Kontent qismiga oʻtish

Qaraim tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qaraim tili
Milliy nomi Къарай тили, Karaj tili
Mamlakatlar  Ukraina
 Litva
Rasmiylik holati yoʻq
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250
Tartiblovchi tashkilot yoʻq
Holati oʻlish arafasida
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Alifbosi kirill, lotin
Til kodlari
ISO 639-1 (?)
ISO 639-2 (?)
ISO 639-3 kdr

Qaraim tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til. Litvaning Vilnyus shahri atrofida, asosan, Trakay va Panevejis shahrilarida, Ukraina jan.idagi Lutsk va Galich shahrilari atrofida, Qrimda, qisman Polsha, Rossiya Federatsiyasi va boshqalar hududlarda tarqalgan.

Qaraim tili adabiy til sifatida shakllanmagan, hozirgi ogʻzaki soʻzlashuv tili esa qaraimlarning asosiy yashash joylariga mos tarzda nomlangan uch lahjaga: trakay (shim.), galich (jan.) va qrim lahjalariga ega. Ular oʻzaro fonetik va leksik jihatdan farqlanadi: trakay va qrim lahjalarida 8 ta, galich lahjasida esa 6 ta unli fonema bor; qrim va trakay lahjalarida soʻz boshida va oxirida "ch" qoʻllansa, galich lahjasida ayni oʻrinlarda "s" ishlatiladi (chach — sats "soch"); qrim va trakay lahjalarida soʻz oxiridagi "sh" galich lahjasida "s" talaffuz etiladi (bash — bas "bosh"). Qrim lahjasi qrimtatar tiliga yaqin boʻlsa, trakay va galich lahjalari sintaksisiga slavyan tillari kuchli taʼsir koʻrsatgan. Leksikasida koʻplab turkiy soʻzlar bilan bir qatorda rus, polyak, ukrain, belorus, litva, grek va italyan tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham uchraydi. Qaraimlar qadimiy yahudiy, lotin va rus alifbolaridan foydalanganlar. Litvadagi qaraimlar oʻz ogʻzaki ona tillari bilan bir qatorda, litva va rus adabiy tillaridan ham foydalanadilar.

  • Musayev K.M., Grammatika karaimskogo yaznka, M., 1964; Baskakov N.A., Vvedeniye vizucheniye tyurskix yazmkov, 2izd., M„ 1969.

Qaraim tili (qirim dialekti — kʼaray tili, trakay dialekti — karaj tili  — qaraim xalqining tili. Qaraim tili turkiy tillar ichidagi qipchoq guruhiga kiradi. Qaraim tilida Ukraina hududida bor yoʻgʻi 72 kishi gaplashadi.[1].

1920-30-yillardagi qaraim lotin alifbosi

A a B ʙ C c Ç ç D d E e F f G g
H h I i J j Q q Ƣ ƣ L l M m N n
Ꞑ ꞑ O o Ɵ ɵ P p S s Ş ş Ь ь K k
U u V v Y y R r T t X x Z z Ƶ ƶ

Hozirgi kunda Litvalik qaraimlar lotin alifbosini, Qirimliklari esa kirill alifbosini foydalanishadi.

Qirimlik qaraimlarning kirill alifbosi

А а Б б В в Г г Гъ гъ Д д Дждж Е е
Ж ж З з И и Й й К к Къ къ Л л М м
Н н Нъ нъ О о Ӧ ӧ П п Р р С с Т т
У у Ӱ ӱ Ф ф Х х Хъ хъ Ц ц Ч ч Ш ш
Щ щ Ъ ъ Ы ы Ь ь Э э Ю ю Я я