Salar tili
Salar tili | |
---|---|
Milliy nomi | Salırça, سالارچا |
Mamlakatlar | Xitoy |
Rasmiylik holati | yoʻq |
Mintaqalar | Sinxay, Gansu |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 60 000 |
Tartiblovchi tashkilot | yoʻq |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi | |
Alifbosi | lotin, arab |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | - |
ISO 639-2 | tut |
ISO 639-3 | slr |
Salar tili — Xitoyning Sinxay va Gansu provinsiyalarida istiqomat qiluvchi salar xalqining tili. XXR-dagi Sinxay provinsiyasining Syunxua-Salar avtonomiya uezida yashovchi turkiy xalqining tili. Salarlarning soni 90 mingdan ziyod, shularning 60 mingi salarcha[1], qolganlari xitoycha gaplashadi. Uzoq vaqt Xitoy, Tibet, Moʻgʻul tilli xalqlarning orasida yashaganlikdan, shu tillardan salar tili tarkibiga koʻplab kirib kelgan.
Salarlar hozirgi kunda yashayotgan eriga 14 asrlarda hozirgi Oʻzbekiston eridan koʻchib kelhan (salar afsona boʻyicha). Salar tili oʻgʻuz tillariga yaqin, biroq hozir boshqa tillarning (tibet, xitoy, v.h.) taʼsiriga uchragan.
Alifbosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1969/70 yıllarda Lotin alifbosi kirib keldi.
А а | B b | C c | Ç ç | D d | Е е | F f | G g |
Ğ ğ | H h | I ı | İ i | J j | K k | L l | M m |
N n | Ñ ñ | O o | Ö ö | Р р | Q q | R r | S s |
Ş ş | T t | U u | Ü ü | V v | X x | Y y | Z z |
OʻzME
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salor tili — turkiy tillardan biri. XXRning bir qator gʻarbiy viloyatlarida, asosan, Sinxay viloyatining SyunxuaSalor muxtor uyezdida tarkalgan. Soʻzlashuvchilar soni 22 ming kishidan ortiq. Dialektal jihatdan boʻlinishi deyarli sezilmaydi; garbiy, sharqiy va oraliq sheva guruhlari farqlanadi. Tarkibidagi anchagina qad. unsurlar St.ni turkiy tillarning qipchoq guruhi bilan aloqadorligini koʻrsatadi. Qad. oʻgʻuz qatlami bilan qipchoq unsurlari qatlami qoʻshilishi natijasida Salor tilida joʻnalish kelishigi affikslari ikkiga tarmoqlanib (a/e, gʻa/ga), qaratqich va tushum kelishiklari esa bir shaklga (ni) birlashadi, oʻtgan zamon feʼli gʻan va mish shakllariga ega boʻladi. Bunday parallelliklar leksikada ham uchraydi. 14-asr da salorlar Xitoyga koʻchganlaridan keyin Salor tiliga qipchoq tillarining taʼsiri toʻxtab, boshqa tizimdagi tillarining (xitoy, tibet) taʼsiri boshlanadi. Salor tilida 15 — 17-asrlarga mansub diniy va tarixiy mazmundagi asarlar (arab grafikasida) saqlanib qolgan. Hozirgi St. oddiy soʻzlashuv tili hisoblanadi.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Salarskiy yazik v „Ethnologue“
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil