Saparmurod Niyozov
Saparmurod Niyozov | |
---|---|
turkmancha: Saparmyrat Nyýazow | |
Saparmurod Niyozov 1998-yilda | |
Turkmaniston Prezidenti | |
Mansab davri 1991-yil 27-oktyabrdan – 2006-yil 21-dekabrgacha | |
Hukumat boshligʻi | Xon Ahmedov |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Gurbanguli Berdimuhamedov |
Turkmaniston demokratik partiyasi raisi | |
Mansab davri 1991-yil 16-dekabrdan – 2006-yil 21-dekabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Gurbanguli Berdimuhamedov |
Turkmaniston SSR Prezidenti | |
Mansab davri 1990-yil 27-oktyabrdan – 1991-yil 27-oktyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi siyosiy byuro aʼzosi | |
Mansab davri 1990-yil 4-iyuldan – 1991-yil 6-noyabrgacha | |
Prezident | Mixail Gorbachyov |
Turkmaniston SSR Oliy Soveti raisi | |
Mansab davri 1990-yil 18-yanvardan – 1990-yil 2-noyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Orazgeldi Ovazgeldiyev |
Vorisi | Saxat Muratov |
Turkmaniston SSR Kommunistik partiyasi birinchi kotibi | |
Mansab davri 1985-yil 21-dekabrdan – 1990-yil 16-dekabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Muhammadnazar Gʻofurov |
Vorisi | lavozim bekor qilingan |
Turkmaniston SSR Ministrlar Soveti raisi | |
Mansab davri 1985-yil 18-martdan – 1986-yil 4-yanvargacha | |
Oʻtmishdoshi | Chori Qoriyev |
Vorisi | Annamurod Xoʻjamurodov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
19-fevral 1940-yil Qipchoq, Turkman SSR, Sovet Ittifoqi |
Vafoti |
21-dekabr 2006-yil (66 yoshda) Ashxobod, Turkmaniston |
Siyosiy partiyasi |
KPSS (1962—1991) |
Turmush oʻrtogʻi | Muza Niyozova |
Bolalari |
|
Onasi | Gurbansultan Niyozova |
Otasi | Atamurat Niyozov |
Kasbi | muhandis-energetik |
Dini | Islom (hanafiylik) |
Mukofotlari | |
Mansubligi | Turkmaniston Qurolli Kuchlari |
Xizmat yillari | 1991—2006 |
Unvoni | Armiya generali |
Saparmurod Atayevich Niyozov (turkmancha: Saparmyrat Ataýewiç Nyýazow; 1940-yil 19-fevral, Qipchoq, Ashxobod viloyati, Turkmaniston SSR, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi — 2006-yil 21-dekabr, Ashxobod, Turkmaniston) — sovet, turkman davlat va siyosat arbobi. Turkmanistonning birinchi prezidenti (1991—2006). „Buyuk Turkmanboshi“ deb eʼtirof etilgan. Davlatni vafotigacha boshqargan. 1985-yildan 1991-yilgacha Turkmaniston kommunistik partiyasining birinchi kotibi boʻlgan. 1991-yilgi Sovet davlat toʻntarishiga urinishni qoʻllab-quvvatlagan.
Otasi Ikkinchi jahon urushida, onasi esa Ashxobod zilzilasida vafot etganidan soʻng, Niyozov yetim qolgan va bolalar uyida oʻsgan. Leningrad politexnika institutida oʻqib yurganida Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ga aʼzo boʻldi. Turkmaniston SSRga qaytib kelganidan soʻng, 1970-yildan partiya pillapoyalaridan tez koʻtarila boshladi. 1985-yilgacha Turkmaniston Kommunistik partiyasining birinchi kotibi lavozimlarida faoliyat koʻrsatdi. Turkmaniston SSRdagi prezidentlik saylovida Kommunistik partiya nomzodi sifatida prezident etib saylangan. Mavjud kuch tuzilmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Niyozov Turkmaniston mustaqilligi eʼlon qilingach, davlatning birinchi rahbari boʻldi. Mustaqillikdan keyingi Turkmaniston prezidentligiga saylovda Niyozovga hech qanday raqib boʻlmagan. 1994-yil yanvarida boʻlib oʻtgan referendumda prezidentning vakolat muddati besh yildan oʻn yilgacha uzaytirildi. 1999-yilda Turkmaniston parlamenti Niyozovni umrbod davlat rahbari etib tayinladi. Turkmaniston ommaviy axborot vositalari tomonidan „Turkmaniston Prezidenti va Turkmaniston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Janobi Oliylari Saparmurod Turkmanboshi“, „Buyuk Turkmanboshi“ nomlari bilan taʼriflangan. 1999-yilda Turkmaniston Assambleyasi Niyozovni mamlakatning umrbod prezidenti deb eʼlon qildi.
Niyozov 1991-yilgi Sovet davlat toʻntarishiga urinishni qoʻllab-quvvatlagan. Toʻntarish barbod boʻlgach, Turkmanistonni Sovet Ittifoqidan ajratishga kirishdi. Turkmaniston Oliy Kengashi 1991-yil 27-oktyabrda Turkmanistonni mustaqil deb eʼlon qildi va Niyozovni mamlakatning birinchi prezidenti etib tayinladi. 1992-yil 21-iyunda prezidentlik saylovida Niyozov yagona nomzod sifatida koʻrsatildi va mamlakatning birinchi prezidenti etib saylandi. Bir yil oʻtgach, oʻzini „Buyuk Turkmanboshi“ deb eʼlon qildi.
Oʻz davrida dunyodagi eng totalitar, despotik va repressiv diktatorlardan biri edi. U oʻz atrofida shaxsga sigʻinish rejimini joriy qildi va mamlakatga oʻzining gʻayrioddiy talablarini yukladi. Masalan, turkman oylari va hafta kunlarini oʻzining avtobiografik „Ruhnoma“ asaridagi personajlarga oʻzgartirdi. 2005-yilda poytaxt Ashxoboddan tashqaridagi barcha qishloq kutubxonalari va kasalxonalarini yopib qoʻydi. Oʻsha paytda aholining yarmidan koʻpi qishloq joylarda istiqomat qiladigan mamlakatda, „Agar odamlar kasal boʻlsa, ular davolanishlari uchun Ashxobodga kelishlari mumkin“ligini aytgan. Uning hukmronligi davrida Turkmaniston aholisi Markaziy Osiyoda eng past umr koʻrish darajasida edi.
Tashqi siyosatda Niyozov Turkmanistondagi siyosiy oʻzgarishlarga tashqi taʼsirning oldini olishga qaratilgan doimiy betaraflik konsepsiyasini qoʻllagan[1].
1993-yilda „Yangi siyosiy-iqtisodiy sharoitlarda bozor iqtisodiyotiga oʻtish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish“ mavzusida doktorlik ilmiy ishini himoya qilgan. Iqtisod fanlari doktori ilmiy unvonini olgan. Shu yili Turkmaniston fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan.
1994-yilda parlament Niyozovning „10 yillik rivojlanish rejasini amalga oshirilishini nazorat qilish“ uchun prezidentlik vakolatini 2002-yilgacha uzaytirdi. Rasmiy natijalar shuni koʻrsatdiki, saylovchilarning 99,9 foizi bu taklifni maʼqullagan. 1999-yil 28-dekabrda parlament Niyozovni umrbod prezident deb eʼlon qildi[2]. Shu yilda Armiya generali oliy harbiy unvonini olgan[3].
Muxolifat qatʼiyan man etilgan va asosiy muxolifat vakillari qamoqqa olingan[4]. Televizion kanallardagi logotip sifatida Niyozovning qomati tasvirlangan. Uning baʼzi farmonlarining gʻayrioddiyligi, prezident suratlarining koʻpligi, ayniqsa, gʻarb mamlakatlarida, despotik rahbarning oʻzini ulugʻlayotgani, aholi esa hech qanday foyda koʻrmayotgani haqida tasavvur paydo boʻlishiga olib keldi. Shu va boshqa sabablarga koʻra, AQSh hukumati Niyozov vafot etgunga qadar uning shaxsiyatiga sigʻinish — davlat tomonidan oʻrnatilgan din darajasiga yetganligini taʼkidladi[5].
Uning prezidentligi koʻp jihatdan yaroqsiz boʻlgan markazlashtirilgan sovet modelining koʻrinishi bilan tavsiflanadi. Matbuot erkinligi va ozchilikni tashkil qiluvchi diniy guruhlarning huquqlari poymol etilgan edi. Oʻziga xos turkman tabiatiga ega boʻlgan yangi bayramlarni yaratdi va rus kirill alifbosi oʻrniga lotin asosidagi yangi turkman alifbosini joriy qildi[6].
Hukmronligi davrida markaziy rejalashtirishdan bozor iqtisodiyotiga va toʻliq demokratiyaga oʻtish zarurligini taʼkidlagan boʻlsa-da, hech bir reja amalga oshmadi[7].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolaligi va taʼlimi (1948—1970)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Niyozov 1940-yil 19-fevralda Turkmaniston SSRning Ashxobod yaqinidagi Qipchoq (Gipjak) qishlogʻida tugʻilgan. Turkmanlarning nufuzli Taka qabilasidan[8]. Onasi Gurbansultan vafotidan soʻng, bolalar uyida oʻsdi. Keyinchalik, uzoq qarindoshlari bilan yashadi[8].
1957-yilda maktabni tugatgach, Moskva energetika institutida energetika texnologiyasi boʻyicha tahsil oldi. Birinchi kursdan keyin, 1958-yil boshida Turkmaniston SSRga qaytdi[9][10]. 1960-yildan foydali qazilmalarni qidirish ishlari tashkilotlari kasaba uyushmasida instruktor bo‘lib ishlagan. 1963-yilda Leningrad politexnika instituti muhandislik fakultetiga oʻqishga kirdi. Institutda rus-yahudiy oilasidan boʻlgan boʻlajak rafiqasi Muza Melnikova bilan tanishdi. Shuningdek, 1962-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi. 1967-yilda Leningrad politexnika institutini muhandislik ixtisosligi bo‘yicha tamomlab, Ashxobodga qaytib keldi[11].
Kommunistik partiyadagi faoliyati (1970—1992)
[tahrir | manbasini tahrirlash]1967—1970-yillarda Turkmaniston poytaxtining shimoli-g‘arbidagi Buzmeyin shahrida joylashgan elektr stansiyasida ishlagan. Shu bilan birga Turkmaniston Kommunistik partiyasidagi faoliyatini ham davom ettirdi[7]. 1970-yildan Niyozov avvalgi ishidan voz kechdi va Kommunistik partiyada faol ishlay boshladi[12][13]. 1970—1975-yillarda Turkmaniston Kompartiyasining transport va sanoat boʻyicha instruktori boʻlib ishlagan, 1975-yilda Turkmaniston Kompartiyasida sanoat boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga koʻtarilgan. 1976-yilda Toshkentdagi Oliy partiya maktabini bitirib, Ashxobodga qaytib keldi. 1979-yilda Turkmaniston Kompartiyasida sanoat boʻlimi boshligʻi, 1980-yilda kommunistik partiya Ashxobod qo‘mitasi raisi bo‘ldi. 1984-yildan KPSSda tashkiliy va partiyaviy ishlar boʻyicha instruktor boʻlgan[14]. 1985-yil avgust oyida „Pravda vostoka“ partiya gazetasida chop etilgan maqolada Turkmaniston paxtachilik sanoatidagi kamchiliklar bayon etilgan va mamlakat rahbariyati tanqid qilingan edi. Ushbu maqola ortidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida, 1985-yil 1-dekabrda partiya rahbariyati Birinchi kotib Muhammadnazar Gʻofurov boshchiligida ishdan boʻshatildi[15]. Gʻofurov oʻrniga Niyozov Turkmaniston Kompartiyasiga Birinchi kotib boʻldi[16]. 1986-yildan 1991-yilgacha Niyozov KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi va 1990-yildan 1991-yilgacha KPSS Siyosiy byurosi aʼzosi boʻlgan[17][18]. Niyozov davrida Turkmaniston Kommunistik partiyasi Sovet Ittifoqidagi eng qattiqqoʻl va isloh qilinmagan partiya tashkilotlaridan biri sifatida qaralgan[19]. 1990-yil 13-yanvarda Niyozov respublikaning oliy qonun chiqaruvchi organi boʻlgan Turkmaniston SSR Oliy Kengashining raisi boʻldi[7].
Prezidentlik davri (1990—2006)
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilgi Konstitutsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkmaniston mustaqillikka erishgach, Niyozov sovet davridagi kuch apparati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda, davlat rahbari lavozimini saqlab qola oldi[7][20]. 1992-yil 18-mayda Turkmanistonning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi. Prezidentga ijro hokimiyati rahbari sifatida keng vakolatlar berildi. U sudyalarni qonun chiqaruvchi organning roziligisiz tayinlash huquqini oldi. Bu Niyozovga sud tizimiga bevosita taʼsir oʻtkazish va hukumatga sodiq sud tizimini oʻrnatish imkonini berdi. Qonun chiqaruvchi organ rasmiy ravishda Turkmaniston Assambleyasi va Xalq Maslahatidan iborat ikki palatali parlament orqali shakllantirildi. Turkmaniston Assambleyasining 50 nafar aʼzosi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻpchilik tomonidan besh yil muddatga Xalq Kengashiga nomzodlar orasidan saylangan. Qolgan 50 nafari Prezident tomonidan tayinlangan. Yangi konstitutsiya kuchga kirishi bilan hukumat rahbarligi ham prezidentga o‘tdi. Bosh vazir Xon Ahmedov isteʼfoga chiqdi[21].
Prezidentlik va parlament saylovlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yil mart oyida Turkmaniston Demokratik partiyasi (TDP) Niyozov rahbarligida tashkil etilgan[18]. 1992-yilgi prezidentlik saylovlarida, Niyozov yangi tashkil etilgan Turkmaniston Demokratik partiyasidan nomzod boʻldi. Saylovchilarning 99,5 foizi Niyozov uchun ovoz berdi[22][23][24].
1994-yildan Niyozov avtoritar boshqaruv sari muhim qadamlar tashladi. 1994-yil 15-yanvarda Niyazovning vakolat muddati rasman besh yildan oʻn yilgacha uzaytirildi, shuning bilan 1997-yilga rejalashtirilgan prezidentlik saylovlari bekor qilindi. Referendumning rasmiy natijasiga koʻra, saylovchilarning 99,9 foizi prezidentlik muddatni uzaytirishni yoqlab ovoz bergan[25]. O‘sha yilning 11-dekabrida Turkmaniston Konstitutsiyasiga muvofiq Turkmanistonning 50 aʼzolik Assambleyasi saylangan ilk parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylov hech qanday qarshiliksiz o‘tdi va 50 mandat uchun TDPdan 51 nafar nomzod daʼvogarlik qildi. Natijadalarga koʻra, faqat TDP deputatlari saylangan[26]. 1999- va 2004-yillardagi parlament saylovlari ham muxolifat partiyalarisiz oʻtkazildi va har doim DPT deputatlari barcha mandatlarni qoʻlga kiritishi bilan yakunlandi. Shunday qilib, Niyozovning butun faoliyati davomida Turkmaniston parlamenti prezidentning har bir qarorini amalda qo‘llab-quvvatlovchi rasmiy nazorat organiga aylandi[23][27]. Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti 1999-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlari munosabati bilan siyosiy vaziyatni tahlil qilish uchun missiya yuborgan. Yakuniy hisobotda „demokratik saylovlar uchun minimal talablar Turkmanistonda mavjud emasligi“ va „kelgusi saylovlar raqobatli boʻlmasligi“ taʼkidlangan[28].
Umrbod prezidentlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yil 11-dekabrda Turkmanistonda boʻlib oʻtgan parlament saylovlariga bir kun qolgan va navbatdagi prezidentlik saylovlariga uch yil qolgan bir paytda, Niyozov Turkmaniston Assambleyasi deputatlari tomonidan umrbod prezident etib eʼlon qilindi. Oʻsha kuni Niyozov TDP Turkmanistonda yagona partiya boʻlib qolishini eʼlon qildi va buni „mamlakat koʻp partiyaviylik tizimiga tayyor emasligi“ bilan izohladi. 2003-yilda Niyozov ikki palatali parlamentni isloh qilib, Turkmaniston Assambleyasi ustidan Xalq kengashi vakolatlarini sezilarli darajada kengaytirdi. Bundan tashqari, islohot doirasida Niyozov Turkmaniston parlamentining har ikki palatasi raisi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyat ustidan nazoratni yanada kengaytirdi. Prezidentlik davrida Niyozov oʻlimigacha prezident lavozimini egallash niyatida emasligini, aksincha, voris tayinlash rejasi borligini bir necha bor eʼlon qilgan[29]. Bu rejalar Prezidentning 2006-yilda vafot etishi tufayli barbod boʻldi[22][30].
Ichki siyosati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻz hokimiyatini mustahkamlashi va muxolifatga bosimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat ichida Niyozov Turkmanistondagi deyarli cheksiz hokimiyatidan dunyodagi eng repressiv tizimlardan birini qurish uchun foydalangan. Uning rejimi muxolifatning barcha shakllariga qarshi kurash, ommaviy axborot vositalari va diniy tashkilotlarni nazorat qilish, din erkinligi, soʻz erkinligi va yigʻilishlar erkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqlarni cheklash bilan ajralib turardi[21].
Perestroyka va keyinchalik Sovet Ittifoqi parchalanishi jarayonida Turkmanistonda ham koʻplab diniy va siyosiy tashkilotlar tuzildi, ularning rahbarlari Niyozovdan sovetcha boshqaruvni rad etib, demokratlashtirish va islom diniga erkinlik berilishini talab qildilar. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng, bu tashkilotlarga qarshi kurash boshlandi. 1990-yillar boshida Turkmaniston prezidenti muxolifatning ko‘plab yetakchi vakillarini moliyaviy rag‘batlantirish, jumladan, ularga dala hovlilar, transport vositalari va naqd pul berish orqali oʻz foydasiga ishlatishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga rozi boʻlmagan muxolifat aʼzolari jinoiy javobgarlikka tortilib, koʻpincha uzoq muddatlarga qamalgan[31].
Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) muxolifatni nazorat qilgan. Qoʻmita Turkmanistonning Sovet Ittifoqidagi KGBning vorisi boʻlib, Niyozov davrida keng vakolatlarga ega boʻlgan. Tashkilotning 3000ga yaqin zobitlari boʻlgan va turkman aholisini har tomonlama kuzatib borish uchun keng maʼlumot beruvchilar tarmogʻiga ega edi. KNBning usullari orasida odam oʻgʻirlash, tovlamachilik, zoʻravonlik, qiynoqqa solish va qotillik holatlari mavjud boʻlib, qurbonlar asosan muxolifat aʼzolari va rejim tanqidchilari boʻlgani aytiladi[12]. Koʻplab siyosiy mahbuslar qamalgan yoki mehnat lagerlariga joʻnatilgan. Inson huquqlari muntazam ravishda buzilgan va mahbuslar oʻlimi yuqori boʻlgan[32]. Xorijiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 2000-yillar boshida Turkmaniston mehnat lagerlarida 20 mingga yaqin odam, jumladan, jinoyatchilar va siyosiy mahbuslar yashagan[33]. Turkmanistondan amnistiya doirasida yoki jazo muddati tugaganidan keyin qochib ketgan sobiq mahbuslar Turkmaniston qamoqxonalari va jazo lagerlarida qiynoqlar va jismoniy taziyqlar haqida xabar berishgan, boshqa ko‘plab muxolifatchilar haqida esa hech qanday maʼlumot yo‘q[34].
Turkmaniston konstitutsiyasining 30-moddasida mustahkamlangan siyosiy partiyalar tuzish huquqi faqat rasmiy ravishda mavjud bo‘lgan, amalda esa rejimni tanqid qiluvchi partiyalarni qonuniy asosda taʼsis etish imkoni yo‘q edi[22]. 1989-yilda tashkil etilgan muxolifatdagi „Agzibirlik“ partiyasi 1990-yilda, uning davomchisi boʻlgan „Demokratik taraqqiyot partiyasi“ esa 1991-yilda taʼqiqlangan. Turkmanistondagi eng ko‘zga ko‘ringan muxolifat yetakchilaridan biri — sobiq tashqi ishlar vaziri (1995—2000) Boris Shixmurodov bo‘lib, u 2001-yilda Niyozov siyosatiga qarshi chiqqan va Turkmaniston xalq demokratik harakatiga asos solgan. 2002-yil 25-noyabr kuni ertalab soat 7:00da Ashxobod shahri markazi — Arshabildagi rasmiy qarorgohiga ketayotgan Niyozov avtomobiliga oʻq uzilgan. Niyozov buni „davlat toʻntarishiga urinish“, deb daʼvo qilgan[2]. Turkmaniston kuchishlatar tizimlari minglab gumon qilinuvchilar va ularning oila aʼzolarini hibsga olgan. Hibsga olingan shaxslar orasida sobiq tashqi ishlar vazirlari Boris Shixmurodov va Botir Berdiyev, Turkmaniston quruqlikdagi qoʻshinlari qoʻmondoni Begench Beknazarov va Bosh shtab boshligʻi Serdar Charyarov ham bor edi[35]. Tanqidchilar hukumat buni kuchayib borayotgan ichki va tashqi siyosiy muxolifatni bostirish maqsadida Niyozov tomonidan uyushtirilganini daʼvo qildi[36]. Turkmanistondagi etnik ruslar nomutanosib ravishda taʼqibga olindi[37][38]. Suiqasddan soʻng, shu kuniyoq Shixmuradov qidiruvga berilgan. Qidiruv jarayonida mamlakat maxsus xizmatlari Ashxoboddagi Oʻzbekiston elchixonasiga bostirib kirishgan. Shixmuradov keyinroq poytaxt koʻchalaridan birida hibsga olingan va 2002-yil 30-dekabr kuni umrbod ozodlikdan mahrum etilgan. Oʻshandan beri Niyozovning eng koʻzga koʻringan raqibi qayerda ekanligi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq[21][12]. Keyinroq Niyozov Turkmanistonning barcha yirik koʻchalari va obyektlariga ehtiyot chorasi sifatida kuzatuv kameralari oʻrnatilishini eʼlon qildi[35][39][2].
Iqtisodiy islohotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992-yilda Turkmanistonni neft va gazning boy zaxiralari tufayli „Markaziy Osiyo Quvayti“ga aylantirmoqchi ekanligini eʼlon qildi[35]. 1993-yilda Sovet rubli Turkmaniston manatiga almashtirildi, bu islohot oʻsha paytdagi inflyatsiya ta'sirini kamaytirish bilan izohlandi[40]. Niyozov Turkmaniston energetika sektoriga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyalarga tayangan. Mashinasozlikka katta sarmoya kiritilgan. Bunday investitsiyalar qatoriga neftni qayta ishlash zavodlari va polietilen zavodi kirar edi[35]. Niyozov Turkmaniston ichki mahsulotining 85 foizini qayta ishlashga qodirligini aytdi[35]. Turkmanistonda real yalpi ichki mahsulotning ijobiy oʻsishi 1998-yilga qadar sodir boʻlmadi. Mamlakat energetika sektori Rossiyaga qaram boʻlib, tabiiy gaz va neft Rossiyaga Sovet davrida yaratilgan infratuzilma orqali eksport qilinishi mumkin edi[40]. 1998—1999-yillarda Rossiyada yuz bergan iqtisodiy inqiroz Turkmanistonning iqtisodiy tiklanishini yanada qiyinlashtirdi. Ishlab chiqarish va xaridlarni davlat nazorati, past foizli toʻgʻridan-toʻgʻri bank kreditlari, valyuta kurslarini cheklash va narxlarni nazorat qilish kabi markazlashgan rejalashtirish usulidan foydalangan[40]. Bundan tashqari, Turkmaniston tashqi savdosi bilan bir nechta davlat kompaniyalari shugʻullanar edi. Shuning uchun tashqi savdodan xorijiy valyuta va iqtisodiy taʼsir deyarli yoʻq edi[7]. 1990-yillarning oxirida Jahon banki xususiy kompaniyalarning Turkmaniston yalpi ichki mahsulotiga qoʻshgan hissasini 10 dan 15 foizgacha baholadi. Markaziy Osiyodagi boshqa sobiq Sovet respublikalari bilan solishtirganda, bu eng past qiymat edi[41][42]. 1991—2001-yillarda Niyozov suv, gaz, elektr energiyasi va tozalangan tuzni oʻn yil muddatga bepul foydalanish toʻgʻrisida farmon chiqardi[43].
Niyozov qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun yillik kvotalar talab qilish, kvotalar bajarilmaganda mansabdorlarini ayblash va/yoki ishdan boʻshatish kabi eski amaliyotini davom ettirdi[44][45].
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy tizimdagi islohotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Niyozov Gippokrat qasamini Turkmaniston prezidentiga sodiqlik qasami bilan almashtirdi. 2004-yilda Niyozovning buyrugʻi bilan Turkmanistonda keng tarqalgan OIV va sil kabi yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish taqiqlangan edi[46]. 2001-yilda Turkmaniston sog‘liqni saqlash sohasida bir necha ming xodim ishdan bo‘shatildi, 2004-yil yanvarida esa 15 ming xodimning ishdan bo‘shatilishi bilan Turkmaniston sog‘liqni saqlash xodimlari soni uchdan bir qismga qisqardi[47]. 2005-yil fevral oyida Niyozov Ashxoboddan tashqaridagi barcha kasalxonalar yopilishini eʼlon qildi. Har bir tuman markazida bittadan diagnostika markazi qoldirildi[48]. Ushbu chora to‘liq amalga oshirilmaganiga qaramay, poytaxtdan tashqarida joylashgan hududlarda sog‘liqni saqlashga ko‘p jihatdan eʼtibor berilmagan[49]. Turkmanistonda sogʻliqni saqlash tizimining yomon ahvoli qora bozorda dori-darmonlarning noqonuniy aylanmasi koʻpayishiga olib keldi. Niyozov oʻzining yurak xastaligini davolash uchun, asosan nemis shifokorlariga ishonch bildirgan va ular Niyozovni davolash uchun Turkmanistonga kelib-ketgan[50][51].
2006-yilning yanvar oyida mamlakatdagi qariyalarning uchdan bir qismining nafaqalari toʻxtatilgan, yana 200 ming nafarining nafaqasi qisqartirilgan[52]. Oxirgi ikki yil davomida olingan pensiyalar davlatga qaytarilgan[53]. Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi pensiyalarning kesilishi koʻplab keksa turkmanlarning oʻlimiga sabab boʻlgani haqidagi daʼvolarni qatʼiyan rad etib, chet el ommaviy axborot vositalarini ushbu mavzu boʻyicha „qasddan buzuq“ maʼlumot tarqatishda aybladi[54]. 2007-yil 19-martda Turkmanistonning yangi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Niyozovning qarorini bekor qilib, 100 mingdan ortiq keksa fuqarolarning pensiyalarini tikladi[55][56][57][58].
Taʼlim siyosati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkmaniston taʼlim tizimi Niyozov rejimi va prezident shaxsiga sigʻinishning rivojlanishining markaziy ustunlaridan biri edi. Axborotning toʻliq davlat monopoliyasi — davlat targʻibotidan tashqari hech qanday targʻibotga imkon bermadi. Shu fonda Niyozov 2005-yil aprel oyida ham barcha ommaviy kutubxonalarni yopishni buyurdi. Prezident bu islohotni „turkmanlarda kerakli kitoblar endilikda mavjudligi“ bilan izohladi[59]. 2001-yil sentabrida nashr etilgan „Ruhnoma“ kitobi turkman taʼlimida markaziy oʻrin tutgan. Barcha maktablar va universitetlarda oʻquv dasturining muntazam qismi boʻlgan. „Ruhnoma“ni oʻrganish Niyozov davridagi taʼlim dasturining uchdan bir qismini egallagan[21]. Maktabda taʼlimning oʻn bir yildan toʻqqiz yilga qisqartirilishi va rus tilidagi oʻquv qoʻllanmalarining taqiqlanishi turkman aholisining taʼlim olish imkoniyatlarini yanada cheklab qoʻydi[60]. Maktablarda hatto matematika va chet tillari ham taqiqlangan, bu taqiq faqat Niyozov vafotidan keyin bekor qilingan. Yoshlar ommaviy tadbirlarda qatnashish yoki Prezident va uning rejimini maqtashga majburlangan[22].
Niyozov davrida oliy taʼlim muassasalariga qabul sezilarli darajada qisqartirildi. Mustaqillikka qadar Turkmanistonda har yili 30 000 ga yaqin kishi oliygohda o‘qigan bo‘lsa, 2001 va 2002-yillarda bu raqam atigi 3 000 kishini tashkil etgan[12]. Oʻquv kursini tanlashda erkinlik yoʻq, Turkmanistonda mavzuni majburan singdirish keng tarqalgan edi. 1997-yilda Niyozov Turkmaniston OTMlarida doktoranturada oʻqish imkoniyatini butunlay bekor qildi. Oliy taʼlim faqat ikki yillik nazariya va ikki yillik amaliyotdan iborat edi[61][31].
Diniy siyosati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yillarning oʻrtalarida Prezident sunniy islomni turkman jamiyatining muhim elementi sifatida tan oldi va masjidlar qurish, imomlar tayyorlashni ragʻbatlantirdi. Turkmanistonda sunniy islomni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash diniy eʼtiqodni amalda qoʻllashni cheklash bilan birga olib borildi. 1996-yil dekabr oyida Niyozov diniy jamoalarni Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazishga majburlovchi farmon chiqardi: roʻyxatdan oʻtmagan barcha diniy jamoalar noqonuniy deb eʼlon qilindi[62][63]. Farmon chiqqandan keyin ro‘yxatga olish sust kechdi, ko‘p hollarda umuman rad etildi. Hukumat maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil mart oyi holatiga koʻra, 152 diniy jamoa, shu jumladan 140 musulmon va 12 rus pravoslav jamoalari roʻyxatga olingan. Roʻyxatga olinmagan boshqa diniy jamoalarning diniy amaliyotiga toʻsqinlik qilindi[64]. Rasmiy davlat tomonidan tan olinganiga qaramay, Ashxobod davlat universitetining ilohiyot fakultetidan tashqari barcha islomiy taʼlim muassasalari yopildi va har yili bor-yoʻgʻi bir necha yuz turkman musulmonlari Makkaga Hajga borishlariga ruxsat berildi[12].
Niyozov bir tomondan islom olami bilan yaqinroq aloqalar orqali Turkmanistonga kiritiladigan sarmoyalardan umid qilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan oʻz hukmronligi uchun diniy qonuniylik niyatida edi[65]. Bu qonuniyatga islomiy qadriyatlarning oʻz shaxsini oʻrab turgan shaxsga sigʻinish siyosati orqali erishdi. Islomiy ibodat va vaʼzlarda uning „Ruhnoma“ kitobiga alohida urgʻu berilgan. Turkmanistondagi islom ruhoniylarining Niyozov siyosatini tanqid qilgan vakillari qattiq jazolandi. Turkmaniston muftiysi Nasrulla ibn Ibodulla prezidentga sigʻinishni tanqid qilgan va bu ishi uchun qamoq jazosiga hukm qilingan. Diniy arboblarni tanlashda asosiy eʼtibor nomzodlarning prezidentga sodiqligiga qaratildi. Natijada, Nasrulla ibn Ibodullaning oʻrniga, asosan, oʻsha vaqtdagi turkman taʼlim tizimi ongiga singib ketgan, lekin arab tilini va umuman islom dinini kam biladigan yosh turkman ulamolari edi[66][12].
Ommaviy axborot vositalari va madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Niyozov davrida Turkmaniston konstitutsiyasida mustahkamlangan matbuot va soʻz erkinligi eʼtiborga olinmagan. Rejimga sodiq davlat matbuoti Turkmanistondagi barcha axborot kanallarini nazorat qildi. Bosma mahsulotlarni chop etish va tarqatish qatʼiy qoidalarga boʻysungan va faqat davlat litsenziyasiga ega nashriyotlarga ruxsat berilgan[21]. Niyozov davrida ham radioeshittirish butunlay davlat nazorati ostida edi: barcha mavjud stansiyalar Turkman radiosiga tegishli edi. Turkmanistondagi davlat ommaviy axborot vositalarining axborot monopoliyasini kengaytirish maqsadida Niyozov xorijiy ommaviy axborot vositalari faoliyatini ham keskin cheklab qoʻydi va jurnalistlarni davlat organlari nazoratiga oldi. Dastlab nufuzli rus ommaviy axborot vositalari taqiqlandi. Mamlakat ommaviy axborot vositalarida prezidentni tanqid qilish umuman taqiqlangan. Davlat ommaviy axborot vositalarining xabarlari asosan Niyozov shaxsiga qaratildi[21]. Niyozov boshchiligidagi Turkmaniston „Chegara bilmas muxbirlar“ tashkilotining matbuot erkinligi indeksiga ko‘ra, har doim matbuot erkinligi eng past bo‘lgan davlatlar qatoridan joy olgan. 2006-yilda Turkmaniston 168 davlat ichida 167-oʻrinni egallagan[67].
Prezidentlik davrida Niyozov kino, opera, balet, teatr va sirkni taqiqlab qoʻydi. 2001-yil aprel oyida barcha teatrlarni yopish toʻgʻrisidagi farmonini „Turkmanistondagi teatr va siyosiy madaniyat oʻrtasidagi ziddiyat“ bilan izohladi[21]. Buning oʻrniga „milliy mentalitetga mos keladigan“ madaniyatning boshqa shakllariga urgʻu berdi. 1998-yilda ochilgan Turkmanistonning yangi milliy muzeyi Niyozovni ulugʻlash, shuningdek, turkman gilamchiligini rivojlantirish uchun foydalanilgan. Turkman gilamlari davlat targʻibotining ajralmas elementi edi. Niyozovning portreti aks ettirilgan gilamlar, jumladan, 2011-yilda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng katta gilam sifatida kiritilgan „Altyn asyr“ nomli gilam Niyozovning faoliyatiga bag‘ishlangan. Turkman gilam muzeyining tashkil etilishi, Turkman gilami kunining joriy etilishi ham Niyozovning boshqaruviga toʻgʻri keladi[68]. Niyozov gilamlardan tashqari, turkman anʼanalari va madaniyati uchun Axaltaka otlarining ahamiyatini taʼkidladi. „Ruhnoma“da ot zotini „bardoshlik, go‘zallik va poklik namunasi“ deb taʼriflagan; uning „Yanardag“ oti turkman milliy gerbida ham tasvirlanadi. Niyozovning koʻrsatmasi bilan turkman otlari kuni va otlar boʻyicha alohida vazirlik paydo boʻldi[69][70].
Niyozov yil oylari, hafta kunlari nomlarini turkman qahramonlari, shoirlari, tarixiy voqealari, oila aʼzolari va oʻzining tituli nomiga oʻzgartirishi butun dunyoda koʻpchilikning eʼtirozlarini uygʻotdi. Masalan, Niyozov 2001-yil 19-sentabrda yozib tugatgan kitobi sharafiga sentyabr oyi „Ruhnoma“ deb oʻzgartirildi. Oktyabr oyi 1991-yil 27-oktabrda davlat tashkil topgani munosabati bilan „Garaşsyzlyk“ (Mustaqillik), Saljuqiylarni soʻnggi hukmdori Sulton Sanjar sharafiga, noyabr oyiga „Sanjar“ nomi berildi[35]. Yangi nomlar yangi mehnat qonunining kiritilishi bilan kuchga kirdi, unda „Kasbiy bayramlar sanalari Turkmaniston Prezidentining farmonlari bilan belgilab qoʻyiladi“. Keyinchalik bu nomlar 2008-yil aprel oyida uning vorisi Berdimuhamedov tomonidan bekor qilindi[71].
Asl nomi | 2002—2008-yillardagi nomi |
---|---|
Ýanwar | Türkmenbaşy aý |
Fewral | Baýdak aý |
Mart | Nowruz aý |
Aprel | Gurbansoltan aý |
Maý | Magtymguly aý |
Iýun | Oguzhan aý |
Iýul | Gorkut aý |
Awgust | Alp Arslan aý |
Sentýabr | Ruhnama aý |
Oktýabr | Garaşsyzlyk aý |
Noýabr | Sanjar aý |
Dekabr | Bitaraplyk aý |
Niyozov turkman madaniyatini tiklashni Turkmaniston taraqqiyotining eng muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida belgiladi. Kirill alifbosi oʻrniga lotin alifbosiga asoslangan yangi turkman alifbosini kiritdi. „Milliy tiklanish harakati“ turkman madaniyatini targʻib qiluvchi tashkilot (turkmancha: „Galkinish“) ham tashkil topgan[72][73][74][75][40][76][77].
Niyozov avgust oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan „Qovun kuni“ bayramini joriy qildi. „Qovun kuni“ni nishonlash uning vafotidan keyin ham davom etgan[78][79].
Tashqi siyosat
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil 1-oktyabrda Niyozov mamlakatning birinchi tashqi siyosiy pozitsiyasi haqidagi hujjatga imzo chekdi. Turkmaniston rasmiy mustaqillikka erishganidan bir necha hafta oldin Niyozov agressiv boʻlmagan tashqi siyosat va boshqa davlatlar bilan tinch munosabatlar oʻrnatishni Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor vazifalari deb taʼrifladi. Shu yil 1-dekabrda Niyozov rasman mustaqil Turkmaniston davlatiga rahbar boʻldi. Uning raisligida Markaziy Osiyo respublikalari davlat rahbarlari Ashxobodda uchrashdi[30].
Doimiy betaraflik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Niyozov tashqi siyosatda qatʼiy betaraflik siyosatini ilgari surdi. 1995-yil 12-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Turkmanistonning doimiy betarafligini rasman tan olinishi haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgan[80]. 12-dekabr sanasini Niyozov betaraflik bayrami sifatida belgilagan[30]. 1997-yilda Turkmaniston bayrogʻining pastki qismiga Turkmanistonning doimiy betarafligi ramzi sifatida ikkita zaytun novdasi qo‘shildi[81].
1992-yildan 1997-yilgacha davom etgan Tojikiston fuqarolar urushining tinch yoʻl bilan hal boʻlishida Niyozov hukumatining vositachiligi muhim rol oʻynadi[30]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oʻsha paytdagi Bosh kotibi Kofi Annan Turkmaniston poytaxti Ashxobodda boʻlib oʻtgan muzokaralarning bir necha raundida muvaffaqiyatga Turkmaniston hukumatining tinchlikni oʻrnatish jarayonidagi vositachiligini olqishlagan[21]. NATO yoki GUAMga aʼzo boʻlishdan tiyildi va KXShT kabi siyosiy bloklarga kirmadi. Turkmaniston Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvar missiyalarida qatnashmagan. Biroq, Interpolga aʼzo boʻlgan[1][82].
2006-yilda Yevropa Komissiyasi va Yevropa Parlamentining xalqaro savdo qoʻmitasi Turkmanistonga Yevropa Ittifoqi bilan „muloqotda savdo maqomini berish uchun eng qulay davlat“ sifatida eʼtirof etildi[83].
Diplomatik munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Niyozov prezidentlik davrida Rossiyaga qaramlikni kamaytirishga harakat qildi. Turkmanistonning 2005-yil avgustida MDHga toʻliq aʼzoligi tugadi. Shu bilan birga, Niyozov boshqa hamkorlar bilan Turkmanistondan qazib olinadigan yoqilg'i uchun yangi bozorlarni ochishga harakat qildi. Turkmaniston tashqi siyosatining diqqat markazida Eron, Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasi bilan diplomatik aloqalar boʻlgan[21]. Niyozov Eron prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy (1989-1997) bilan doʻstona munosabatda bo‘lgan va uni „Birodar Hoshimiy“ deb atagan[21]. Turkiya hukumatining bozor islohotlari, sekulyarizatsiya va yanada demokratlashtirishga asoslangan „turk modeli“ni Turkmanistonda amalga oshirish taklifini qatʼiyan rad etgan[21]. 2006-yil aprelda Xitoyning oʻsha paytdagi rahbari Hu Jintao bilan uchrashdi. Turkmaniston-Xitoy munosabatlarida „Turkmaniston uchun yaxshi imkoniyatlar“ borligi haqida gapirdi[21].
Shaxsga sigʻinish siyosati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Niyozov davrida „Turkmanboshi, Xalq, Vatan, turkmanlar yetakchisi“ shiori ham keng tarqalgan. Prezidentning faxriy unvonlaridan „Xalq boshidagi olmos gulchambar“, „ota“, „sardor“ atamalari ham qo‘llanilgan. Turkmaniston parlamentining ikki palatasidagi muntazam chiqishlarida deputatlar tomonidan „adolat timsoli“, „buyuk“, „uzoqni ko‘rgan“ yoki „suyukli ota“ sifatida maqtalgan[61].
Tan olaman, mening portretlarim, rasmlarim va haykallarim juda koʻp. Men oʻzim ulardan hech qanday quvonch topmayman, lekin odamlarning oʻzlari ularni oʻrnattirishimni ongli ravishda talab qiladilar
— Saparmurod Niyozov[84].
Niyozov kommunistik tuzumning qulashi natijasida qolgan boʻshliqning oʻrnini bosdi, uning qiyofasi Marks va Lenin qiyofalari oʻrnini egalladi. Uning hukmronligi davrida oʻz atrofida Shimoliy Koreyadagi Kim sulolasi atrofidagiga oʻxshab kuchli shaxsga sigʻinish tizimi yaratildi[7]. Krasnovodsk yaqinidagi shaharchani oʻz unvoni sharafiga oʻzgartirdi. Maktablar, aeroportlar va hatto meteoritni oʻzi, oila aʼzolari nomi bilan atadi. Rasmiy turkman matbuotining ayovsiz tarzda uning shaxsiyatiga sigʻinishni qoʻllab-quvvatladi. Turkmaniston madhiyasida uning ismiga ishora qilingan[7]. Shifokorlarga Gippokrat qasamyodi oʻrniga prezidentga qasamyod qilish buyurilgan[85].
Uning haykallari va portretlari butun mamlakat boʻylab oʻrnatildi. Ashxobodda oʻzi tasvirlangan, qiymati 12 million dollarlik har doim quyoshga qaraydigan oltin haykalini oʻrnattirdi. Har bir fuqaroga oʻz portreti tushirilgan soat sovgʻa qildi[86].
Ruhnoma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Niyozovning „Ruhnoma“ kitobi 2001—2004-yillarda ikki jildda nashr etilgan va prezident shaxsiga sig‘inish uchun muhim mafkuraviy asos bo‘lgan. Kitob beshta boʻlimdan iborat: avtobiografiya, falsafiy-axloqiy tushunchalar, turkmanlar tarixiga oid tezislar, zamonaviy Turkmanistonda kundalik hayotning tashkil etilishiga oid eslatmalar va Turkmaniston aholisi uchun istiqboldagi rejalar[87]. Kitobda Niyozov shaxsi ulugʻlanadi va qisman uydirma daʼvolarga asoslangan turkman millatchiligini uqtiradi. Ming yillar avval Turkmaniston dunyodagi eng rivojlangan davlat bo‘lganligi, g‘ildirak Turkmanistonda ixtiro qilingani va turkman olimlari Yevropadagi texnologik-madaniy taraqqiyot sababchisi ekanligi taʼkidlanadi[88].
Niyozov bir vaqtning oʻzida „islohot“ nomi bilan taʼlim tizimini moliyalashtirishni qisqartirdi va maktablarni qisman tarqatib yubordi[89]. Barcha maktablarga oʻzining „Ruhnoma“ kitobidan asosiy manba sifatida foydalanishni talabini qoʻydi[89]. Maktablar, universitetlar va davlat tashkilotlarida „Ruhnoma“ni oʻqishni majburiy qilib qoʻydi[90]. Yangi ishga kirayotgan davlat xizmatchilari ish suhbatlarida kitobdan imtihon qilindi va Turkmanistonda haydovchilik imtihonining bir qismi sifatida uning taʼlimoti boʻyicha imtihon oʻtkazildi[91]. Turkman davlat universitetida hatto „Buyuk Turkmanboshining Muqaddas Ruhnomasi boʻlimi“ ham bor edi va Ruhnomashunoslik, koʻpincha akademik fanlar oʻrniga mamlakatda asosiy tadqiqot dasturi sifatida koʻrildi[92]. „Ruhnoma“ Turkmanistondagi masjidlarga ham kirib bordi va Qur’on bilan tenglashtirilgan muqaddas kitob sifatida ulugʻlandi[93]. Niyozov uni uch marta oʻqiganlar jannatga yetishganini daʼvo qilgan[89][94].
Oʻlimi va xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil 21-dekabr kuni tushdan keyin Turkmaniston davlat televideniyesi prezident Saparmurod Niyozov mahalliy vaqt bilan soat 13:10 atrofida oʻz qarorgohi — Turkmanboshi saroyida 66 yoshida toʻsatdan yurak xurujidan vafot etganini eʼlon qildi[95][96].
OAVda Niyozovning oʻlimi holatlari haqida har xil taxminlar bor[97]. Ayrim turkman muxolifat manbalari Niyozov rasman eʼlon qilingan 21-dekabr sanasidan bir necha kun oldin vafot etganini iddao qilgan[98]. Xorijiy nashrlar xabarlarida Niyozov ortiqcha vazn, spirtli ichimliklarni haddan tashqari koʻp isteʼmol qilish tufayli yurak ishemik kasalligi va buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekkanligi ham aytilgan[8].
Niyozov 24-dekabr kuni oʻzi tugʻilib oʻsgan Qipchoq qishlogʻida, Qipchoq masjididagi maqbaraga dafn qilindi. Qishloqqa koʻchirilishidan oldin Niyozovning jasadi ertalab soat 9:00 dan 12:00 gacha prezident saroyidagi ochiq tobutda yotdi[99]. Koʻplab fuqarolar, xorijiy delegatsiyadan kelganlar uch soat ichida tobut yonidan oʻtdi. Fuqarolarning koʻpchiligi yurish chogʻida qattiq yigʻladi, baʼzilari hatto tobutga yopishib, hushlaridan ketishdi[100]. Turkmaniston Harbiy-havo kuchlari Turkmaniston Qurolli kuchlari bilan birga dafn marosimi kortejini qoʻriqladi. Dafn qilishdan oldin muftiy janoza oʻqidi[99]. Uning hokimiyatda boʻlgan yillar sonini ifodalovchi 21 marta quroldan osmonga oʻq uzish bilan birga davlat madhiyasi yangradi[101].
Niyozov oʻlimidan oldin hech qanday voris koʻrsatmaganligi sababli, Turkmaniston Konstitutsiyasiga koʻra, Assambleya raisi Avazgeldi Atayev vaqtincha prezidentlik lavozimini egalladi. Dafn marosimini tashkil qiluvchi komissiya rahbari etib Bosh vazir oʻrinbosari Gurbanguli Berdimuhamedov tayinlandi. Biroq, Atayev 2006-yil 21-dekabrda hibsga olingan va Berdimuhamedov keyinchalik prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan[90]. Berdimuhamedov va Xalq Maslahati 2006-yil 26-dekabrda Niyozovning vorisi saylash uchun navbatdagi prezidentlik saylovlari 2007-yil 11-fevralda oʻtkazilishini eʼlon qildi[102].
Oʻlimidan soʻng, yangi saylangan prezident Berdimuhamedov Niyozov shaxsiga sigʻinishni yoʻq qila boshladi[90]. 2008-yilda, vafotidan ikki yil oʻtmay, turkman taqvimining eski nomlari qayta tiklandi va Turkmaniston Davlat madhiyasining xorda Niyozovga ishora qiluvchi qismi „xalq“ bilan almashtirildi[103]. Oʻsha yilga kelib, Niyozov prezidentligi davrida qabul qilingan va Niyozovning ustuvorligini tavsiflovchi Turkmanistonning eski Konstitutsiyasi bilan almashtirildi va hukumat uning fikridan farqli ravishda demokratlashtirish dasturini boshladi[104].
Berdimuhamedov 2007-yilning bahorida Niyozovning „Ruhnoma“ biografik kitobiga talabni qisqartirdi va taxminan 2009—2010-yillarda mazkur kitob haqidagi telekoʻrsatuvlar toʻxtadi[105]. 2011-yilga kelib, Berdimuhamedov hukumati kitob boʻyicha oʻrta maktab imtihonidan oʻtish talabini bekor qildi va 2014-yilda Turkmaniston universitetlari abituriyentlarning kitob haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazmasligi eʼlon qilindi[106][107]. Turkmanboshi Ruhi masjididan tashqari masjidlarda Qurʼon kitoblarini koʻrsatish va saqlash ham toʻxtatildi[7].
Uning mamlakat boʻylab oʻrnatilgan haykallari va portretlari ham olib tashlandi[90]. Niyozovning aylanuvchi oltin haykali 2010-yil 26-avgustda shahar chetiga koʻchirildi[7]. Muomalaga chiqarilgan yangi Turkmaniston manatlaridan uning nomi olib tashlandi[108].
Saparmurod Niyozovning tugʻilgan kuni „Turkmanboshini xotirlash kuni“ deb nomlangan milliy kun sifatida belgilangan. Boshqalaridan farqli oʻlaroq, Qovun kunini nishonlash bayrami oʻzgartirilmadi[7]. Uning nomi hali ham bir qancha joylarda, shu jumladan shaharda bor. Turkiyaning Istanbul viloyatidagi park uning nomi bilan atalgan[109].
Oilasi va boyligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarjimai holining rasmiy versiyasiga koʻra, otasi Atamurat Niyozov Ikkinchi jahon urushida fashistlar Olmoniyasiga qarshi kurashda, Kavkaz uchun janglarda halok boʻlgan, boshqa manbalarda esa, jangdan qochgan va harbiy sud tomonidan oʻlimga hukm qilingani aytiladi[110]. Niyozovning otasi 1994-yilda Turkmaniston Qahramoni deb eʼlon qilingan va 2004-yilda Turkmaniston quruqlikdagi qoʻshinlari diviziyasiga „Atamurod Niyozov“ nomi berilgan. Bugungi kunda Serdarda joylashgan 22-motooʻqchi diviziyasi „Atamurod Niyozov“ nomini olgan.
Onasi va ikki ukasi 1948-yilgi Ashxobod zilzilasida halok boʻlgan. Onasi Qurbonsulton Niyozova keyinchalik shaxsga sigʻinish obyekti boʻlgan. Niyozov bolalar uyida oʻsgan[110].
Turmush oʻrtogʻi Muza Alekseyevna Niyozova (qizlik familiyasi Melnikova) — kelib chiqishi rus va yahudiy boʻlib, bir oʻgʻil va bir qizi bor. Farzandlarining ikkalasi ham siyosatdan uzoq[111]. O‘g‘li Murod Saparmurodovich Niyozov (1967-yilda tugʻilgan) — huquqshunos va tadbirkor. Leningrad universitetining yuridik fakultetida tahsil olgan. Keyinroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasini tamomlagan. Moskva shahar prokuraturasida tergovchi bo‘lib ishlagan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin biznes bilan shugʻullangan — Ashxobodda elita mehmonxonalar qurgan. Ayni paytda Vena shahrida yashaydi[110][8].
Qizi Irina Sokolova (1969-yilda tugʻilgan) — Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tamomlagan. Uning turmush oʻrtogʻi Pyotr Sergeyevich Sokolov — hozirda Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining Xabarovsk oʻlkasi boʻyicha boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari[8].
Londonda joylashgan "Global Witness" inson huquqlari tashkilotining xabar berishicha, Niyozov nazorati ostidagi va xorijda saqlanayotgan pullari 3 milliard dollardan ortiq boʻlishi mumkin, shundan 1,8-2,6 milliard dollari Olmoniyaning „Deutsche Bank“idagi Valyuta zaxira jamgʻarmasida joylashgan[90]. Muxolifatdagi Turkmaniston Respublika partiyasining yetakchi vakillari Olmoniya kansleri Angela Merkelni Deutsche Bank va Niyozov o‘rtasidagi bogʻliqlikni rasman tekshirishga chaqirdi. Bu chaqiruvlar javobsiz qolgan[112].
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saparmurod Niyozov mamlakatning eng oliy mukofoti — Turkmaniston Qahramoni unvoni va „Oltin oy“ oltin medalining birinchi va olti karra sohibi bo‘lgan[113].
- Turkmaniston SSR Oliy Soveti Prezidiumining faxriy yorlig‘i (1971)[113].
- „Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan taʼsis etilgan medal“[113].
- "Mehnatdagi jasorati uchun" medali[113].
- Xalqlar doʻstligi ordeni (1981-yil 31-mart)[113].
- Mahtumquli nomidagi xalqaro mukofot (1992-yil 19-may)[113].
- Turkmaniston Qahramoni va „Oltin oy“ oltin medali (1992-yil 30-sentyabr)[113].
- Fan va texnika sohasidagi al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot (1994-yil 5-iyun)[113].
- „Manas-1000“ esdalik oltin ordeni va esdalik oltin medali (1995-yil 28-avgust, Bishkek, Qirg‘iziston Respublikasi)[114].
- Turkmaniston Qahramoni va „Oltin oy“ oltin medali (1995-yil 27-dekabr)[113].
- „Galkinish“ ordeni (1997-yil 16-may)[113].
- „Ipak yoʻli“ mukofoti (1998-yil 19-iyun, Anqara, Turkiya)[113].
- Turkmaniston Qahramoni va „Oltin oy“ oltin medali (1998-yil 17-iyul)[113].
- „Bitaraplik“ ordeni (1998-yil 17-dekabr)[113].
- Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining oltin medali (1999-yil 28-aprel)[113].
- Albert Schweitzer Jahon tibbiyot akademiyasining oltin yulduzi (1999-yil 14-sentyabr, Varshava, Polsha)[113].
- Xalqaro kompyuter fanlari va tizimlari akademiyasining diplomi va oltin medali (1999-yil 15-oktyabr, Kiyev, Ukraina)[113].
- „Sankt-Peterburg davlat texnika universitetiga 100 yil“ yubiley medali (1999-yil 19-oktyabr, Sankt-Peterburg, Rossiya)[113].
- Turkmaniston Qahramoni va „Oltin oy“ oltin medali (1999-yil 25-oktyabr)[113].
- Tinchlik jamgʻarmalari xalqaro assotsiatsiyasining „Xalqlar oʻrtasida tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun“ oltin medali (2000-yil 9-fevral, BMT, UNICEF)[113].
- Yevropa axborotlashtirish akademiyasining „Fan ordeni komandori“ mukofoti. (2000-yil 11-fevral, Bryussel, Belgiya)[113].
- Pyotr Kapitsa nomidagi akademiyaning „Ilmiy kashfiyot muallifiga“ oltin medali. Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining diplomi va koʻkrak nishoni (2000-yil 14-fevral)[113].
- Turkmaniston Qahramoni va „Oltin oy“ oltin medali (2000-yil 18-fevral)[113].
- „A. S. Pushkin tavalludining 200 yilligi“ yubiley oltin medali va xalqaro nohukumat tashkilotining diplomi (2000-yil 18-fevral)[113].
- Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi hamda Xalqaro tabiat va jamiyat akademiyasining Buyuk Pyotr medali (2000-yil 18-fevral)[113].
- Rus pravoslav cherkovining Muqaddas sadoqatli knyaz Daniil Moskovskiy 1-darajali ordeni (2000-yil 19-fevral, Moskva, Rossiya)[113].
- Turkman-Turk do‘stlik jamiyatining medali (2000-yil 24-fevral, Anqara, Turkiya)[113].
- 1-darajali „Knyaz Yaroslav Donishmand“ ordeni (2000-yil 3-mart, Kiyev, Ukraina)[113].
- „Atlant-2000“ xalqaro texnologik mukofoti laureati diplomi (2000 yil 28 mart, Shveysariya)[113].
- Xalqaro epizootik byuroning oltin medali (2000-yil 3-aprel, Parij, Fransiya)[113].
- Yozuvchilar va madaniyat arboblarining xalqaro mukofoti (2000-yil 17-aprel, Anqara, Turkiya)[113].
- Jahon intellektual mulk tashkilotining oltin medali (2000-yil 21-iyun, Jeneva, Shveysariya).
- Xalqaro Axborotlashtirish Akademiyasining Axborot fani sohasidagi xizmatlari uchun ordeni (2000-yil 23-avgust, Nyu-York, AQSh)[113].
- L. N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo universitetining esdalik medali (2000-yil 10-oktyabr, Ostona, Qozogʻiston)[113].
- Muqaddas Mesrop Mashtots ordeni (2000-yil 29-noyabr, Yerevan, Armaniston Respublikasi)[113].
- Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasining oltin medali va „Aviatsiya rivojiga qoʻshgan alohida hissasi uchun“ faxriy yorligʻi (2001-yil 9-iyul, Moskva, Rossiya)[113].
- Xalqaro bolalar jamgʻarmalari assotsiatsiyasining 2000-yil uchun Lev Tolstoy nomidagi oltin medali (2001-yil 19-iyul, Moskva, Rossiya)[113].
- Turkmaniston Qahramoni va „Oltin oy“ oltin medali (2001-yil 19-oktyabr)[113].
- Mahtumquli nomidagi xalqaro mukofot (2002-yil 13-fevral)[113].
- „Ruhubelent“ ordeni (2002-yil 13-fevral)[113].
- „Madaniyatga qoʻshgan hissasi uchun“ xalqaro mukofoti (2002-yil 19-fevral, Anqara, Turkiya)[113].
- Turkmaniston bilan do‘stlik va hamkorlik Turkiya jamiyati mukofoti — „XXI asr. Tinchlik va doʻstlik uchun“ (2002-yil oktyabr)[113].
- „Ruhnoma“ ordeni (Turkmaniston Xalq Maslahati XV qarori, 2004-yil 23-oktyabr)[113].
- I darajali Buyuk Pyotr ordeni — Rossiya davlat mukofoti (2004-yil 12-dekabr, Rossiya)[113].
- Lomonosov ordeni (Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik, mudofaa va huquqni muhofaza qilish muammolari akademiyasi Prezidiumining 2005-yil 17-fevraldagi qarori)[113].
- Osiyo Olimpiya Kengashining Faxriy ordeni (Osiyo Olimpiya Kengashi Ijroiya kengashining 42-yigʻilishida qabul qilingan qaror, 2005-yil)[113][115].
- „Turk dunyosiga xizmatlari uchun“ faxriy mukofoti (2006-yil, Turkiya)[113].
- „Ommaviy eʼtirof“ ordeni (2006, Rossiya, Sankt-Peterburg)[116].
- K. S. Skryabin nomidagi Qirgʻiziston agrar universitetining faxriy professori (2006-yil 20-oktyabr)[113].
- Otaturk turkiy til mukofoti (vafotidan keyin; 2007)[117].
- „Mustaqil Turkmanistonga buyuk muhabbati uchun“ ordeni (vafotidan keyin)[113].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 № „50/80“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Turkmenistan Fact Sheet, Government & Politics – President“. Embassy of Turkmenistan. 13-avgust 2002-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ There is a police academy named after Niyazov called „General of the Army Saparmurat Niyazov Academy“
- ↑ „Turkmenistan“.
- ↑ „„Turkmenistan: Ending the Personality Cult““. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
- ↑ Annasoltan, Ŧ¥¶ØGYa@¶Ħ¥ i₪ Đ£₪Ŧi∩¥ [Typography is Destiny], part 1: between Moscow and Istanbul, 11 January 2010
- ↑ 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 „Ниязов, Сапармурат Атаевич“.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 „Наследником Туркменбаши может стать следователь московской прокуратуры“.
- ↑ „The personality cult of Turkmenbashi“. The Guardian (21-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2021-yil.
- ↑ Joffe. „Saparmurat Niyazov“. The Guardian (22-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Дрожжи для диктатора“. Московский комсомолец.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 Cracks in the marble: Turkmenistan's failing dictatorship, 2003-01-17 — 3f-bet.
- ↑ Andrew Osborn. „Saparmurat Niyazov“ (2011-yil 21-sentyabr).
- ↑ „Ниязов, Сапармурат“.
- ↑ Celestine Bohlen. „Cotton Measures Fortunes In Soviet Turkmenistan“ (1986-yil 13-may).
- ↑ „Union of Soviet Socialist Republics Encyclopædia Britannicada“.
- ↑ „Soviet republics“.
- ↑ 18,0 18,1 Bess Brown. „Saparmurad Niyazov“.
- ↑ „Наследником Туркменбаши может стать следователь московской прокуратуры“.
- ↑ „Turkmenistan Fact Sheet, Government & Politics – President“. Embassy of Turkmenistan. 13-avgust 2002-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ 21,00 21,01 21,02 21,03 21,04 21,05 21,06 21,07 21,08 21,09 21,10 21,11 Mehwish Hassan Sara. Changing dynamics of Turkmenistan's political system, 2007 — 145-147-bet.
- ↑ 22,0 22,1 22,2 22,3 Verfassung Turkmenistans, 1992.
- ↑ 23,0 23,1 Casey Michel. „A Closer Look at Turkmenistan’s Election Numbers“ (2017-yil 22-fevral).
- ↑ „Former Turkmen Premier Dies In Internal Exile“ (2006-yil 7-dekabr).
- ↑ Dieter Nohlen, Florian Grotz, Christof Hartmann. Elections in Asia and the Pacific : a data handbook, 2001 — 477ff-bet.
- ↑ „TURKMENISTAN: parliamentary elections Mejlis, 1994“ (1994).
- ↑ „Turkmenistan profile – Timeline“ (2018-yil 26-fevral).
- ↑ Report of the ODIHR needs assessment mission, 1999-11 — 2-bet.
- ↑ Mikhail Zygar. „Turkmenbashi Votes Against Himself“ (2005-yil 25-oktyabr). 2007-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyul.
- ↑ 30,0 30,1 30,2 30,3 Steven Sabol. Turkmenistan: Permanent Transition or Elusive Stability?, 2010 — 17f-bet.
- ↑ 31,0 31,1 Thomas Kunze. Russlands Hinterhof: Turkmenistan – Selbstzerstörung durch Autokratie, 2006 — 76-78-bet.
- ↑ „Rural population (% of total population): Turkmenistan“. World Bank.
- ↑ BBC News, „„Turkmen leader closes hospitals“, 1 March 2005“.
- ↑ Merhat Sharipzhan. „'Torture By Hunger': Horse Breeder Describes Desperate Days In Turkmen Prison“ (2015-yil 5-dekabr).
- ↑ 35,0 35,1 35,2 35,3 35,4 35,5 „Head of General Staff of Turkmenistan accused in participation in November 2002 plot | Turkmenistan.ru“. www.turkmenistan.ru. 6-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Assassination Attempt A Response To Niyazov's Authoritarian Policies“. EurasiaNet (25-noyabr 2002-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ Bohr, Annette. „A failed coup after all? November 2002, Ashgabat“. The Central-Asia Caucasus Analyst (18-iyun 2003-yil). Qaraldi: 15-mart 2021-yil.
- ↑ Shaver, Lynn. „The Revocation of Dual Citizenship in Turkmenistan“. Human Rights Brief, Volume 11, Issue 1, Article 2 (2003). Qaraldi: 9-iyun 2020-yil.
- ↑ „The Telegraph, „A date with destiny for Turkmen leader“, 9 August 2002“.
- ↑ 40,0 40,1 40,2 40,3 Badykova, Najia. „The Turkmen Economy: Challenges and Opportunities“. St Antony's College, University of Oxford (18-iyun 2004-yil). 25-sentabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ „Turkmenistan profile – Timeline“ (2018-yil 26-fevral).
- ↑ Ivailo Izvorski, Emine Gürgen. Growth, Employment and Real Incomes, 1999 — 9-13-bet.
- ↑ „Turkmenistan Fact Sheet, Government & Politics – President“. Embassy of Turkmenistan. 13-avgust 2002-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ „Saparmurat Niyazov raps local governors for failures in cotton harvest“. www.turkmenistan.ru.
- ↑ „Saparmurat Niyazov dismisses grain products association chairman“. www.turkmenistan.ru.
- ↑ „Ниязов, Сапармурат Атаевич“.
- ↑ Бабаев О. „Народ, Родина, Туркменбаши“ (deadlink). Эркин Туркменистан (erkin.net) (2008-yil 29-noyabr). 2013-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-dekabr.
- ↑ „...Russian media outlets disseminate "deliberately perverted" information on republic's pension maintenance“. Turkmenistan.ru (2-aprel 2006-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ „Turkmen leader restores pensions“. bbc.co.uk (19-mart 2007-yil). Qaraldi: 19-mart 2007-yil.
- ↑ Mark Steyn. „One-Man Stan“. The Atlantic (2007-yil 1-mart).
- ↑ Bernd Rechel, Martin Mckee. The Effects of Dictatorship on Health: The Case of Turkmenistan.
- ↑ Badykova, Najia. „The Turkmen Economy: Challenges and Opportunities“. St Antony's College, University of Oxford (18-iyun 2004-yil). 25-sentabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ Clarke, Michael. „Turkmenistan. Struggling For News In Turkmenistan“. Glenn Hauser's World of Radio (24-yanvar 2003-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ Whitlock, Monica. „Troops to replace Turkmen medics“. BBC News (1-mart 2004-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ „The World Factbook entry for Turkmenistan information retrieved on 30 August 2006“].
- ↑ Morgan, David. „President of Turkmenistan closes hospitals, libraries and nature reserves“. Prima-News (14-fevral 2005-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Archived copy“. www.funtrivia.com. 2011-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
- ↑ „Turkmenbashi“.
- ↑ „Attacks on the Press in 2005 – Turkmenistan“ (2006-yil 1-fevral).
- ↑ Andrew Osborn. „Saparmurat Niyazov“ (2011-yil 21-sentyabr).
- ↑ 61,0 61,1 Archana Srivastava. Turkmenistan in Present Scenario, 2004 — 115-bet.
- ↑ „BBC News, „Turkmen go back to old calendar“, 24 April 2008“.
- ↑ Cathill. „Interesting Histories: Saparmurat Niyazov – The Real General Aladeen“. medium.com (26-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2021-yil.
- ↑ Freedom of Religion in Turkmenistan — 2-4-bet.
- ↑ Aleksey Malashenko. Has There Been a Thaw?, 2012-09 — 7-9-bet.
- ↑ Violations of Freedom of Religion or Belief in Turkmenistan : a Systematic Challenge to Human Rights Commitments, 2010 — 15-21-bet.
- ↑ Matbuot erkinligi indeksi 2006, 2006-10-23.
- ↑ „Turkmenistan: Where intricate carpets come to life“ (2018-yil 10-mart).
- ↑ Stephanie Sears. „Turkmenistan: Land Of The Akhal Teke“ (2011-yil 28-mart).
- ↑ Sonia Zilberman. „Horse Breeding and Human Rights in Turkmenistan“ (2015-yil 22-sentyabr).
- ↑ „Turkmen go back to old calendar“. BBC News (24-aprel 2008-yil). Qaraldi: 24-aprel 2008-yil.
- ↑ „TURKMEN ARMY UNITS NAMED AFTER PROMINENT GENERALS | Turkmenistan.ru“. www.turkmenistan.ru. 6-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2022-yil.
- ↑ „World War II -- 60 Years After: For Some Central Asians, 'Great Patriotic War' is More Controversial Than Ever“.
- ↑ „НОВОСТИ на REDSTARe“. old.redstar.ru.
- ↑ „Turkmenbashi reshil istrebit vsex starikov“.
- ↑ „List of holidays and commemorative days approved in Turkmenistan“. www.turkmenistan.ru.
- ↑ „Turkmenistan Votes The Economist, 30 December 2008, Accessed 5 January 2009“.
- ↑ „В Туркмении будут святить дыни“. 2012-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
- ↑ „В приходские календари Патриаршего благочиния в Туркменистане включены некоторые национальные праздники“. 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
- ↑ „Превентивная дипломатия — инвестиции в мирное будущее“.
- ↑ Whitney Smith. „Flag of Turkmenistan“. Encyclopædia Britannica.
- ↑ „…and talks with Tajik opposition leader.“. 30-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Double Standard for Dictators“. The Washington Post (14-aprel 2004-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ Chivers, C. J. „Intrigue Follows Death of a President for Life“ (en). New York Times (2006-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2006-yil 22-dekabr.
- ↑ „Turkmen Doctors Pledge Allegiance To Niyazov“. Radio Free Europe, Radio Liberty (RFERL) (15-noyabr 2005-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ Cheeseman, Nicholas. How to Rig an Election. New Haven and London: Yale University Press, 2018 — 15-bet. ISBN 9780300204438.
- ↑ „The personality cult of Turkmenbashi“.
- ↑ „Closing The Book On Turkmenbashi's 'Rukhnama'“.
- ↑ 89,0 89,1 89,2 „постсоветский опыт“. Газета "Коммерсантъ" (25-aprel 2007-yil), s. 4. Qaraldi: 6-aprel 2017-yil.
- ↑ 90,0 90,1 90,2 90,3 90,4 International Crisis Group.
- ↑ Gaynor, Kelly Lee (2-oktabr 2017-yil). „Transformations in Turkmen higher education: current opportunities and challenges at a new university“. Central Asian Survey. 36-jild, № 4. 473–492-bet. doi:10.1080/02634937.2017.1367645. ISSN 0263-4937.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Soucek, Svat. 2000.
- ↑ „The personality cult of Turkmenbashi“.
- ↑ Times Wire Reporter. „Read My Words, Go to Heaven, Leader Says“. Los Angeles Times (21-mart 2006-yil). Qaraldi: 25-may 2012-yil.
- ↑ „Turkmenistan's 'iron ruler' dies“. BBC News (21-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ „President of Turkmenistan dies at 66“. BreakingNews.ie (21-dekabr 2005-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ „От чего умер Сапармурат Ниязов“.
- ↑ „Turkmenbashi died several days ago“ (ruscha). RIA Novosti (21-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2006-yil.
- ↑ 99,0 99,1 „постсоветский опыт“. Газета "Коммерсантъ" (25-aprel 2007-yil), s. 4. Qaraldi: 6-aprel 2017-yil.
- ↑ „Turkmen leader's funeral begins“. CNN (24-dekabr 2006-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2006-yil.
- ↑ „Mausoleum with Saparmurat Niyazov's burial-vault to open to public after third day of mourning | Turkmenistan.ru“. www.turkmenistan.ru. 6-mart 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Two candidates named for Turkmen presidency“. ITAR TASS (26-dekabr 2006-yil). 4-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2006-yil.
- ↑ „Absolute leader's name dropped from anthem“ (16-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 7-iyul 2019-yil.
- ↑ „Turkmenam vernuli prejniy kalendar, Lenta.ru, July 1, 2008 (ruscha)“.
- ↑ „Gurbanguly Berdymukhammedov: Illusion of a Khrushchevian Thaw?“, Gurbanguly Berdymukhammedov: Illusion of a Khrushchevian Thaw? | Taylor & Francis Group (en). DOI:10.4324/9781315698571-15/gurbanguly-berdymukhammedov-illusion-khrushchevian-thaw-sebastien-peyrouse.
- ↑ „Turkmen Government Removes Ruhnama as Required Subject | Eurasianet“ (inglizcha). eurasianet.org. Qaraldi: 5-iyul 2021-yil.
- ↑ Hay. „Turkmenistan Is Finally Putting the 'Ruhnama' Behind Them“ (31-iyul 2014-yil). 2015-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2018-yil.
- ↑ Horák, Slavomír (2020), Egéa, Denise (muh.), „Education in Turkmenistan Under the Second President: Genuine Reforms or Make Believe?“, Education in Central Asia: A Kaleidoscope of Challenges and Opportunities, Education, Equity, Economy (inglizcha), Cham: Springer International Publishing, 8: 71–91, doi:10.1007/978-3-030-50127-3_5, ISBN 978-3-030-50127-3, ISSN 2364-8368, qaraldi: 5-iyul 2021-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Природный парк Тюркменбаши - Türkmenbaşı Nature Park“.
- ↑ 110,0 110,1 110,2 Morton. „Golden Statues and Mother Bread: The Bizarre Legacy of Turkmenistan's Former Dictator“. slate.com. Slate (2014-yil 6-fevral). Qaraldi: 22-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Президент Туркмении Сапармурат Ниязов: "Я покину пост главы государства еще при жизни"“.
- ↑ „It's a Gas: Funny Business in the Turkmen-Ukraine Gas Trade“. Global Witness Limited (2006-yil aprel). Qaraldi: 9-dekabr 2010-yil.
- ↑ 113,00 113,01 113,02 113,03 113,04 113,05 113,06 113,07 113,08 113,09 113,10 113,11 113,12 113,13 113,14 113,15 113,16 113,17 113,18 113,19 113,20 113,21 113,22 113,23 113,24 113,25 113,26 113,27 113,28 113,29 113,30 113,31 113,32 113,33 113,34 113,35 113,36 113,37 113,38 113,39 113,40 113,41 113,42 113,43 113,44 113,45 113,46 „Шесть золотых медалей героя Туркмении и другие награды Ниязова - РИА Новости, 21.12.2006“. ria.ru. Qaraldi: 2017-yil 23-iyul.
- ↑ „Указ Президента КР от 28 августа 1995 года УП № 203 «О вручении памятного золотого ордена „Манас-1000“ и памятной золотой медали Ниязову Сапармурату Атаевичу, Президенту Туркменистана»“.
- ↑ „Сапармурат Ниязов награжден Орденом почета Олимпийского совета Азии“.
- ↑ „Turkmen president awarded "Public Acknowledgment" order | Turkmenistan.ru“. www.turkmenistan.ru. 2022-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ Айтадж Алиева. „Гейдару Алиеву посмертно присуждена Премия тюркского языка имени Ататюрка“. 1news.az (2007-yil 4-iyun). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Turkmanistonda birinchi prezident sharafiga atalgan joylar nomi o‘zgartirildi
- Yangi Turkmaniston: Ajabtovur taqiqlar, katta tashqi qarz va voris prezident
- 2002 yil. Saparmurod Niyozovga suiqasd qilishda ayblanganlar taqdiri nima bo‘ldi?
- Tashqi siyosat. 1989 yil
- 19-fevralda tugʻilganlar
- 1940-yilda tugʻilganlar
- 21-dekabrda vafot etganlar
- 2006-yilda vafot etganlar
- Turkmaniston qahramonlari
- Galkinish ordeni sohiblari
- Bitaraplik ordeni sohiblari
- Ruhubelent ordeni sohiblari
- Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari
- Shavkatli mehnat uchun medali sohiblari
- 1-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni sohiblari
- Muqaddas Mesrop Mashtots ordeni sohiblari
- Muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni sohiblari
- Turkmaniston prezidentlari