Oʻgʻuz tillari
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Oʻgʻuz guruhi | |
---|---|
Janubi-gʻarbiy turkiy | |
Joʻgʻrofiy taqsimlanishi: |
— |
Lingvistik turkumlanishi: |
Oltoy tillari
|
Boʻlinishi: | |
Oʻgʻuz tillarining Yevroosiyo boʻylab tarqalishi |
Oʻgʻuz tillari — turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub bir qancha oʻlik hamda hozirgi isteʼmolda boʻlgan jonli tillar. Umuman, Oʻgʻuz tillari 3 ta alohidaalohida guruhchalarga boʻlinadi: 1) oʻgʻuzturkman guruhchasiga 10—11-asrlarda mavjud boʻlgan oʻlik oʻgʻuz tili hamda hozirgi turkman tili va truxmen tili (Stavropol turkmanlarining tili) kiradi; 2) oʻgʻuzbulgʻor guruhchasi qadimiy bijanaklar va ularning tili hamda hozirgi gagauz tili va Bolqondagi bir qancha turkiy urugʻlar (surgʻuch, gajal, qaramanli, qizilbosh va boshqalar) tilini oʻz ichiga oladi; 3) oʻgʻuzsaljuq guruhchasi esa qadimiy saljuq (11 —14-asrlar), eski usmonli (14—19-asrlar) va eski ozarbayjon (14—19-asrlar) singari oʻlik tillarni hamda hozirgi ozarbayjon tili va turk tilini, shuningdek, qrimtatar tilining jan. lahjasini qamrab oladi.
Hozirgi Oʻgʻuz tillari Orol-Kaspiy boʻylaridan Bolqon yarim oroligacha boʻlgan ulkan hududda tarqalgan. Oʻgʻuz tillari va ayrim tillarning oʻgʻuz lahjalarida soʻzlashuvchilarning soni hozirgi kunda 77—78 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning oxirlari). Oʻgʻuz tillarining barchasi uchun xos boʻlgan til xususiyatlari, asosan, fonetika sohasida boʻlib, bunga soʻz boshidagi t, k, q undoshlarining jaranglilashuvi (koʻz > gyoz, til > dil, kelmak > galmak), soʻz boshidagi baʼzi undoshlarning tushib qolishi (boʻlmoq > oʻlmak, hoʻkiz > oʻkuz), baʼzi affikslar boshidagi g , gʻ undoshlarining tushib qolishi (kelgan > galan, olgan > alan) va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Oʻgʻuz tillari boshqa guruhdagi turkiy tillardan, mas, qipchoq tillaridan leksika sohasida ham anchamuncha farqlanadi.
Oʻgʻuz tillarining barchasi 20-asrning 30-yillarigacha arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalangan, 1928—29 yillardan lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtgan; SSSRda yashovchi ozarbayjon va turkmanlar 1940—92 yillarda rus grafikasidan foydalanib, keyin yana lotin grafikasi asosidagi yozuvni joriy etganlar. Bolqondagi ayrim mayda turkiy tillar yunon alifbosi asosidagi yozuvdan, Eron va Afgʻonistonda yashovchilar esa arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar.
Oʻgʻuz tillari — turkiy tillar guruhi. Shuningdek janubi-gʻarbiy turkiy tillar nomi bilan ham mashhur. Osiyoda va Ovroʻpaning janubiy va sharqiy qismlarida tarqalgan.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barcha oʻgʻuz tillari eski oʻgʻuz tiliga borib taqaladi.
Tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻgʻuz guruhi tarkibiga quyidagi tillar kiradi:
- salar;
- shimoliy oʻzbek
- * iqon-qorabuloq;
- * qoramurt;
- xorazm (Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qozogʻistondagi lahjalar guruhi, A. N. Samoylovich turkumlashida xiva-oʻzbek va xiva-sart lahjasi deb izoh berilgan va qipchoq-turkman guruhiga kiritilgan) — oʻzbek tilining oʻgʻuz shevasi hisoblanadi;
- xuroson-turkiy — turkman va xorazm tillariga yaqin boʻlgan til;
- * bojnurdi;
- turkman
- * truxman (shimoliy kavkaz turkman) — turkman shevasi (Shimoliy Kavkazdagi, asosan Stavropol oʻlkasidagi etnolekt);
- ozarbayjon
- * aynallu, afshar, qashqay, salchuq va mustaqil til sifatida qaraladigan ozarbayjon tilining boshqa shevalari;
- sonkori-turkiy — ozarbayjonchaga yaqinlashgan oʻgʻuz turidagi nutq, lekin xorasoni-turkiy lahjalari bilan oʻxshashlik tomonlari aniqlangan til;
- siriy-turkman shevalari — turkman yoki turk tili shevalari;
- turk
- * oʻsmon (seljuk, qadimgi anatolik) †
- * kipr va bolqon-turk shevalari
- * urum salkiy — shunigdek hozigi vaqtda ozarbayjon tilining mustaqil tili yoki shevasi hisoblanadi.
- * qirim-tatar janubiy sohili shevasi
- ** urum azov oldi oʻgʻuz shevasi;
- gagauz tili
- * bolqon-gagauz
- * asl gagauz;
- bijanak (pecheneg) † — qora klobuklar, bijanaklar, uzlar, gʻuzlar, torklar, qovular, turpeylar, boutlar, kaspiylar, berendeylar nomlari bilan mashhur bir qator turk qabilalari tili.
Ichki turkumlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- N. A. Baskakov. Тюркские языки. M., 1962 (qayta nashr., M., 2006);
- E. R. Tenishev (tah.). Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Региональные реконструкции. M., 2002;
- Языки мира. Тюркские языки. M., 1997, Bishkek, 1997.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |