Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi
MDH bayrogʻi | |
MDH emblemasi | |
Qisqartma | MDH |
---|---|
Turi | Xalqaro hukumatlararo tashkilot |
Ishga tushgan sanasi | 8-dekabr, 1991-yil |
Joylashuvi | Rossiya , Moskva |
Aʼzolari |
9 aʼzo davlatlar, 1 kuzatuvchi davlat |
Vebsayti | https://e-cis.info |
Til(lar)i | rus tili |
CIS (orthographic projection, only Crimea disputed).svg |
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991-yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlgani qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga Mustaqil davlatlar hamdostligining maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzolashdi. 1993-yil dekabrda Mstaqil davlatlar hamdostligiga Gruziya qoʻshildi. 1993-yil yanvarda Mustaqil davlatlar hamdo'stligi Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi haqiqiy aʼzolari bilan birga Mustaqil davlatlar hamdo'stligi faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. Mustaqil davlatlar hamdo'stligining quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliklari kengashi, Tashki ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa Mustaqil davlatlar hamdo'stligining doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. Mstaqil davlatlar hamdostligi organlarining faoliyati Mustaqil davlatlar hamdo'stligi Nizomi bilan tartibga solinadi.
Mustaqil davlatlar hamdo'stligi sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi oʻz faoliyati davomida haddan ta-shqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir Mustaqil davlatlar hamdo'stligiga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.
Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda Mustaqil davlatlar hamdo'stligida ishtirok etmoqda. U Mustaqil davlatlar hamdo'stligiga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi[1].
Aʼzolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu tashkilotga 9 mustaqil davlat aʼzodir:
Kuzatuvchi davlat:
Tashkilotni tark etgan davlatlar:
Shuningdek dunyoning boshqa mamlakatlari, jumladan:
- Mongoliya Mustaqil davlatlar hamdo'stligining baʼzi strukturalarida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.
- Afgʻoniston 2008-yili Mustaqil davlatlar hamdos'tligi tarkibiga kirish hoxishini bildirdi, Mustaqil davlatlar hamdo'stligining „Parlamentlararo Assambleya“sida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda.
Oʻzining Mustaqil davlatlar hamdo'stligi tarkibiga kirishini xohlayotgan qator tan olinmagan davlatlar, avtonom rayonlar va BMT aʼzolari bildirishgan. Ushbu davlatlar bilan Mustaqil davlatlar hamdo'stligi kelishuvni amalga oshirmagan. Bular quydagilar:
- Abkhazia Abxaziya
- Ukrainadagi Qrim
- Togʻli Qorabogʻ Respublikasi
- Pridnestrov Moldova Respublikasi
- Rossiyadagi Checheniston
- Rossiyadagi Tatariston
- Xorvatiyadagi Serbskaya Kraina Respublikasi
- sobiq Yugoslaviya
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belarus rahbarlari Viskuli (Belovej pushchasi)da SSSRning tugatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdi. Shu bilan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (Mstaqil davlatlar hamdostligi) tashkil topdi. Mstaqil davlatlar hamdostligi ga asta-sekin 12 respublika aʼzo boʻLib kirdi. Boltiqboʻyi davlatlari bundan mustasno. Har bir respublikaga oʻz hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari, aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari koʻrsatkichi nasib etdi.
1985—1988-yillardan boshlab sovet tuzumining susayishi tufayli bu respublikalarda ommaviy fuqarolik harakatlari namoyon boʻla boshladi. Avvaliga ular milliy madaniyat va tabiatni muhofaza qilish talabi bilan, keyinchalik respublikalarni xoʻjalik hisobiga oʻtkazish va, nihoyat, haqqoniy suverenitet va mustaqillik talabi bilan chiqdilar. 1989-yil may oyida uch mamlakat vatanparvarlari tomoni dan saylangan Baltika assambleyasi bu respublikalarning SSSR tarkibida boʻlishlari hech qanday huquqiy asosga ega emasligini bayon qildi.
Mstaqil davlatlar hamdostligining barcha sammitlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 12.1991-yil Kazakhstan Almati
- 10.1992-yil Kyrgyzstan Bishkek
- 04.1993-yil Belarus Minsk
- 10.1994-yil Russia Moskva
- 05.1995-yil Belarus Minsk
- 05.1996-yil Russia Moskva
- 01.1997-yil Russia Moskva
- 04.1998-yil Russia Moskva
- 04.1999-yil Russia Moskva
- 06.2000-yil Russia Moskva
- 10.2001-yil Russia Moskva
- 10.2002-yil Moldova Kishinyov
- 09.2003-yil Ukraine Yalta
- 09.2004-yil Kazakhstan Astana
- 08.2005-yil Russia Qozon
- 10.2006-yil Belarus Minsk
- 10.2007-yil Tajikistan Dushanbe
- 10.2008-yil Kyrgyzstan Bishkek
- 10.2009-yil Moldova Kishinyov
- 05.2010-yil Russia Moskva
- 09.2011-yil Tajikistan Dushanbe
- 05.2012-yil Uzbekistan Tashkent
- 12.2012-yil Turkmenistan Ashxobod
- 10.2013-yil Belarus Minsk
- 10.2014-yil Belarus Minsk
- 10.2015-yil Kazakhstan Buraboy
- 09.2016-yil Kyrgyzstan Bishkek
- 10.2017-yil Russia Sochi
- 09.2018-yil Tajikistan Dushanbe
- 10.2019-yil Turkmenistan Ashxobod
- 12.2020-yil Videoformat
Mustaqil davlatlar hamdo'stligining barcha aʼzolari (alfavit boʻyicha)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekistonda politologiya [2001-yil 18-oktabrda Toshkent shahrida oʻtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari], T., 2002; Neshatayeva T. N., Mejdunarodnie organizatsii i pravo. Novie tendensii v mejdunarodno-pravovom regulirovanii, M., 1999.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ispolnitelniy komitet Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (rasmiy sayt)
- Sovet Generalnix prokurorov SNG (rasmiy sayt)
- Mejparlamenskaya assambleya SNG (Wayback Machine saytida 30-may 2007-yil sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 30-may 2007-yil sanasida arxivlangan) (rasmiy sayt)
- Sovet po jeleznodorojnomu transportu SNG (Wayback Machine saytida 2022-03-20 sanasida arxivlangan) (rasmiy sayt)
- Sovet po obrazovaniyu SNG (Wayback Machine saytida 14-mart 2013-yil sanasida arxivlangan) (rasmiy sayt)
- Predstavitelstvo Rossiya Federatsiyasi pri SNG (Wayback Machine saytida 18-avgust 2014-yil sanasida arxivlangan) (rasmiy sayt)
- Yediniy reestr pravovix aktov i drugix dokumentov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |