Hu Jintao
Xu Szintao (1942.25.12, Anxoy provinsiyasining Szisi uyezdi) — Xitoy davlat arbobi. Xitoy KP aʼzosi (1964). Pekin universitetini tugatgan (1965). Gansu provinsiyasidagi GES qurilishida mehnat faoliyatini boshlagan. 1974-yildan Gansu provinsiyasida qurilish boʻyicha partiya qoʻmitasi kotibi, 1980-yildan partiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 1982-yildan Gansu provinsiyasi kommunistik yoshlar ittifoqi qoʻmitasi kotibi, 1984-yildan 1-kotibi, 1985-yildan Guychjou provinsiyasi, 1988-yildan Tibet muxtor rayoni partiya qoʻmitasi kotibi. 1992-yil Xitoy KP MQ Siyosiy byurosi doimiy qoʻmitasi va kotibiyat aʼzosi etib saylangan. Xitoy KP MQ huzuridagi Partiya maktabi direktori (1993—2002), XXR Raisi oʻrinbosari (1998-2002), Xitoy KP MQ Harbiy kengashi raisi oʻrinbosari, XXR Markaziy Harbiy kengashi raisi oʻrinbosari (1999—2002), raisi (2004-yildan). 2002-yil noyabrdan Xitoy KP MQ Bosh kotibi. 2003-2013-yillarda Xitoy Xalq Respublikasi raisi, 2004-yil sentyabrdan hozirgi kungacha Xitoy Qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni. Rasmiy tashrif bilan 2004-yil Oʻzbekistonda boʻlgan[1].
Majlisda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 22-oktyabrda boʻlib oʻtgan Xitoy Kommunistik partiyasi 20-qurultoyi boʻlib oʻtdi. Unda prezidiumda o‘tirgan sobiq Xitoy yetakchisi Hu Jintao zaldan majburan olib chiqib ketildi. Videolavhalarga ko‘ra, 79 yoshli Hu hayratda qolgan va dastlab o‘z joyini tark etishni istamagan. Hodisa sabablari haqida xabar berilmagan[2][3][4].
Hu Jintao prezidiumda amaldagi yetakchi Xi Jinping bilan birga o‘tirgan edi. Hu Jintao prezidiumni tark etgach, Xi ga nimadir dedi, u esa bunga javoban bosh irg‘adi. Shundan so‘ng Xitoyning sobiq rahbari majlis zalidan olib chiqib ketildi[5][6].
TASS axborot agentligi xabariga ko‘ra, qurultoyning yopilish marosimida Hu Jintaoning mamlakat yetakchisi yonidagi o‘rni bo‘sh qolgan[7][8].
Keyinroq Xitoyning „Sinxua“ axborot agentligi tarqatgan xabarga koʻra bu holatning sababi Huning biroz betobligi ekanligi bilan izohladi[9][10][11].
Yig‘ilishda u o‘zini yomon his qilgan, xodimlar uning sog‘lig‘idan xavotirlanib, dam olish uchun zal yonidagi xonaga kuzatib qo‘yishgan. Hozir u ancha yaxshi[12].
— „Sinxua“ AA, in
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME
- ↑ „Бывшего лидера Китая Ху Цзиньтао вывели под руки из президиума на съезде КПК“ (ru) (14-oktyabr).
- ↑ Sky news YouTubeda
- ↑ Reuters YouTubeda
- ↑ „Xitoy sobiq rahbari Xu Szintao Kompartiya qurultoyida zaldan majburan olib chiqib ketildi (video)“ (uz). Daryo.uz (14-oktyabr).
- ↑ The Telegraph YouTubeda
- ↑ RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ Guardian news YouTubeda
- ↑ RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ „СМИ: экс-председатель КНР Ху Цзиньтао покинул президиум из-за плохого самочувствия“ (ru). tass.ru. Qaraldi: 14-oktyabr.
- ↑ „Уход экс-председателя Китая с заседания Компартии объяснили плохим самочувствием“ (ru) (14-oktyabr).
- ↑ „Xitoy sobiq raisining Kommunistik partiya yig‘ilishidan chiqarib yuborilishiga izoh berildi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 14-oktyabr.