shakllangan, oʻtgan asrning 20—30-yillarida unda boshlangʻich sinflar uchun darsliklar yaratilgan. Hozirgi kunda Shor tili adabiy til sifatida mavjud emas, u faqat qabilaurugʻlar ichidagi soʻzlashuv tilidir. Shorlar yozma adabiy til sifatida oʻzlariga yaqin xakas tilidan, shuningdek, rus tilidan foydalanadilar. Yozuvi 1927-yildan rus grafikasi asosida, 1930-yildan lotin grafikasi asosida, 1938-yildan yana rus grafikasi asosida shakllangan.

  • Baskakov N.A., Vvedeniye v izucheniye tyurskix yazmkov, 2izd., M., 1969.

Shor tili (shor tilida atalishi Шор тили) — shor xalqining tili. Rossiyaning Kemerov viloyatida tarqalgan. Shor tilida gaplashuvchilar soni 2839 kishi (2010). Turkiy tillarning xakas guruhiga kiradi. Shor tilida 14 mingga yaqin kishi gaplashadi (2001). Oktyabr revolyutsiyasigacha alifbosi boʻlmagan. Shor tilida kirill alifbosiga asoslangan ilk alifbosi 1927-yili tashkil topgan. Shor tilida 16-ta jarangli, 25-ta jarangsiz harf bor. Shor tili xakas tiliga yaqin mrassu yoki zavodialektiga va oltoy tilining shimoliy dialektiga oʻxshash xondom yoki y-dialektiga boʻlinadi. Adabiy tili mrassa dialektiga asoslangan. Lugʻat tarkibi tomonidan xakas bilan oltoy tillariga yaqin. Til tarkibida moʻgʻul tili bilan rus tilidan kirgan soʻzlar koʻp uchraydi. Shor tili — Oltoy togʻining shimoliy diyorida yashaydigan oz sonli xalqning ogʻzaki gapirish tili. Shorlarning umumiy soni — 16 572. Shor tili marass va kondam dialektlariga boʻlinadi. Adabiy tili shakllanmagan.

Shor alifbosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kirillcha Lotincha Kirillcha
1885 1927-1930 1930-1938 1938-1980 1980–hozirgi alifbosi
А а A a A a А а А а
Б б Б б B в Б б Б б
В в В в V v В в В в
Г г Г г G g Г г Г г
Г г Г г Ƣ ƣ Г г Ғ ғ
Д д Д д D d Д д Д д
Е е Е е Е е Е е
Ё ё
Ж ж Ж ж Ƶ ƶ Ж ж Ж ж
З з З з Z z З з З з
И и, I i, Ѵ ѵ И и I i, Į į И и И и
Й й Й й J j Й й Й й
К к К к K k К к К к
К к К к Q q К к Қ қ
Л л Л л L l Л л Л л
М м М м M m М м М м
Н н Н н N n Н н Н н
Ҥ ҥ Ҥ ҥ N̡ n̡ Нъ нъ Ң ң
О о О о О о О о О о
Ӧ ӧ Ө ө Ө ө Ӧ ӧ Ӧ ӧ
П п П п P p П п П п
Р р Р р R r Р р Р р
С с С с S s C c C c
Т т Т т T t Т т Т т
У у У у U u У у У у
Ӱ ӱ Ӱ ӱ Y y Ӱ ӱ Ӱ ӱ
Ѳ ѳ Ф ф F f Ф ф Ф ф
Х х Х х Х х Х х
Ц ц Ц ц Ц ц Ц ц
Ч ч, J j Ч ч C c Ч ч Ч ч
Ш ш Ш ш Ş ş Ш ш Ш ш
Щ щ Щ щ Щ щ
ъ ъ ъ
Ы ы Ы ы Ь ь Ы ы Ы ы
ь ь ь ь
Э э Э э Ə ə, Е е Э э Э э
Ю ю Ю ю Ю ю Ю ю
Я я Я я Я я Я я