Lodz
Lodz (polyakcha: Łódź; talaffuzi - vuch) — Polshaning markaziy qismidagi shahar. Lodz voyevodaligining maʼmuriy markazi. Aholisi 806,7 ming kishi (1999). Kattaligi va sanoat ahamiyati jihatidan mamlakatda Varshavadan keyin 2-oʻrinda. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Atrofidagi shaharlar bilan Lodz aglomeratsiyasini tashkil qiladi.
Lodz mamlakat toʻqimachilik sanoati (ip gazlama, kalava ip, movut, shoyi, trikotaj ishlab chiqarish) ning eng yirik markazi. Transformatorlar, elektr bilan harakatlanuvchi mashinalar uchun uskunalar, toʻqimachilik stanoklari, rezina va koʻn-poyabzal ishlab chiqariladi. Poligrafiya va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Universitet, texnika, tibbiyot va boshqa institutlar, teatrlar, muzeylar bor. Lodzga XIV asrda asos solingan. XV asrdan shahar huquqini olgan. Meʼmoriy yodgorliklardan ratusha, monastir va boshqa saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |