Kontent qismiga oʻtish

Sayfullo Sharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayfullo Sharipov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sayfullo Sharipov
Tavallud sanasi 9-aprel 1976-yil
Tavallud joyi Samarqand,
Oʻz SSR, USSR
Boʻyi 182 m (597 ft 1 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997 MHSK 4 (1)
1997   Yangiyer 12 (1)
1998—1999 Yangiyer 4 (0)
2000 Guliston 27 (1)
2001 Zarafshon 32 (0)
2002 Mashʼal 18 (0)
2003—2004 Dinamo 11 (0)
2005 Metallurg 12 (0)
2005   Soʻgʻdiyona 8 (0)
2006 Dinamo 5 (0)
Boshqargan klublari
2012—2014 Sherdor
2016 Dinamo
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sayfullo Sharipov (ruscha: Шарипов, Сайфулло; 1976-yil 9-aprel Samarqand, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Futbol murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bitiruvchisi. Sayfullo Sharipov professional faoliyatini 1997-yilda Toshkent MHSKda boshlagan. Sharipov oʻzining debyut mavsumida MHSK tarkibida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Oʻsha mavsumning ikkinchi yarmida ijara asosida Yangiyerga koʻchib oʻtdi va yarim mavsum davomida 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 1998-yil boshida „Yangiyer“ futbolchini toʻliq sotib oldi va Sharipov keyingi ikki mavsumni „Yangiyer“ jamoasida oʻynagan. 2000-yilda Gulistonga koʻchib oʻtgan va bir mavsumda 27 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Keyingi yili u „Zarafshon“ Navoiy safida bir mavsum toʻp surgan va buning uchun 32 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2002-yilgi mavsumda Sayfullo „Muborak Mash’al“ jamoasida oʻynagan.

2003-yili Samarqandning „Dinamo“siga qaytib, ikki mavsum ular safida oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda yarim mavsumni Bekobodning „Metallurg“ va Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klublarida oʻtkazgan. 2006-yilda u oʻzining tugʻilgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasida futbolchi sifatidagi professional faoliyatini yakunlagan.

Murabbiy sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda Sayfullo Sharipov Samarqandning qayta tashkil etilgan „Sherdor“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan[1]. Oʻsha yili uning rahbarligida jamoa ilk bor Oʻzbekiston chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan va oʻz guruhida birinchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston birinchi ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan[2]. Birinchi ligaga chiqqanidan keyin Sayfullo Sharipov 2014-yilning oxirigacha „Sherdor“ni boshqarishda davom etgan. Keyin Samarqandning „Dinamo“ jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan[3].

  • Oʻzbekiston chempioni: 1997-yil