Dolgan tili
Dolgan tili | |
---|---|
Milliy nomi | Дулҕан |
Mamlakatlar | Rossiya[1] |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 1054[2] |
Alifbosi | Kirill alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-3 | dlg[3] |
Dolgan tili — turkiy tillarning sharqiy tarmogʻiga mansub tillardan biri. RFda Taymir (Dolgan-Nenets) muxtor okrugida, shuningdek, Saxa Respublikasida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5 ming kishidan ortiqroq (1990-yillar oʻrtalari). Dolgan tili aloqida rivojlanishi va evenk tilittg taʼsiri ostida qayta qurilishi jarayonida mustaqil til sifatida saxa tilitn ajralib chiqqan. Oʻz navbatida noril, pyasin, avam, xatang va popigay shevalaridan tashkil topgan. Bir qancha fonetik, morfologik jihatlari bilan boshqa turkiy tillardan, xususan, saxa tilidan farq qiladi.
Dolgan maktablariga moslashtirilgan alifbe 1933-yilda saxa tilida nashr etilgan. 1973-yilla Dolgan tilidagi birinchi kitob — Ogdo Aksyonovaning sheʼrny goʻplami, 1984-yilda esa Dolgan tili alifbesi nashr qilinadi. Baʼzi olimlar (masalan, N.A.Baskakov) Dolgan tilini saxa tilining bir lahjasi deb hisoblaydilar[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ "Dolgan tili" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Baskakov N., Vveleniye p izucheniye tyurkskix yazshkov. 2 izd., M. 1969.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |